«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasbning oldidagi umumiy hamda xususiy jabhalar



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə39/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

3. Kasbning oldidagi umumiy hamda xususiy jabhalar
Kasb-kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, quyidagi umumiy hamda xususiy jabhalarni o‘zida aks ettiradi;
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati;
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal bo‘yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari;
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi);
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir – choralarning umumiy tavsifi;
7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8. Kasb bo‘yicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi;
9. Kasbga psixologik nomutanosiblik yoki kasbiy yaroqsizlik;
10. O‘zini o‘zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasbning inson oldiga qo‘yadigan talablar majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talabalariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.


4. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi
Kasb tanlashga yo‘naltirish davlatning tadbir – choralari tizimidan iborat bo‘lib, inson tomonidan tanlanadi, o‘z hayot yo‘lining ilmiy asoslanganligini ta’minlashga xizmat qiladi, u turmushda o‘z o‘rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;
2) kasb – hunar maorifi bilan shug‘ullanish:
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
4) kasb yuzasidan maslahatlar;
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan bo‘lib, u «Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi» deb nomlanib, o‘zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo‘llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagining muhim bir tomoni – bu har xil kasb – hunar egasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo‘yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‘naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo‘yicha bilimlar umumlashtirilgan bo‘lib, kasb tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘naltirilgan uchburchak shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o‘zini o‘zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o‘zida mujassamlashtiradi.
E.A.Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustivor signallarning turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar ko‘lami va umumiy xususiyati (ko‘rish, eshitish va boshqalar);
2) axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq aqliy faoliyatning xususiyati;
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi va ayrim harakatlarning tavsifi;
4) ishda, mehnat faoliyatida asab – psixologik zo‘riqish, tanglikning mavjudligi;
5) diqqatni boshqarish zarurati;
6) ishda muvaffaqiyatga eltuvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;
7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik ko‘rsatkichlar.
Har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta’minlangan sharoitda yashashni istaydi. Shu sababli ham insonlar farovon turmushni ta’minlashga xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga intiladilar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba’zi holatlarda ma’lum bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati etarli bo‘lmaydi. Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Biz quyida shu masala bo‘yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o‘tkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz.
Ma’lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi to‘rt asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: a) kasbiy intilishlarning shakllanishi; b) kasbiy ta’lim; v) kasbiy moslashish; g) shaxsning kasbiy faoliyatda qisman va to‘liq o‘zini-o‘zi bag‘ishlashi. Mazkur bosqichlarga mos holda kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni ham sodir bo‘ladi. Kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni psixologik adabiyotlarda utarli darajada chuqur yoritilgan bo‘lib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning shakllanishi va kasb tanlash bosqichlariga alohida e’tibor qaratganlar.
Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar aholidan yuksak madaniyatni, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan kasbiy faoliyatning ikki xil jihati psixologik va pedagogik jihatlari farqlanadi. Kasbiy faoliyatning psixologik jihatlari xodimlarning kelajakda o‘z burch va majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun ularga zarur bo‘lgan psixologik – pedagogik tamoyillar, kategoriyalar va tushunchalarni singdirish hamda kasb madaniyati va etikasi talablariga muvofiq xatti – harakatlarini izohlash, xizmat vazifalarini to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish, o‘z kasbiga mehr – muhabbat, insonga hurmat bilan qarashni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Kasbiy faoliyatning pedagogik jihatlari esa xodimlar xulqidagi mavjud ahloqiy – siyosiy xususiyatlarda aks etib, ahloqiy prinsiplar va me’yorlarning shaxs ongida qanday hosil bo‘lishi bilan belgilanadi. Axloqning shakllanishida atrofdagi turli xulq – atvordagi kishilar, shaxsiy tajriba, muayyan tiplar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan faktlar katta ahamiyatga ega.
Buning uchun bugungi muhandis ham o‘z kasb sirlarini, ham shu kasb mahoratini yoshlarga bera olishi lozim. U umumiy psixologiyani, yosh psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, kasb-ta’limi va uning psixologiyasini bilishi talab qilinadi.
Kasb-hunar ta’limi kollejlari o‘quvchilariga texnikaning konstruktiv xususiyatlarini, muhandislik psixologik talablarini hisobga olishni, eng muhimi qo‘llaniladigan texnika inson imkoniyatlarini qay darajada hisobga olganligini, ya’ni, texnikaning gumanizatsiyalashuvini hisobga olishini bilib ishga yondashuvi masalalarini aniq tasavvur qilishi bilan bog‘liq. Bu muammo muhandislik psixologiyasida o‘rganiladigan markaziy bosh mavzu “odam – mashina” tizimi OMT - (ruscha SCHM – «sistema chelovek-mashina») hisoblanadi. “Odam-mashina” tizimi va uning asosiy muammolari kasb ta’limi o‘qituvchisi va kasb ta’limi ustasi mahoratining nazariy, pedagogik-psixologik tayyorligining asosini tashkil kiladi.
Kasbiy psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Odam funksiyasini «odam-mashina» tizimida tahlil qilish, operator faoliyati strukturasi klassifikatsiyasini o‘rganish;
2. Odam-operator axborotlar almashinish jarayonlarini o‘rganish (odamning axborotlarni qayta ishlash jarayonining asosiy 4 bosqichini o‘z ichiga oladi: axborotni qabul qilish, qayta ishlash, qaror kabul qilish, boshqarish ta’sirini amalga oshirish);
3. Operator ish o‘rinlarini tashkil qilish prinsiplarini ishlab chiqish;
4. «Odam-mashina» tizimi samaradorligiga psixologik omillarning ta’sirini o‘rganish;
5. «Jamoa-mashina» tizimida operatorlarni tanlash va tayyorlash prinsip va metodlarini ishlab chiqish. (Kasbga tayorlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kasb ta’limi, jamoani shakllantirish, trenirovka -mashq qilish);
6. «Jamoa–odam–mashina» tizimini muhandislik – psixologik loyihalash va baholash;
7. Muhandislik – psixologik ishlamalarining iqtisodiy samarasini aniqlash;
Kasb tanlashga yo‘llash. Kasb ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi – shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash, uni tayyorlash, mehnat faoliyatiga yo‘llash masalalaridir. Bular professiografiyadan boshlanadi.
Kasbiy ta’limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo‘lib, bunda tayyorgarlik ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o‘rganish (qo‘shimcha ta’lim yoki mustaqil ta’lim) va maxsus kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish orqali. Kasbiy ta’limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon “ma’lum bir kasbga tayyorgarlik” holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o‘z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma’lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo‘ladi. Kasb tanlash ma’lum bir kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub’ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov ob’ekti) munosabatlarini o‘zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi: tanlov sub’ekti va tanlov ob’ekti o‘rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o‘rganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo‘lmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub’ektining individual xususiyatlariga bog‘liq holda kechadi.
Shunday qilib, kasbiy jihatdan o‘z o‘zini aniqlash - shaxs kasbiy faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni, kasbiy intilishning paydo bo‘lishidan tortib to mehnat faoliyatidan butunlay ozod bo‘lgungacha bo‘lgan davrlarni o‘zida mujassamlashtirgan jarayondir. Aytish mumkinki, u insonning butun hayot yo‘lini qamrab oladi. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri kasb tanlash amalga oshiriladigan bosqichdir. To‘g‘ri tanlangan kasb, bir tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa, yaxshi kasb egasining samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə