Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg


Rezavor meva ekinlari seleksiyasining asosiy yo‘nalishlari va



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Rezavor meva ekinlari seleksiyasining asosiy yo‘nalishlari va
xususiyatlari. 
Qulupnay seleksiyasi uchun yowoyi formalaridan 
dastlabki material sifatida foydalanish mumkin. Sanoat negizida 
yetishtirish uchun bog‘ qulupnayidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Seleksiyada bog‘ qulupnayi navlarini chatishtirish va tur ichidagi 
pog‘onali chatishtirishlar asosiy usul bo ‘lib hisoblanadi. Uzoq 
formalar chatishtirilganda esa geografik va sistematik belgilar bo‘yicha 
ota-ona juftlari tanlanadi. Fizikaviy va ximiyaviy mutagenlardan 
foydalaniladi. Klon tanlashlar qo ‘llaniladi. Kelajak seleksiyasida 
introduksiya, hujayra, to ‘qima va organlarini sun’iy ozuqa muhitida 
o ‘stirishning kelajagi porloq hisoblanadi. Duragay o ‘simliklarining 
mevasi yupqa kesib olinadi va qog‘ozda quritiladi (soya joyda). Ob- 
havo sharoitiga qarab kuzda va bahorda ekish mumkin. Birinchi 
meva berib boshlaganda tanlovlar o‘tkaziladi.
Smorodinaning yangi navlari kurtak kanasi, antraknoz, un 
shudring va boshqa kasalliklarga chidamli bo‘lishi lozim. Qishga 
chidamlilik, hosildorlik, to ‘la o ‘zidan changlanish, katta mevali, 
m evalar bir vaqtda pishadigan navlarining aham iyati katta 
hisoblanadi. Mevalari pishganda birdan to ‘kilib ketmasligi kerak. 
Kam urug‘li va kelajakda urug‘siz navlarini yaratish seleksiyaning 
asosiy yo‘nalishlaridan bo ‘lib hisoblanadi.
Krijovnik seleksiyasida tikansiz, antraknozga chidamli, hosildor, 
o ‘stirish sharoitlariga talabchan bo‘lmagan, gullash davri davo- 
miyligi uzoq, buta shakli to ‘g‘ri, mexanizatsiyaga mosligi, oson 
k o ‘payadigan, changlash uchun va m evalari qayta ishlash 
(konserva) yo‘nalishiga mos bo‘lishi lozim. Mayda urug'li va urug‘- 
siz navlarini yaratish ekin seleksiyasining kelajakdagi yo‘nalishi 
hisoblanadi. 0 ‘zidan changlangani uchun duragaylashda ona 
o ‘simliklarini bichish lozim (gullashidan 3—4 kun oldin). Tanlash­
lar hosil bera boshlagandan keyin 2—3 yildan keyin oxirgi 
baholashlar natijasiga asoslanib o ‘tkaziladi.
69



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə