Baliqlarning ekologiyasi


-rasm. Pansirli va tog`ayli



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
6-Maruza (2)

82-rasm. Pansirli va tog`ayli 
baliqlarning filogenetik shajara 
daraxti 
83-rasm. Suyakli baliqlarning 
filogenetik shajara daraxti 


Ularning terisi plakoid tangacha bilan qoplangan. Skeleti tog’aydan iborat, 
umurtqalarining tanasi bo`lmagan. Og’zi boshining oldida joylashgan, jabra yoylari 

84-rasm. Cladoselache. Yuqori devonda yashagan akulasimon baliq. 
juftdan ortiq bo`lgan. Rostrumi va kopulyativ organlari bo`lmagan, urug’lanishi 
tashqi bo`lgan. Devon davrining o`rtalarida primitiv klado-selaxiylardan 
plastinkajabralilar (E1asmobranchii) ajralib chiqqan.
Bu baliqlarning erkaklarida kopulyativ organi hosil bo`lgan, umurtqalarining 
tanasi paydo bo`pgan. Plastinkajabralilardan-haqiqiy akulalar toshko`mir davridan 
topilganligi ularni shu davrda paydo bo`lganligini bildiradi. 
Yura davrida plastinkajabralilar ikkita tarmoqqa, ya`ni akulasimonlar va 
skatsimonlarga ajralgan. Skatsimonlarning gavdasi yapaloqligi va og’iz bo`shlig’i 
boshining ostki tomonida ko`ndalang holda joylashganligi bilan xarakterlanadi. 
Toshko`mir davrida dengiz tubida yashagan tog’ayli baliqlarning Bradyodonti 
degan guruhidan yaxlitboshlilar kelib chiqqan, deb faraz qilinadi. Lekin 
yaxlitboshlilarning turlari unchalik ko`p bo`lmagan. 
Devon davrining o`rtalarida suyakli baliqlarning ikkita shoxchasi ajralib 
chiqqan. Bularning biri shu`laqanotli baliqlar (Astinopterigii), ikkinchisi xoana 
bilan nafas oluvchilar (Choanichthyes)dir. Shu`laqanotli baliqlar chuchuk suvlarda 
vujudga kelib, keyinchalik barcha dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Xoana 
bilan nafas oluvchi baliqlar (panjaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar) ham 
birlamchi chuchuk suvda paydo bo`lgan.
Ularning juft suzgich qanotlari bo`lgan. Juft suzgich qanotlari suv tubida 
tayanib yurishga xizmat qilgan va dum suzgichi difitserkal tipda bo`lgan. Nafas 
olish funktsiyasini bajaradigan qorin havo xaltachasi bilan ichki burun teshigi 
(xoanasi) bo`lgan. 
Eng qadimgi shu`laqanotlilar paleonistsidlar (Pa1eoniscoidei) bo`lgan. Bu 
baliqlar qoldiqlari qazilma holda devon davrining o`rtasi, toshko`mir va perm 
davrlarida hamma joylarda topilgan. Paleonistsidlar kichik va o`rtacha kattalikdagi, 
shakli xilma – xil baliqlar bo`lgan (85-rasm). 


Ularning ichki skeleti suyakdan iborat bo`lgan. Dum suzgich qanoti 
geterotserkal tipda, rostrumi taraqqiy etgan. Ganoid tangacha bilan qoplangan. 
Ular ko`p jihatdan hozirgi suyak - tog’ayli baliqlardan osyotrlarga yaqin turgan. 
Bo`r davrining boshiga kelib bu baliqlar qirilib ketgan. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə