Baliqlarning ekologiyasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
6-Maruza (2)

 
 
70-rasm. Sargasso dengizida suv o`tlari orasidagi 
marmar antennariya (Rterophryna tumida). 
Shunday qilib, baliqlarning gavda shakli har xil bo`lib, ularning suzgich 
qanotlari ham turlicha takomillashgan bo`ladi. Masalan: qo`zg’almas pantserli 
(kosali) kuzovkalarda asosiy suzish vazifasini dum suzgichi bajarsa, elektr ilon 
baliqlarda anal suzgich qanotining gorizantal tekislikda harakat etishi natijasida 
amalga oshadi. Kambalada esa butun gavdaning orqa va qorin suzgich 
qanotlarining vertikal tekislikda to`lqinsimon harakat qilishi, skatlarda ko`krak 
suzgich qanotlarining to`lqinsimon harakati bajaradi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan baliqlarga qarama-qarshi o`laroq, tik holda 
suzuvchi dengiz toychasida orqa va ko`krak suzgich qanotlarining zo`r berib 
ishlashi hamda dum suzgich qanoti bo`lmagan gavdasi oxirining to`lqinsimon 
harakati katta rol o`ynaydi. Baliqlar ichida eng passiv, bir umr kam 
harakatlanadigan turlariga oy baliq kiradi. Nina qorin baliq esa vaqtincha ichagini 
havo bilan to`ldirib, sharga o`xshab shishadi va dengiz to`lqini yordami bilan 
suvda qalqib harakat qiladi. Yelkan baliqlar o`zlarining juda uzun va baland orqa 
suzgich qanotlarini suvdan chiqarib yuradi. Shamol bo`lgan paytda bu suzgich 
qanotidan yelkan sifatida foydalanadi.
Baliqlarning o`zini hi-
moya 
qilishi.
Ma`lumki, 
baliqlar atrof muhit rangiga 
moslashgan bo`ladi, bu bilan 
esa ular o`zlarini himoya 
qiladi
(70-rasm). 
Biroq 
litoral 
zonada 
yashaydigan 
baliqlarning rangi xilma-xil 
bo`lib, shu zonaning turli 
qismidagi rangiga mos holda 
bo`ladi (kambala, buqa baliq). 
Pelagik 
zonadagi 
baliqlarning 
orqa 
qismi 
ko`kish-yashil rangda, qorni 
esa kumush rangida bo`ladi. 
Bu 
baliqlarning 
shu 
muhitdagi himoya rangidir. 
Suv 
tubidagi 
baliqlarning 
himoya rangi - ularning orqa qismi qoramtir, yon tomonlari har xil ranglar bilan 
qoramtir dog’lar bor, qorin qismi esa oqish bo`ladi. Chuqur suv baliqlarining 
himoya rangi ham o`ziga xos bo`lib, qizg’ish yoki qora rangda bo`ladi. Bunday 
ranglar bu yerda yashaydigan baliqlarni yirtqichlardan himoya qiladi. Shuni ham 
ta`kidlash lozimki, baliqlarning rangi ular dengizlardan daryolarga ikra tashlashga 
o`tayotganda ham o`zgaradi. Masalan: losos baliqlarda shunday bo`ladi. Ular 
dengizga qaytganda yana oldingi rangiga qaytadi.
Ko`pgina baliqlar gavda shakllari va har xil o`siqlari bilan atrofidagi 
narsalarga o`xshaydi. Bularga suv o`tlari ichida bekinib yuradigan dengiz shayton 


balig’i, Avstraliya dengiz toychasi – lattachi baliq (Phylloptezyx eques) va Sargas 
dengizida yashaydigan marmar antennariya (Ptezophzyna tumida) kiradi.
Ba`zi baliq turlarining rangi bir kecha-kunduzda ham o`zgarib qolishi 
mumkin. 
Masalan: kunduzi gavdasi bo`ylab to`g’ri qora chiziq o`tgan bo`lsa, kechasi 
gavdasida ko`ndalang chiziqlar paydo bo`ladi. Bundan tashqari ayrim baliqlarda 
uchraydigan turli xil ignalar, tikanlar va o`tkir shu`lalar ham muhofaza rolini 
o`ynaydi. Bularga yersh balig’idagi o`tkir uchli suzgich qanot shu`lalari, kuzovka 
balig’idagi pantserli kosasi, nina qorin balig’ining shardek shishganda gavdasidagi 
har tomondan turtib chiqadigan tikanlari misol bo`ladi.
Nayza dumli skat dumining ustiga o`rnashgan arra tishli katta ignalari bilan 
hatto odamni ham jarohatlashi mumkin. Arrabaliq o`zini himoya qilishda va 
o`ljasiga hujum qilishda qirrasi o`zgargan plakoid tangachalardan hosil bo`lgan 
yirik tishchalar o`rnashgan rostrumidan foydalanadi. Ba`zi baliqlarda elektr 
organlari ham bor bo`lib, bu organlar himoya va o`ljasini o`ldirish uchun xizmat 
qiladi. Bunday baliqlarga elektr skatlar, elektr ilon balig’i va elektr laqqa baliqlari 
misol bo`la oladi. Ayrim mayda baliqlar (treskalar, skumbriyalar) o`zlarini 
muhofaza qilish uchun boshqa hayvonlardan foydalanadi, ya`ni ular meduzalarning 
soyaboni ostiga kirib oladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə