Baliqlarning ekologiyasi


-rasm. Chuqur suv baliqlari



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
6-Maruza (2)

69-rasm. Chuqur suv baliqlari: 
1-Crуptosarus couesii (Lophiiformes), 2 – Nemichthys 
ovocetta (Anguiliformes), 3 – Chauliodus sloani (Clepeiformes), 4 – Ipnops murravi 
(Scopeliformes),
5 – Gastrostomus bairdi (Angilliformes), 6 – Argyropelecus olfersi (Scopeliformes), 7 – 
Neoliparis mucosus (Perciformes), 8 – Coelorhynchus carminatus (Macruriformes), 9 – 
Ceratoscopelus maderensis (Scopeliformes). 
IV. Chala o`tkinchi baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar 
dengizlarning daryolarga tutash bo`lgan va suvi ancha chuchuklashgan qismlarida 
yashaydi. Lekin ular ko`payish, ba`zan qishlash uchun daryoning etagiga ham 


o`tadi. Ammo haqiqiy o`tkinchi baliqlarga o`xshab, ular daryo suvlariga kirib juda 
ham yuqoriga, ya`ni uzoq masofaga kirib bormaydi. Bu guruhga zog’ara baliq, 
laqqa baliq, sla, vobla, oqcha baliq va boshqa baliqlar kiradi. Bu baliqlar ayrim 
chuchuk suvlarda o`troq holda ham yashashi mumkin. Shuning uchun ham chala 
o`tkinchi baliqlar guruhi shartli ravishdagi guruh hisoblanadi.
Baliqlar harakati.
Baliqlarning asosiy harakat organlari bu suzgich 
qanotlari hisoblanadi. Baliqlarning harakati turlicha bo`ladi. Masalan: zog’ora 
baliq, oqcha baliq, mo`ylovli baliqlar ko`krak suzgich qanotlari bilan oldinga qarab 
harakat qiladi. Dum suzgich qanoti gavda uchining tormozlovchi harakatini 
to`xtatib, suvning qarshi oqim kuchini susaytiradi. Boshqa toq suzgich qanotlar 
(orqa va anal suzgich qanotlari) gavdaga turg’unlik beradi. Ko`krak hamda qorin 
juft suzgich qanotlari, asosan pastga tushish va yuqoriga ko`tarilish vazifasini 
bajaradi. Baliqlar ko`krak va qorin juft suzgich qanotlari yordamida o`ng va chap 
tomonga burilishda ham foydalanadi. 
Baliqlar turlicha tezlikda suzadi. Masalan: losos sekundiga 5 m, ko`k akula 
10 m\sek, uchar baliqlar 18 m\sek tezlikda suzadi. Tig’ balig’i esa uzun ustki jag’i 
bilan o`ljasini urmoqchi bo`lganda sekundiga hatto 25 m tezlikda suzadi. Ba`zi tur 
baliqlar ilonga o`xshab harakat qiladi (ilonbaliq, ya`ni ugorlar). Uchar baliqlar 
ko`krak suzgich qanotlari bilan ucha oladilar. Uchar baliqlarning o`nlab turlari 
tropik va subtropik dengizlarda uchraydi. Suv tubida yashaydigan bir qancha 
baliqlar suv tubida harakat etish uchun shakli o`zgargan ko`krak suzgich 
qanotlaridan foydalanadi (sakrovchi loyqa baliq, dengiz shayton balig’i). Baliqlar 
turib qolgan va oqib turgan suvlarda ham harakat qilishga moslashgan.
Umuman, baliqlar harakatiga ko`ra ularning gavda tuzilishi ham har xil tipda 
bo`ladi.
1. Duksimon, torpeodasimon shaklda tuzilgan baliqlar guruhiga skumbriya
kefal, seldsimon akula va lososlar kiradi. Ular yaxshi suzadi.
2. O`qsimon tipdagi baliqlarga sargan va cho`rtan baliqlar guruhilari kiradi. 
Bu baliqlar ham yaxshi suzadi. Gavdasi birinchi tipdagi baliqlarga nisbatan 
cho`ziq, ixchamlashgan, toq suzgich qanotlari orqaga tortilgan bo`ladi.
3. Yapaloqsimon, ikki yon tomondan qisilgan tipdagi baliqlar. Bu tipdagi 
baliqlar o`z navbatida leshsimon (lesh, zog’ora baliq), oysimon (oy baliq) va 
kambalasimon (kambala) baliqlarga bo`linadi. Bu baliqlar suvning turli 
qatlamlarida uchraydi. Masalan: oy baliq suvning juda qalin joyida, lesh suv tubiga 
yaqin qalinlikda va kambala suv tubida yashaydi.
4. Ilonsimon tipdagi baliqlar. Bularga ilonbaliq va dengiz nina balig’i kiradi. 
Ularning gavdasi tortilgan bo`lib, uning ko`ndalang kesigi to`garak, yumaloq 
shaklda ko`rinadi. Suv o`tlari ko`p bo`lgan qalinlikda yashaydi.
5. Tasmasimon tipdagi baliqlar. Bularga qirol seld balig’i kiradi. Bu 
baliqlarning gavdasi tortilgan hamda ikki yon tomondan qisilgan bo`ladi, yaxshi 
suza olmaydi.
6. Sharsimon tipdagi baliqlar. Bularga kuzovka va pinagar baliqlari kiradi. 
Ularning gavdasi sharsimon, dum suzgich qanoti yaxshi rivojlanmagan.
7. Yapaloqsimon. Bularga skatlar va dengiz shayton balig’i kiradi. Ularning 
gavdasi yuqoridan pastga, ya`ni yelka-qorin tomonga yapaloqlashgan.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə