Baliqlarning ekologiyasi


-rasm. Pa1eoniscus. Perm qatlamlaridan topilgan (uzunligi 25 sm)



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
6-Maruza (2)

85-rasm. Pa1eoniscus. Perm qatlamlaridan topilgan (uzunligi 25 sm). 
Paleonistsidlardan trias davrida yashagan suyakli ganoidlar kelib chiqqan 
bo`lib, ular paleonistsidlar bilan suyakli baliqlar o`rtasidagi oraliq forma 
hisoblangan. Suyakli ganoidlar trias davrida paydo bo`lib, o`rta mezozoyda 
hukmron bo`lgan, lekin bo`r davrining o`rtalaridan keskin kamaygan. Hozirgi 
vaqtda suyakli ganoidlarning 2 ta guruhi, ya`ni amiyalar va kayman baliqlari 
yashab kelmoqda. 
Haqiqiy suyakdor baliqlar mezozoy erasining trias davrida paydo bo`lgan. 
Ularning evolyutsiyasi tez va turli xil yo`llar bilan o`tgan. Hozirgi davrda suyakdor 
baliqlar eng ko`p tarqalgan va ko`p turlarga ega bo`lgan hukmron guruh 
hisoblanadi. Ular Kaynozoy erasida yer sharining barcha dengiz va chuchuk suv 
havzalarida ko`plab uchragan. Qadimgi panjaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar 
bir-birlariga yaqin turgan. Bularning ikkalasi ham devon davrida paydo bo`lib, eng 
ko`p tarqalgan va gullagan davri yuqori devon, toshko`mir davrlariga to`g’ri keladi 
(86-rasm). 


86-rasm. Panjaqanotli baliq (Undina pencillata) yuqori yura davri. 
Qadimgi panjaqanotlilarning gavdasi duksimon, uzunligi 1 m, chaqqon 
suzadigan va chuchuk suvda yashaydigan yirtqich baliqlar bo`lgan. Juft suzgich 
qanotlari yaxshi taraqqiy etgan. Dum suzgichlari geterotserkal tipda bo`lib, gavdasi 
kosmoid tangachalar bilan qoplangan. Orqa tomonida ikkita orqa suzgich qanoti, 
ichki burun teshiklari (xoana) yaxshi rivojlanganligi ularni o`pka bilan nafas 
olganligini bildiradi. Bu baliqlarning boshida sachratqich teshiklari bo`lgan, tishlari 
o`ziga xos burmali bo`lib, dentin moddadan tuzilgan (labirentodontlarga o`xshash 
bo`lgan). 
Qadimgi ikki xil nafas oluvchilar panjaqanotlilarga yaqin turgan. Evolyutsiya 
taraqqiyoti davomida ularning bir-birlaridan uzoqlashishi, ya`ni ajralib ketishiga 
oziqlanishi sababchi bo`lsa kerak. 
Panjaqanotlilar yirtqichligicha qolgan, tez suzish va chaqqon o`ljasini ushlab 
olish xususiyatini ham saqlagan.
Ikki xil nafas oluvchilar esa suvdagi umurtqasiz hayvonlar - qisqichbaqasimonlar 
va mollyuskalar bilan oziqlanishga moslashgan. Ular yaxshi taraqqiy etgan 
suzgichlarini yo`qotib, kam harakatlanadigan hozirgi yashab turgan ikki xil nafas 
oluvchi baliqlarning suzgich qanotlariga aylangan. 
Panjaqanotlilar ko`p belgilari bilan quruqliqda yashovchi umurtqalilardan - 
qalqonli amfibiyalarga yaqin turgan. Bu guruhga kiruvchi baliqlar devon davrida 
keng tarqalgan va gullagan davri bo`lgan, toshko`mir davriga kelib ularning turlari 
yanada ko`paygan. Kaynozoy erasiga kelganda panjaqanotlilar butunlay yo`q bo`lib 
ketgan. 1938 yilda panjaqanotlilar vakili latimeriyaning prof. Smit tomonidan topilishi 
katta yangilik bo`ldi. Bu baliqlar dengizning juda chuqur joylarida yashaydi. Kapitan 
Xantning ma`lumotlariga ko`ra, Komor orollarida baliqchilar bunday baliqlarni ko`p 
ko`rganlar va boshqa baliqlar bilan birga tutganlar.
1960 yilgacha 18 ta Latimeriya - selokant tutilgan bo`lib, ularning uzunligi 109 
sm gacha, og’irligi esa 19,5 kg dan 35 kg gacha borgan. Bu baliqlarning juft 
suzgichlari bo`lgan va ular go`shtdor pallali bo`lib, oyoq pajalariga o`xshashligi bilan 
xarakterlangan. Bu baliqlarning hozirgi zamongacha yashab kelishiga, ularning 
okean biotsenozida yashab, boshqa suv hayvonlariga konkurent bo`lmaganligi va 
suvning chuqur joylarida yashaganligi sabab bo`lsa kerak. 
Ko`pqanotlilarning esa qazilma qoldiqlari topilmagan, shuning uchun ham bu 
baliqlar to`g’risida taxminiy fikrlar bor, xolos. Ularning o`pkasini bo`lishi 
panjaqanotlilarning qadimgi ajdodlaridan kelib chiqqanligi, xoana, ya`ni ichki burun 
teshiklarini yo`qligi, tangachalari gonoid bo`lganligi ularni paleonistsidlarga 
yaqinlashtiradi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə