«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Eksperimental psixologiya va praktikum fanida metod tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə27/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Eksperimental psixologiya va praktikum fanida metod tushunchasi va uning mohiyati
Kuzatish metodi. Umumiy psixologiyada bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: kuzatishning maqsadi va vazifasini qat’iy belgilash; kuzatish ob’ektini tanlash, ya’ni kimni va nimani kuzatish; kuzatiluvchining yoshi va jinsini aniqlash; tadqiqot o‘tkazish va rejasini tuzish; kuzatish qancha muddat davom etishini qat’iylashtirish; kuzatishni shaxsni qaysi faoliyatlarida (o‘yin, mehnat, o‘qish, sport) amalga oshirishini belgilash; kuzatish o‘tkazishning shaklini (yakka, guruhiy, jamoaviy) qayd etish; kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalarini tanlash, saralash (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, video magnetofon, fotoapparat, video kamera va boshqalar).5
Suhbat uyushtirishdan avval tadqiqotchi beriladigan taxminiy savollarni tayyorlab qo‘yadi. Bunda sinaluvchilarning yoshi, jinsi, qiziqish doirasi, imkoniyati hisobga olinadi, shuningdek, ularni toliqtirib qo‘ymaslikning diqqat markazda turishi ijobiy natijalar berishi mumkin.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi.
Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, to‘qigan narsalar, tikkan qo‘g‘irchoqlar, to‘qib, so‘zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va abadiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidan materialllar to‘plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi (ob’ekt bilan sub’ekt) o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqaradi. Tekshiruvchi (o‘qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, orginalligi, hajmi, xususiyati bilan bir keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash mumkin.
Lekin ulardagi ruhiy o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig‘ish uchun bu metod etarli emas.
Test metodi. Test tushunchasi inglizcha sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa insonning qanday kasbni egallashi mumkinligini kasbga yaroqligi (moyilligi) yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar yoki aqli zaiflarni aniqlashda, odamlarni muayyan o‘lchovlarga binoan saralashda keng qo‘llaniladi. Ushbu metodning qiymati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning xolisligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir.6



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə