Baliqlarning ekologiyasi


Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
6-Maruza (2)

Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari.
Baliqlarning ekologik guruhlarini 
aniqlash uchun avvalo baliqlarning suvdagi tuz miqdoriga bo`lgan munosabatini va 
suv havzalaridagi yashash joylarini bilish kerak. Suv
 
muhitida yashash 
sharoitlarining har xil bo`lishiga qaramasdan, baliqlarni uchta ekologik guruhga 
bo`lish mumkin: pelagik, abissal va litoral. 
1. Pelagik (ochiq suv muhitida yashovchi) baliqlar suvning yuzasidan 
boshlab 150-200 m chuqurlikkacha boradigan suv bag’rida yashaydi. Ularning 
ko`pchiligi juda ham faol va tez suzadi. Gavdasi uzun duksimon bo`lib, suvda 
suzib yuruvchi organizmlarni qidirib topib oziqlanadi va suv bag’riga yoki suv 
qirg’oqlariga yaqin sayoz joylarda ko`payadi. Bu baliqlar ochiq suv muhitida 
yashaganliklari uchun juda tez suzadi. Pelagik baliqlar ekologik guruhiga akulalar, 
makrel, lososlar, tunetslar, sardinalar, seldlar, yelkan baliqlar, treskalar, oq sla, 
siglar va uchar baliqlar kiradi. Yelkan baliqlarning juda uzun va baland orqa 
suzgich qanoti bo`lib, baliq suzganda bu suzgich qanoti suvdan tashqariga chiqib 
turadi va shamol ta`sirida harakatlanadi. Uchar baliqlar esa dushmandan saqlanish 
uchun kuch bilan suvdan havoga sakraydi va ko`krak suzgich qanotlarini havoda 
keng yoyib, dengiz ustidan 200 m va ba`zan 400 m masofaga ucha oladi. Pelagik 
baliqlarga passiv holda yashovchi oy baliq ham kiradi. Pelagik baliqlarning orqa 
tomoni qoramtir, qorin tomoni kumushsimon rangda bo`ladi, lichinkalari esa tiniq 
shisha rangiga o`xshash bo`lib, ular dushman ko`ziga ilinmaydi. 
2. Litoral baliqlar guruhi.
 
Bu guruhga kiruvchi baliqlar suv havzalarining 
qirg’oqlariga yaqin joyda, ya`ni sohil yaqinida va suv tubi bilan ma`lum darajada 
bog’langan holda yashaydi. Bu yerda ular oziq topadi, yashaydi, ko`payadi. Suv 
tubidagi har xil toshlar, marjon orollaridagi yoriq kovaklari, suv o`tlari, qum va 
balchiqlar bu baliqlar uchun boshpana hisoblanadi. Pelagik baliqlar guruhiga 
qarshi o`laroq, litoral guruhiga kiruvchi baliqlar kam harakatchan. Bu baliqlarning 
tuzilishi va ko`rinishi ham har xil, ya`ni ba`zilarining gavdasi yapaloq bo`lib, suv 
tubida yashaydi. Litoral baliqlar guruhiga skatlar, kambalalar, dengiz shayton 
baliqlari, dengiz buqacha baliqlar, dengiz kuchukchalari kiradi. Bu baliqlarning 
ko`zlari ma`lum darajada yuqoriga qaragan, og’zi esa oziqlanish usuliga qarab yoki 
yuqoriga qaragan (dengiz shayton balig’i) yoki pastga qaragan (skatlar)
 
bo`ladi. 
Hayotining ko`p qismini suv tubida o`tkazadigan baliqlarning gavdasi yapaloq va 
og’zi bilan ko`zi yuqoriga qaragan bo`ladi. Litoral guruhiga kiruvchi baliqlarning 
ko`pchiligida shakli o`zgargan suzgich qanotdan yuzaga kelgan so`rg’ichlari 
bo`ladi. Suv tubida yashaydigan turlarida esa (dengiz shayton balig’i, uch tikanli 
baliq) ko`krak suzgich qanotlari suv tubida o`rmalab yuruvchi harakat organiga 
aylangan. Chuchuk suvda yashaydigan litoral baliqlar guruhiga ko`pchilik 
karpsimonlar ham kiradi. Suv tubida yashab, suv tubini kavlab ovqat topadigan 
turlarida tuyg’u vazifasini bajaradigan mo`ylovlari bo`ladi. Har xil laqqa baliqlar, 
peskar va zog’ora baliqlar shular jumlasidan hisoblanadi. Suv tubidagi balchiqni 


kavlab yashaydigan ayrim baliqlarning gavdasi ilonga o`xshab uzun bo`ladi. 
Bunday baliqlarga ilonbaliqlar, vyun, lepidosiren, protopteruslar kiradi.
Suv tubida yashaydigan nihoyatda g’alati shakldagi baliqlardan dengiz 
toychasini ham aytib o`tish kerak. Ular suv o`tlari orasida gajjakka o`xshash dumi 
bilan suv o`tlariga o`ralib yashaydi. Suv tubida yana gavdasi qattiq pantser (kosa) 
ichiga joylashgan kuzovkalar ham uchraydi. Suvning qirg’oq qismida yashaydigan 
buqa baliqlar, dengiz itchalari, sakrovchi loyqa baliqlar va anabas, ya`ni 
o`rmalovchi olabug’a baliqlarning yashash tarzi ham g’alati. Masalan: dengiz 
itchalari dengiz to`lqinlari kelib urilganda suvga ko`milib, to`lqin qaytganda 
ochilib qoladigan toshlar ustiga chiqib o`tiradi. Sakrovchi loyqa baliq bilan anabas, 
asosan Hind va Tinch okeanlarining tropik qismidagi tagi loyqa bo`lgan suv 
havzalarining qirg’oqlarida yashaydigan kichkina baliqlar bo`lib, ular hasharot 
izlab suvdan quruqlikka chiqadi va go`shtdor ko`krak suzgich qanotlari yordamida 
qirg’oqdagi toshlar, daraxtlar ildizlari ustiga chiqib bir necha soatgacha turadi. Bu 
paytda terisi orqali nafas oladi. Ularning ko`zlari havoda ko`rishga moslashgan 
(68-rasm). Tropik Osiyo daryolarida yashaydigan anabas suvdan quruqlikka 
chiqib, uzoq masofaga o`rmalab ketadi va jabra qopqoqlaridagi tikanlari 
yordamida xurmo daraxti tepasiga chiqadi. Anabaslar bunday paytda jabra 
bo`shlig’idagi qon tomirlari bilan ta`minlangan labirint, ya`ni yupqa suyak 
plastinkalari orqali nafas oladi. 
Nihoyat, ikki xil nafas oluvchilar ham shu guruhga kiradi va ular suvdan 
tashqarida bir necha oylab uxlab yotadi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə