Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
11 
Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo‘nalishlari.
Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan 
mustaqil yo‘nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli 
sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo‘lsak, insonning olam, 
odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borliqining mohiyati 
nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechoQlik 
mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo‘nalishlari 
mavjudligini ko‘ramiz. 
Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog‘liqlik, o‘zgarish va taraqqiyot nuqtai 
nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, uning tarkibida metafizik va 
dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko‘ramiz. Bular sof 
nazariy-falsafiy masalalar bo‘lib, ular to‘g‘risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» 
bo‘limlarida maxsus to‘xtalib o‘tamiz. 
Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari bor: 
1. 
Falsafiy dunyoqarash ilmiydir
, chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi boQlanish, aloqadorlik va 
munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. har 
qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini 
aks ettiradi. 
2. 
Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili 
jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar 
tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. 
3. 
Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili 
har qanday dunyoqarash shakli va 
darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik 
buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur 
etadi. 
4. 
Falsafiy dunyoqarashning universalligi 
boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil 
qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 
5. 
Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq 
bo‘lib, inson manfaatlariga mos keladi. CHunki, 
inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi. 
6. 
Falsafiy dunyoqarashning G‘oyaviylik tamoyili, 
uning asosida muayyan G‘oya yotgani 
bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik
o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol G‘oyasiga tayanishi bilan 
xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu G‘oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi 
uchun xizmat qiladi. 
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri 
nazariya va amaliyot birligidir

Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, 
istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. SHuningdek, dunyoqarashning 
amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə