Baliqlarning ekologiyasi


Baliqlarning iqtisodiy ahamiyati



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
6-Maruza (2)

Baliqlarning iqtisodiy ahamiyati
. Inson hayotida baliqlarning ahamiyati 
nihoyatda katta. Insonlar iste`mol qiladigan hayvon oqsilining turli mamlakatlarda 
17% dan 83% gacha, o`rtacha 40% gacha miqdori baliqlarga to`g’ri keladi. Ular 
qimmatbaho oziq-ovqat mahsuloti sifatida ovlanadi. Baliqlardan oziq-ovqat 
mahsulotlaridan tashqari vitaminlar, baliq uni, baliq yog’i va boshqa mahsulotlar 
ham olinadi. Tinch okeanidan - 40% ga yaqin, Atlantika okeanidan – 45%, Hind 


okeanidan 10% va Shimoliy Muz okeanidan 5% baliq tutiladi. Oxirgi yillarda baliq 
oviga katta ahamiyat berilmoqda. Masalan: o`tgan asrning boshida har yili dunyo 
bo`yicha 4 mln t baliq ovlangan bo`lsa, hozirgi kunga kelib har yili 50 mln t dan 
ortiq baliq ovlanadi.
Suv muhitdagi inson ozig’ining 85% ini baliq tashkil qiladi. Ovlanadigan 
baliqlarning 90% dan ortig’i dengiz va okeanlardan tutiladi. Shimol zonasidagi 
suvlardan 56%, Tropik zona suvlardan 33% va Janubiy zona suvlaridan bor-yo`g’i 
11% baliq ovlanadi. Shuni ham ta`kidlash lozimki, okeanlarining 8% ini 
egallaydigan okean qirg’oqlaridan dunyo bo`yicha ovlanadigan baliqning 85% i 
to`g’ri keladi. Materiklardan 5% va okeanlarning eng chuqur qismidan 10%
 
baliq 
ovlanadi.
Dunyoda, shu jumladan, MDHda eng ko`p ovlanadigan baliqlarga seldlar, 
treskalar va lososlar kiradi. MDH dunyoda baliq ovlash bo`yicha Perudan keyin 
ikkinchi o`rinni egallaydi. Biroq osyotrlar kabi eng qimmatli baliqlarni ovlash 
bo`yicha MDH mamlakatlari dunyoda birinchi o`rinda turadi. MDHda eng ko`p 
ovlanadigan baliqlardan treskasimonlar va seldsimonlarning har biri umumiy 
ovlanadigan baliqlarning 25-30% tashkil qiladi. Treskalar, asosan Barents 
dengizidan Atlantika va Tinch okeanlarining Shimoliy dengizlaridan ham ovlanadi. 
Seldsimonlardan eng ko`p ovlanadigani okean seldi hisoblanadi. Bu baliq 
Yevropaning Shimoliy dengizlaridan va Uzoq Sharq dengizlaridan (Bering, Oxota 
dengizlaridan) ovlanadi. Qora va Kaspiy dengizi seldi ham eng muhim ov 
ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlardan hisoblanadi. Qora dengiz va Boltiq dengizi 
shproti hamda Kaspiy - Qora dengiz kilkalarini ovlash ham yaxshi yo`lga 
qo`yilgan. 
Seldsimonlardan keyin eng ko`p ovlanadigan baliqlar qatoriga zog’ora 
baliqlar kiradi, ya`ni ovlanadigan baliqlarning 1 4 - 2 0 % ini tashkil etadi. 
Karpsimonlar ichida asosiy ovlanadigan baliq bu oqcha baliq hisoblanadi. Oqcha 
baliqlar, asosan Qora, Azov va Kaspiy dengizlardan, qisman esa Boltiq va Oq 
dengizlari havzalaridan ovlanadi. Karpsimonlardan zog’ora baliqlar va mo`ylovli 
baliqlar Orol, Qora va Kaspiy dengizlaridan, xumbosh balig’i esa Amur daryosi 
havzalaridan ovlanadi. 
Lososlar oxirgi yillarda kam ovlanadi. Buning sababi ular miqdorining 
kamayib ketganligidir. Lososlardan eng ko`p ovlanadigan turlariga gorbusha, keta 
va nerkalar kiradi. Lososlarning go`shti va ikrasi mazali bo`ladi. Oxirgi yillarda 
o`tkinchi losossimon baliqlarni sun`iy usulda ko`paytirish va chuchuk suv 
losossimonlarini iqlimlashtirish borasida ham ko`pgina ishlar qilinmoqda. 
Losossimon baliqlarning ko`pchilik turlari (syomgalar, sigalar), asosan shimol 
dengizlarida va ular atrofdagi daryolarda hamda Kaspiy dengizi va uning atrofidagi 
Volga, Kama, Ural daryolarida uchraydi. Kambala baliqlari kam miqdorida 
bo`lsada, Uzoq Sharq dengizlaridan hamda Qora dengizdan ovlanadi. 
Nihoyat, osyotrlar boshqa baliqlarga nisbatan uncha ko`p ovlanmasa ham, 
lekin go`shti va ikrasining sifati jihatidan barcha baliqlar orasida birinchi o`rinni 
egallaydi. Osyotrsimonlarning dunyo bo`yicha tutiladigan asosiy suv havzasiga 
Kaspiy dengizi kiradi. Osyotrlar G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ham 
uchraydi. Lekin oxirgi yillarda bu baliqlarni ko`plab ovlash natijasida, ularning 


zaxirasi kamayib ketgan. Shuning uchun ham MDH dunyoda osyotrsimonlarni 
ovlash va ularni dunyo bozoriga chiqarish bo`yicha birinchi o`rinda turadi. 
Osyotrsimonlardan, asosan rus osyotri, sevryuga va belugalar ovlanadi. 
Ovlanadigan baliqlar qatoriga yana sla, dengiz olabug’asi, stavrida, kefal ham 
kiradi. Masalan: slalarni (sudak), asosan Qora va Kaspiy dengizlardan hamda 
Shimoliy dengizlardan ovlanadi. Dengiz olabug’asini Barents dengizidan va oz 
mikdorda Uzoq Sharq dengizlaridan tutiladi. Stavrida va kefal kabi baliqlar, asosan 
Azov va Qora dengizlardan ovlanadi. 
MDH mamlakatlari orasida Rossiya baliqchilik sanoati yuqori taraqqiy etgan 
mamlakat hisoblanadi. MDHning suv havzalarida 1000 dan ortiq tur baliqlar 
uchraydi, shulardan 150 turi ovlanadi. MDHda eng muhim ovlanadigan baliqlar 
qatoriga seldlar, zog’ora baliqlar, treskalar, lososlar, osyotrlar, sla baliqlar va 
boshqa baliqlar kiradi. Hozirgi vaqtda Rossiyada faol ov, ya`ni yil bo`yi baliq 
tutish keng yo`lga qo`yilgan. Natijada, baliqchilik korxonalariga baliq uzluksiz 
kelib turadi. 
MDHda, jumladan, Rossiyada iqlimlashtirish yo`li bilan qimmatli baliqlar 
turini ko`paytirish va ularning mahsuldorligini oshirish masalasida katta ishlar olib 
borilgan. Masalan: XX asrning 30-yillarida Qora dengizdan Kaspiy dengiziga 3 mln 
dona kefal iqlimlashtirilgan va bu baliq Kaspiy dengizida juda yaxshi moslashgan. 
O`rta Osiyoning yirik ko`llaridan – Issiq-Ko`lda gulmoy, ya`ni forel Sevan ko`lidan 
olib kelib iqlimlashtirilgan, bu ko`lda oqcha baliq ham yaxshi iqlimlashtirilgan. 
O`zbekiston suv havzalarida baliqlarning, asosan 77 ta turi tarqalgan. 
Shulardan 17 ta turi «O`zbekiston Qizil kitobi»ga (2006) kiritilgan: (Orol baqrisi 
(ship), Sirdaryo kurakbururini, Amudaryo kichik kurakburuni, Amudaryo katta 
kurakburuni, qorako`z (oq zog’ora baliq), Toshkent yuzasuzari, cho`rtansifat oq 
qayroq, orol mo`ylov balig’i (so`zan baliq), Turkiston mo`ylov balig’i, parrak baliq 
(nashtarqanot), Turkiston ko`krakbo`yini, Orol tikanagi, Turkiston laqqachasi, Orol 
sulaymonbalig’i, Amudaryo gulmoyi (forel), Orol sanchari (tikanbaliq),Chotqol 
shaytonbalig’i, Turkiston shaytonbalig’i). 
Oxirigi yillarda O`zbekiston suv havzalariga ham Amur daryosidan Amur 
xumboshi, oq amur baliqlari olib kelinib iqlimlashtirilgan. Hozirgi vaqtda 
O`zbekistonda bir qancha baliqchilik xo`jaliklarida zog’ora baliq, laqqa, oqcha 
(lesh), tobon baliq (karas), qorabaliq (marinka), xramulya, oqqayroq (jerex), qizil 
ko`z (plotva), ilonbosh, olabug’a, sla (sudak), cho`rtan va boshqa baliqlar ovlanadi. 
Ovlanadigan baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini 
ko`paytirish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlarni amalga 
oshirish rejalashtirilgan. Bularga quydagilar kiradi:
1. Baliqlarning ko`payish joylarini himoya qilish;
2. Suv havzalarini ortiqcha chiqindi va suv o`simliklaridan tozalab turish;
3. Daryo, ko`l va hovuzlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli oqava 
suvlardan va neft quyilishdan qo`riqlash;
4. Qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish;
5. Turlari va sonlari kamayib ketayotgan hamda O`zbekiston «Qizil 
kitobi»ga kiritilgan baliq turlarini muhofaza qilish.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə