Baliqlarning ekologiyasi


-rasm. Losossimonlarga kiradigan gorbushada (Oncorhynchus gorbuscha)



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
6-Maruza (2)

72-rasm. Losossimonlarga kiradigan gorbushada (Oncorhynchus gorbuscha)
 
urchish 
oldidan yuzaga kelgan o`zgarishlar.
Yuqorida erkagining odatdagi ko`rinishi, pastda uning 
urchish davrida o`zgargan holati. 
Suyakli baliqlarning deyarli hammasi ayrim jinsli va urug’lanishi tashqi 
bo`ladi. Bu baliqlar boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan nihoyatda serpusht 
bo`ladi. Uvildiriqlarining, ya`ni tuxumlarining miqdori turli baliqlarda turlicha 
sonda bo`ladi. Masalan: syomga, ya`ni losos 6-20 mingta ikra tashlaydi, keta 
balig’i 2-5 mingta, o`rkachli baliq 1-2 mingta, cho`rtan 100 mingdan 1 mln 
tagacha, lesh 90 mingtadan 350 mingtagacha, sevryuga 400 mingta, osyotrlar 400 
mingtadan 2 mln 500 mingtagacha, beluga 300 mingdan 8 mln tagacha, sudak 300-
900 mingta, zog’ora baliq 400 mingdan 1,5 mln tagacha, treska 2,5-10 mln tagacha 


va oy baliqlar 300 mln tagacha tuxum qo`yadi. Shulardan 1% yashab qoladi. Uch 
tikanli baliqlar esa atigi 20-100 tagacha tuxum qo`yadi.
Baliqlar yilning turli fasllarida urchiydi. Masalan: kuzda va qishda, asosan 
lososlar, sigalar urchiydi. Bahor faslida olabug’alar, cho`rtan baliqlar, yozda esa 
karpsimonlar urchiydi.
Suyakli baliqlar metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan 3-8 kunda 
chavoqlari chiqadi. Dastlab tuxumdan chiqqan baliq chavoqlari tuxumning 
sariqdon xaltasida qolgan zahira sariqlik qoldiqlari hisobiga oziqlanadi, keyinchalik 
esa faol oziqlanishga o`tadi.
Akulalar va ba`zi suyakli baliqlardan - tishli karplarning erkaklarida qorin 
suzgich qanotining bir qismi o`zgarib kopulyativ organga aylangan. Kopulyativ 
organlar yordamida baliqlar yetilgan urug’larini urg’ochisining kloakasiga 
yuboradi. Baliqlarning urchishi va ko`payishi ustida G.V.Nikolskiyning (1944, 
1961) xizmatlari katta. Ko`pchilik baliqlar (yelets va boshqa baliqlar) ko`p yillar 
davomida har yili bir martadan, boshqa tur baliqlar esa (zog’ora baliq, oq kumush, 
tobon baliq va bosh.) yiliga bir necha marta uvildiriq tashlaydi. Suyakli 
baliqlarning ikralari yumshoq bo`lib, yaxshi himoyalanmagan va ko`pchiligi 
urug’lanmay halok bo`ladi. Urug’langan tuxumlarning voyaga yetgan baliqqa 
aylanishi nihoyatda past. Masalan: sevryugada 0,01%, keta balig’ida-0,13-0,58%, 
lososda-0,125%, oqcha baliqda-0,006-0,022% ni tashkil etadi. 
Baliqlar boshqa ko`pgina umurtqalilardan aniq ko`payish mavsumiga ega 
emasligi bilan ham farq qiladi. Baliqlar nerest vaqtiga qarab 3 guruhga bo`linadi:
1. Bahor va erta yozda ko`payuvchi baliqlar. Bularga osyotrlar, zog’ora 
baliqlar, laqqa baliqlar, seldlar, cho`rtan baliqlar va olabug’a baliqlar kiradi.
2. Kuzda va qishda ko`payuvchi baliqlar. Bularga losos, gulmoy (forel), 
treska va boshqa baliqlar kiradi.
3. Tropik dengizlarda yashovchi baliqlar yil davomida ko`payadi. Nalim 
faqat uvildirig’ini qishda tashlaydi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə