Baliqlarning ekologiyasi


-rasm. Qalqonli baliq (Psammolepis



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
6-Maruza (2)

 
80-rasm. Qalqonli baliq (Psammolepis 
venlukovi) devon davri. 
79-rasm. Qalqonli baliq (Cephalaspis Lyelli) pastki devon davri. 
Gavdasining 
keyingi 
qismi 
tangachalar 
bilan 
qoplangan 
yoki 
yalang’och bo`lgan. Kuchli jag’lari 
ko`pincha suyak qalqonchalar bilan 
qoplangan. Bu baliqlar silur davridan 
perm davrigacha keng tarqalgan, devon 
davrining oxiri va toshko`mir davrining 
boshiga kelib ular qirilib ketgan. 
Pantsirli 
baliqlar 
to`garak 
og’izlilarga quyidagi belgilar bilan 
yaqin turadi, ya`ni toq burun teshigining 
bo`lishi, jag’ining va juft suzgich 
qanotlarining bo`lmasligi; faqat ichki 
qulog’ining bo`lishi. Shuning bilan bir 
qatorda 
pantsirli 
baliqlar 
to`garak 
og’izlilardan 
tashqi 
ko`rinishining 
ayrim belgilari hamda biologiyasi bilan farq qiladi, ya`ni ko`pchilik pantsirli 
baliqlarning gavdasi yapaloq (yelka tomondan qorin tomonga yapaloqlashgan). 
Gavdasi ustki tomondan pantsir (qalqon) bilan qoplangan. Bu belgilar pantsirli 
baliqlar suvning chuqur joylarida yashaganligidan dalolat beradi. Ko`zlarini yelka 
tomonda joylashganligi ham buni tasdiqlaydi. Pantsirli baliqlarda yana bosh tepa 
organi ham taraqqiy etgan. Ularning boshini orqa tomonida ko`krak suzgich 
qanotining ildizini eslatadigan o`simtasi bo`lgan. 
81-rasm. Qalqonli baliq (Anaspida, Pterolepis hitida ) silur davri. 


Jag’jabralilar (Aphetohyoideu yoki Acanthodii) sinfi kichik va o`rtacha 
o`lchamdagi baliqlar bo`lib, gavdasi urchiqsimon shaklga ega bo`lgan. Bu hodisa 
juda ham primitiv belgi, ya`ni juft suzgich qanotlarni hosil qilgan teri burmasining 
qoldig’i deb tushuniladi. 
Devon davrining o`rtalariga kelib bu sinfning vakillari dengizlarga ham 
tarqala boshlagan. Taxminlarga ko`ra, perm davrining o`rtalariga kelib bu baliqlar 
qirilib ketgan va primitiv akantodiylardan devon davrining boshida tog’ayli 
baliqlar paydo bo`lgan. Shuningdek, qandaydir primitiv akantodiylardan devon 
davrining boshlarida suyakli baliqlar ajralib chiqqan (82,83-rasmlar). Tez 
oqayotgan daryo suvlari ehtimol suyak skeletining paydo bo`lishiga olib kelgan. 
Bu baliqlar, asosan dengizlarda yashagan. Ular kichik va o`rtacha kattalikda, ya`ni 
bo`yi 1 m bo`lib, gavdasi urchuqsimon, dumi geterotserkal tipda bo`lgan. Juft 
suzgich qanotlari tanasiga kengaygan holda birikkan (84-rasm). 
Haqiqiy tog’ayli baliqlar vakillari devon davridan ma`lum bo`lgan va bir 
necha kenja sinflarga bo`lingan. Devon davrining o`rta qatlamlarida akulasimon 
tog’ayli baliqlarning (Cladocelachii) tishlari va gavda qoldiqlari uchraydi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə