Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi 
insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni 
tushunishi, shuningdek, turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida 
namoyon bo‘ladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar
tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar 
chambarchas bog‘lanadi. 
 
Falsafaning gnoseologik funksiyasi 
tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish 
mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan 
narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir
. Falsafa u yoki bu 
mohiyati aniqlanmagan yoki
 
kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z 
yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan 
qondirilmagan
 
qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy 
fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa
 
bir muhim 
vazifa «Haqiqat nima?» «Uning mezonlari qanday?» degan masalalar bilan bog‘liq, zero har 
qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal 
oladi, bu esa eng muhim masaladir.
 
Metodologik funksiyasi 
u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek, 
borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi 
(bu tushuncha yunoncha «methodos» – «yo‘l»,«tadqiqot», «tekshirish» so‘zidan kelib chiqqan). 
Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot 
yo‘lidir. 
 
Falsafaning integrativ funksiyasi 
real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning 
nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek, ilgari ma’lum darajada anglab etilgan 
narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyoj.

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə