«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Eksperimental psixologiya va praktikumning metod va metodologiya haqida ma’lumotlar ba’zasini yaratish



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə28/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Eksperimental psixologiya va praktikumning metod va metodologiya haqida ma’lumotlar ba’zasini yaratish
Psixologiyada test metodi 1905 yildan boshlab fransuz psixologlari Bine va Simon insonning aqliy o‘sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin qo‘llana boshlandi. Ko‘pchilik jahon psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildiradi. Biroq ular tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. AQSH, Angiliya, Fransiya, Shvetsariya testologlar tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida qatnashchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Lekin rus psixologlari K.M.Gurevich, V.A.Krutetskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha tamoyil asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkuri ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va bu borada muayyan yutuqlarga erishganlar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, inson qobiliyatining mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga, an’anaga amal qilgan holda testlardan foydalanilmoqda.
Eksperiment metodi. Bu metodda turli yoshdagi inson, odamlar psixologiyaning nozik ichki bog‘lanishlari, qonuniyatlari, xossalari, murakkab mexanizimlari: sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqining o‘sishi, tafakkurining rivojlanishi, favqulotdagi holatidan chiqish, muammoli vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg‘ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi.
Buning uchun eksperiment materialini sinchkovlik bilan tanlash, ob’ektiv tarzda har xil holat va vaziyatlar yaratish,sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter xususiyati his-tuyg‘usi, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko‘nikma va malakalariga alohida e’tibor qaratish shart. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya metodlaridan iborat bo‘lib, psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda tabiiy ekspiriment metodi qo‘llaniladi. Rus psixologi A.F.Lazurskiy tomonidan 1910 yilda ilmiy asoslangan mazkur metod odamlarning psixologik o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, qobiliyatlari, is’tedodlari, diqqati, xotirasining mahsuldorligi, irodaviy sifatlari kabi muammolar hal qilinadi. Tabiiy eksperiment sharoitida sinaluvchilar tekshirilayotganligidan bexabar bo‘lishlari, ta’lim-tarbiya jarayonida berilayotgan bilimlar, shakllantirilayotgan fazilatlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim. Odatda sinaluvchilar uchun qiyinlashtirilgan vaziyatlar, murakkabroq muammolarni qo‘yish orqali ularning ichki imkoniyatlari, tarbiyalanganlik darajalari oldinroq ro‘yobga chiqishini ta’minlash tadqiqotning asosiy vazifasidir.
Laboratoriya metodi yordamida shaxs diqqatining sifatlari, sezgisi, idroki, xotirasi va tafakkurining xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo‘riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Asboblarning ko‘rsatilishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, his-tuyg‘u shijoati, asabiy zo‘riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo‘layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Eksperiment metodi aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat qismlarga bo‘linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon va holat o‘yin, mehnat, o‘qish, sport kabi faoliyatlarda tadbiq qilinadi. Bunda tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ktiv, ya’ni o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Shu davrda sinalivchiga hatto yo‘llovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning bosh tamoyili hisoblanadi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə