genezdan foydalanilgan m utant avlodlarning xillanishi va kons-
tant belgi-xususiyatlarga erishilguncha foydalaniladigan klonlash-
tirish davomiyligiga e ’tibor beriladi. U m um an bu xususiyatga ekin-
lar asosan vegetativ usulda ko‘paytirilishidan q at’i
nazar katta
e ’tibor berish talab etiladi.
Yangi navlar biologik, pomologik va boshqa belgilari bo ‘yicha
dastlabki, davlat va ishlab chiqarish nav sinash uchastkalarida
olingan m a’lumotlarga asoslanib tanlanadi.
Chatishtirishlarda esa
har bir belgi-xususiyatlarning irsiylanishi, ayniqsa, ona sifatida
olinadigan o ‘simliklarga katta e ’tibor beriladi.
Duragaylash o ‘tkaziladigan joylardagi
mahalliy navlarda qim -
m atli belgi-xususiyatlar mavjud b o ‘lmagan hollarda (ayniqsa
changlovchi navlarda), bunday o ‘simliklar sifatida janubiy nav-
lardan foydalaniladi. O ta-ona formalarini tanlashda shunga ahami-
yat berish lozimki, har ikki forma bir
xil yom on xususiyatlarga
ega bo‘lmasin.
U m um an, chatishtirishlardan yaxshi natijalar olish uchun
ota-ona formalarining belgi xususiyatlari to ‘liq ko‘rsatilgan jadval
tuzib olingani m a’qul. Jadvalda taxminan quyidagi m a’lum otlar
keltiriladi (10-jadval).
Dostları ilə paylaş: