Семинар дарси. Волейбол


Jamoa himoya taktikasiga o‘rgatish



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə22/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

Jamoa himoya taktikasiga o‘rgatish
To‘p kiritishda o‘yinchilarni joylashishi.
Kiritilgan to‘pni muvafaqqiyatli qabul qilish uchun o‘yinchilarni maydonda joylashishi holati muhim ahamiyat kasb etadi.
Maydonda o‘yinchilarni joylashishi ususlini tanlashda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim:
- joylashishda musobaqa qoidasiga rioya qilish;
- ko‘rsatma bo‘yicha jamoa va guruh qanday taktik tizimni qo‘llashini e’tiborga olish; qaysi o‘yinchi va qanday mahoratga ega o‘yinchi to‘p kiritilayotganligi;
- jamoa qaysi taktik tizim bo‘yicha (4+2 yoki 5+1) jamlangan.
Oldingi chiziq o‘yinchisi (bog‘lovchi) ishtirokida hujum zarbasini tashkil etishda uchta asosiy holatni e’tiborga olish lozim: birinchisi – 3-zonadan to‘p uzatilganda; ikkinchisi – 2-zonadan to‘p uzatilganda; uchinchisi – 4-zonadan to‘p uzatilganda.
Shu holatlarda birinchi to‘pdan yoki to‘pni sherigiga irg‘itib (otkidka) berishdan zarba ijro etishda, qolgan o‘yinchilar ham zarba berishga shay bo‘lib turishlari kerak. Orqa chiziq o‘yinchisining oldingi chiziqqa chiqib to‘p uzatishdan zarba berishda ham 3 ta holatni e’tiborga olish lozim: birinchi – 1-zonadagi o‘yinchi (bog‘lovchi) 2-zonadagi o‘yinchi orqasidan oldingi chiziq atrofiga to‘p uzatish uchun chiqishida; ikkinchi – 6-zonadagi o‘yinchi (bog‘lovchi) 3-zonadagi o‘yinchi oldiga chiqib to‘p uzatish. Hujumni mazkur tizimlarda tashkil qilishda oldingi chiziqda joylashgan (2,3,4-zonalarda) barcha o‘yinchilar hujum zarbasiga shay turishlari shart.
Zamonaviy voleybolda orqa chiziqqa o‘tgan bog‘lovchi o‘yinchining oldingi chiziqqa chiqib, 3 ta hujumchiga to‘p uzatish imkonini yaratish odat tusiga kirgan. Boz ustiga so‘nggi yillarda hujumga orqa chiziq o‘yinchilarini jalb etish hujum salohiyatini yanada ortishiga olib keldi.
«Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o‘ynash
Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Bu mashqlar «burchagi oldiga» tizimiga xos harakatlarni taqlid qilish, to‘ldirma to‘p va voleybol to‘pi bilan ijro etiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə