Baliqlarning ekologiyasi


Suvdagi tuz miqdorining baliqlarga ta`siri



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
6-Maruza (2)

Suvdagi tuz miqdorining baliqlarga ta`siri.
Dengiz suvlari tarkibida
asosan xlorid tuzlari, ya`ni osh tuzi va magniy xlorid hamda anchagina magniy 
sulfat tuzi bo`lishi bilan xarakterlanadi. 1000 qism dengiz suvida o`rtacha 35 qism 
har xil tuzlar bo`lishi mumkin. Mana shu tuzlardan 90% xlorli tuzlarga to`g’ri 
keladi. Chuchuk suvlarda esa xlorid tuzlar juda oz miqdorda bo`ladi. Har xil 
dengizlarda suvning sho`rlik darajasi turlicha bo`ladi. Masalan: daryo suvlari bilan 
chuchuklashgan Boltiq dengizida 1000 qism suvga 7 qism tuz to`g’ri keladi. Qora 
dengizda esa 1000 qism suvga 45 qism, Kaspiy dengiznig qorabo`g’oz ko`rfazida 
1000 qism suvga 200 qism tuz to`g’ri keladi va bunday suvlarda hech qanday 
hayot bo`lmaydi. 
Baliqlarning har xil turlari turlicha tuzli suvlarda yashashga moslashgan, 
ya`ni ular chuchuk suvdan tortib 70 qism va undan ham ko`proq tuz to`g’ri 
keladigan suvlarda yashaydi. Ayrim tur baliqlar suvdagi tuz miqdorining yuqori 
bo`lishiga chidasa, boshqa tur baliqlar esa suvda tuz miqdori sal yuqori bo`lsa ham 
nobud bo`ladi. Masalan: buqa baliqlar, kaspiy nina balig’i 1000 qism suvda 60 
qismgacha tuz bo`lgan suvlarda yashaydi. Chuchuk suv baliqlaridan tikan qanotli 
baliqlar, qilquyruqlar 0,2-0,3% tuzli suvda ham nobud bo`lishi mumkin. Ko`pgina 
o`tkinchi baliqlar esa suvning har xil darajadagi sho`rligiga moslashgan bo`ladi. 
Suvning tovush o`tkazuvchanligi juda kuchli. Baliqlar bundan yaxshi 
foydalanadi, ya`ni ularda tovush signalizatsiyasi kuchli rivojlangan. Baliqlarda 


suvda tovush orqali bir-birlariga signal berish yaxshi rivojlangan. Bir turdagi 
baliqlar suvda tovush chiqarib bir-birlariga informatsiya beradi. Shuni ham aytish 
kerakki, baliqlar chiqaradigan tovushlar exolokatsiya ahamiyatiga ham ega bo`lishi 
mumkin. Yana shu narsa qiziqki, suvning ovoz o`tkazish xususiyati havoning ovoz 
o`tkazish xususiyatiga nisbatan 4,5 marta ko`p. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə