Baliqlarning ekologiyasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
6-Maruza (2)

 
Ko`pgina
 
baliqlar, masalan: sardina, shprot, kefal, 
seldlar oziq qidirib gala-gala bo`lib, uzoq masofalarga suzib boradi, ya`ni Shimoliy 
Muz okeani dengizlarida sayr qilishadi. Treskalar ovqat qidirib Barents 
dengizlariga kirib boradi. Treskalar ikra tashlab bo`lgandan keyin ozib ketadi va 
Norvegiyaning g’arbiy qirg’oqlaridan Murman qirg’oqlari bo`ylab sharqqa tomon 
harakat qiladi, so`ngra yana urchish joyiga qaytadi. Kaspiy va Orol dengizlarida 
yashovchi osyotrlar, zog’ora baliqlar daryolarga borib tuxum qo`yib, yana dengizga 
– oziqlanish joylariga qaytishi ham oziqlanish migratsiyasiga kiradi. 


3. Qishlash migratsiyasi. Ko`pgina chala (yarim) o`tkinchi baliqlar odatda 
daryolar quyiladigan chuchuk suvli joylardan uzoqqa ketmaydi, ya`ni daryo suvi 
bilan yuqoriga ko`tarilmaydi, balki daryolarning quyiladigan joylariga kelib 
qishlaydi. Bunday baliqlarga zog’ora baliq, oqcha baliq, vobla, sla (sudak), ship, 
laqqa va Kaspiy dengizdagi ayrim o`tkinchi baliqlar (Volga, Ural, Kura va boshqa 
katta daryolar deltalariga kirib, kech kuzda suv tagidagi chuqur joylarda to`planib 
qishlaydi) kiradi. 
Tinch okean kambalalari qishlash uchun 110-250 m chuqurlikka tushib, 
butunlay harakatlanmay qishlaydi, oziqlanmaydi. 
Gorizontal migratsiyadan tashqari tik migratsiya ham mavjud. Bunda baliqlar 
suvning yuza qatlamlaridan chuqur qatlamlariga va aksincha harakat qiladi. 
Urchish uchun bo`ladigan tik migratsiyaga boyko`l golomyankasi misol bo`la 
oladi. Bu baliq 350 m chuqurlikda yashaydi, urchish uchun esa suvning yuza 
qatlamiga ko`tariladi. Natijada bosim o`zgarib baliqlarning qorni yorilib, ichidan 
lichinkalari suvga chiqadi, o`zlari esa halok bo`ladi. 
Urchish migratsiyasining sabablari va kelib chiqishi. 
Baliqlarning 
urchish migratsiyalariga birinchi sabab, ular ikra va yosh baliqchalarni halok 
bo`lishidan saqlaydi. Chunki ikra va yosh baliqchalar tuzli suvlarda yaxshi 
rivojlanmaydi. Ikkinchidan, yosh baliqchalar dushmandan himoya qilinadi, 
ularning nasli qo`riqlanadi. Masalan: Uzoq Sharq dengizlardagi baliq turlarning 
30% o`z ikralarini va yosh baliqchalarini daryolarda qo`riqlaydi. Lekin daryodan 
dengizga borib ikra tashlaydigan baliqlar ham bor (ilonbaliq). Ilonbaliqlar Sargasso 
dengiziga borib ikra tashlaydi, chunki bu dengizda ikra bilan oziqlanadigan 
yirtqichlar kam uchraydi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə