Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma


-Mavzu: Muqobil oilada ota-onalik



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə52/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

14-Mavzu: Muqobil oilada ota-onalik.
Reja:
1. Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash
2. Bolalarni muqobil parvarish qilish.
Dunyodagi zamonaviy ijtimoiy ahvol mamlakatlarning turli hayot tarzi bilan integratsiyalashuvi, yagona iqtisodiy, madaniy, axborot, ta'lim makonini shakllantirish jarayonlarining keng rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Global integratsiya jarayonlari jamiyat hayotining barcha yo‘nalishlariga ta'sir qiladi, yetim va ota-ona qaromog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash institutlarini shakllantirishga va umuman bolalar siyosatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.
Butun dunyoda millionlab bolalar institusional muassasalarda istiqomat qiladi, bu esa BMT tomonidan tan olingan bolalarning oila muhitida tarbiyalanish huquqiga ham, bolalarning jismoniy, neyrobiologik, psixologik va ruhiy salomatlik xarajatlarini tizimli tahlil qilishimiz natijalariga zid keladi. Dunyo bo‘ylab 5 milliondan 6 milliongacha bolalar (0-18 yosh) oilaga asoslangan parvarishlash muassasalarida emas, balki institutsional muassasalarda yashaydilar, ammo bu taxmin kam ma'lumotlarga asoslangan va kam baholangan bo‘lishi mumkin. Bolalarni institutsional muassasalarda tarbiyalanishi oilaviy g‘amxo‘rlikdagi ko‘p bolali, katta oila yoki homiylikdagi oila, kafalah (islomda yetim bolalarni vasiylik qilish amaliyoti) yoki asrab oluvchi oila yashashi har tamonlanma zararlidir.
Yevropa davlatlaridagi yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni himoyalash tajribasiga e’tibor qaratish kerak.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, AQSh, Buyuk Britaniya XX asrning ikkinchi yarmidan, Rossiya XXI asr boshlaridan bolalar institutsional muassasalarni tugatishga bo‘lgan harakatlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar, Amerika Qo‘shma shtatlarida yashovchi yetimlarning aksariyati davlat qaramog‘ida bo‘lib, bolalar uylarida yashagan. Ammo keyinchalik bunday ta’lim muassasalari tizimi samarasiz deb topildi. Shu sababli, bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida uzoq muddatli yashash uchun mo‘ljallangan bolalar uylari mavjud emas. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni vaqtincha saqlash uchun maxsus muassasalar mavjud bo‘lib, ularning maqsadi har bir bola uchun imkon qadar tezroq yangi oilani topishdir.
O‘zbekistonda bolalar uylari asosan xalq ta’limi tizimining bir qismi bo‘lsa, AQShda yetim bolalarga g‘amxo‘rlik asosan hukumat shartnomalari asosida ishlaydigan va doimiy ravishda huquq bo‘yicha davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan nodavlat tashkilotlariga yuklatilgan bo‘lib, davlat ushbu yo‘nalishni moliyalashtiradi va o‘ziga xos nazorat qilish tizimini yarata olgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining bu boradagi asosiy farqli jihatlaridan biri hozirgi kunda ushbu mamlakatda «Bolalar uyi» va «Mehribonlik uy»larining yo‘qligidir. AQShda noinstitutsionallashtirish jarayoni 1941-1980 yillar oralig‘ida boshlangan. Ushbu jarayon mamlakatda 1935 yilda qabul qilingan «Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risida»gi Qonundan so‘ng boshlandi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida oila masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shu sabab u yerda mehribonlik uylarini uchratish qiyin. Mamlakatda ota-onalari qarovisiz, yetim qolgan bolalarni tarbiyalash masalasi bilan shug‘ullanadigan maxsus idora – Bolalarga yordam va oila xizmatlari Departamenti Ushbu tizimda oilaviy ijtmoiy ish xodimlari faoliyat yuritishadi.Ularning asosiy faoliyati o‘qituvchi, maslahatchi, qo‘shni yoki biron bir kuzatuvchi bolalarni himoya qilish xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilgandan so‘ng, ijtimoiy xodimlar. tergovni boshlaydilar. Ijtimoiy ishchilar bolalar va oilalarning yaxshi ahvolda ekanligini isbotlash uchun mijozlarning uylariga tashrif buyurishlari shart. Ijtimoiy ishchilar bolalarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan akademik, xulq-atvor yoki ijtimoiy muammolar yo‘qligini baholash va tekshirish uchun javobgardir.
Ijtimoiy ishchi bolalar va oila barqaror bo‘lgunga qadar va suiiste'mollik yoki beparvolik alomatlari ko‘rinmaguncha tashrifni davom ettiradi. Agar vaziyat yaxshilanmasa, ijtimoiy xodim aralashib, bolani oiladan olib qo‘yishi va bolani qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ota-onalar yoki vasiylar testdan o‘tgunga qadar homiylik tizimiga joylashtirilishi mumkin. Shu bilan birgalikda oilasidan ajralgan bolalarga qisqa muddatda tarbiyalovchi – “foster oila” topib beradi. (Ma’lumot uchun: bugungi kunda qariyb 428 ming nafar amerikalik bolalar “foster” oilalarda istiqomat qilmoqda. Ularning orasida bir necha oylik go‘dakdan tortib 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar bor). Foster oilalarda o‘rtacha tarbiyalanish vaqti 1 yildan oshiqroqni tashkil etib, bu vaqtga qadar bolalarni asrab olganlar ota-onalik huquqini sud qaroriga qadar qo‘lga kiritishmaydi. Oilada qolish qarorini bolalar qabul qiladi, shuningdek asrab olgan ota-ona ham bolaning oilada qolishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirish huquqiga ega. Aksariyat hollarda bolalar foster oilalaridagi tarbiyalovchilarini keyinchalik ota-onalari sifatida qabul qilishadi. Hukumat “foster” oilalar uchun barcha sharoitni (uy-joy va moddiy mablag‘ni) yaratib beradi. Ma’lumot uchun: Har yili amerikaliklar 135 mingga yaqin bolani asrab olishadi. Ulardan 26% boshqa davlatlardan, 59% “foster oilalar” hamda 15% tug‘ilganidayoq onasi voz kechgan bolalardan (bolalarga yordam va oila xizmatlari Departamenti homiladorlik davridayoq bolasidan voz kechuvchi ayollar ro‘yxatini yuritadi)
Bolalar yetimligining oldini olishda ijtimoiy xizmatlar muhim rol o‘ynaydi. Bolali oilalar uchun ijtimoiy xizmatlarda ikkita jihat mavjud: bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va oilaga tarbiya berishda yordam berish. Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam uzoq vaqt davomida (bir necha yil) ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va ota-onalar va bolalar bilan suhbatlar shaklida intensiv (haftasiga 20 soatgacha) amalga oshiriladi. Ijtimoiy ishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nafaqat oila a’zolari, balki yaqin atrof – muhit-qo‘shnilar, maktablar, ota-onalarning ish beruvchilari va boshqalar bilan amalga oshiriladi. Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam berishning maqsadi bolalarning davlat muassasasiga yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Oiladagi bolalarning qolishlari oiladan tashqarida qolishdan ko‘ra arzonroq, xususan, internatda, shuning uchun so‘nggi yillarda uning samaradorligi tufayli bu ish shakli afzal ko‘riladi .
Germaniyada 1991-yilda qabul qilingan “Bolalarga va yoshlarga yordam to‘g‘risida”gi Qonunda “Har bir bola va o‘smir o‘z hayoti uchun mas’uliyatga va jamiyatga moslashishi uchun ko‘makka ega bo‘lish hamda shaxsiyatini tarbiyalash huquqiga ega” ekanligi qayd etilgan. Germaniyada yetim qolgan bolalarga nafaqat davlat tashkiloti balki nodavlat tashkilotlar ham e’tibor qaratadi. Germaniyadagi yetim qolgan bolalarni tarbiyalovchi nodavlat tashkilotlarning faoliyat yuritishi bu borada yangi mexanizm hisoblanadi. Misol uchun, “Yoshlar bunyodkorlik tashkiloti” federal ishchi uyushmasi ana shunday tashkilotlar sirasiga kiradi. Bu kabi NNTlar hukumatning doimiy nazoratida turadi. NNTlarni ochishga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – uning asoschisi bo‘lgan shaxs pedagogik stajga ega bo‘lishi lozim. Bolalarni tarbiya maskanlariga joylashtirish faqatgina oilada qolishning hech qanday imkoniyatlari bo‘lmasagina amalga oshadi. Yetim qolgan bolalarni tarbiyalashning nemischa usullaridan yana biri bolalar shaharchalari tizimidir[7]. O‘zbekistonda shu kabi tizim SOS bolalar mahallasi shaklida yo‘lga qo‘yilgan.
Shunday qilib, Germaniyada bolalarni ijtimoiy himoya qilish biologik oilani saqlab qolish tamoyiliga asoslanadi. Ushbu yo‘nalishda mahalliy ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan va ularning yaqin atrof-muhit bilan ishlashni o‘z ichiga olgan bolalar oilalari uchun ko‘plab ijtimoiy xizmatlar mavjud.
Buyuk Britaniyada ham «Foster care» tizimi shakllangan bo‘lib, ushbu tizimning quyidagi «emergency foster», «long term»,«permanent care» turlari mavjud. «Yemergency foster»da bolalar ixtisoslashgan oilalarga bir necha soatdan bir necha kungacha joylashtiriladi. Bolaning oila a’zosi kutilmaganda kasalxonaga tushishi natijasida bola qarovsiz qolsa shu turdan foydalaniladi. «long term»da bolalar ixtisoslashgan oilalarga 2 yilgacha bo‘lgan muddatga joylashtiriladi. «Rermanent care» – uzoq muddatli joylashtiruv bo‘lib, bunda bola vasiylar oilasida voyaga yetgunga qadar tarbiyalanish uchun qoldiriladi. Buyuk Britaniyada yetim qolgan bolalar uyiga vaqtinchalik (respite care) hamda doimiy (residential care) asosda joylashtiriladi. Bu oilada bolaning sog‘lom turmush kechirishi uchun imkoniyatlar qolmaganda yoki oiladagi nizolar bartaraf etilgunga qadar qo‘llaniladi. Bu qachonki ota-onalar bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanishga ojiz ekanliklari yoki bolaning hayoti uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda mahalliy boshqaruv organlari masalaga aralashadi. Bolani tarbiyalash istagidagi boshqa qarindoshlari topilmasa muqobil, ko‘ngilli oilalar qidirish boshlanadi. Sud bolaga uni asrab oluvchi oila zarurligi haqida qaror qabul qilsa, yangi oila izlashga kirishiladi. Ungacha bolalar maxsus bolalar uylarida qolishadi. Ba’zan ko‘ngilli oilalar tezda topiladi, ba’zan bolalar bu kabi muassasalarda ikki yilgacha qolib ketishadi. Agar ijtimoiy xizmatlar bolaning o‘z uyidagi ahvol ijobiy tomonga o‘zgarganini qayd etishsa, ular o‘z oilalariga qaytariladi.
Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari – bolalarni oilaga o‘xshash muhitda aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanish, ularni milliy urf-odatlar asosida Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga shart-sharoitlar yaratadi. Xizmatlar bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, ularni ijtimoiy himoya qilish, jamiyatga moslashuvini ta’minlash, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z kasblarini o‘zlari tanlashlari va umumiy o‘rta ta’lim olishlarini ta’minlashga yordam beradi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə