«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə55/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish


11-rasm.
Germaniyada maktab ta’limi

Germaniyada Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda bepul oliy ta’lim olish imkoniyati ko‘proq. Nodavlat jamg‘armalar hamda hukumat grantlari asosida xorijliklar ham nemis universitetlarida tahsil olishi mumkin.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahalliy gimnaziyalarni bitirib, yetuklik shahodatnomasi olgan yoshlar universitetlarga imtihonsiz kiradi (Lekin ba’zi yo‘nalishlar, masalan, tibbiyot bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazilishi ham mumkin). Chel elliklar esa o‘qishga kirish uchun nemis tili bo‘yicha imtihon (DSH - Pruefung)dan o‘tadi.
Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir yildan to‘rt yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha. Odatda, bakalavriat va magistratura talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni (statsprufung) topshiradi va dissertatsiya himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv mavsumini tanlash huquqiga ega. Yozgi mavsum aprel-sentabr, qishkisi esa oktabr-mart oylarini o‘z ichiga oladi.





12-rasm. Germaniyada maktab ta’limi
Germaniya Geydelberg, Kyoln, Freiburg, Tyubingen kabi qadimiy universitetlar vatani hisoblanadi. 1386 yilda asos solingan Geydelberg universiteti ko‘hna qit’aning eng nufuzli oliy ta’lim dargohlari ro‘yxatiga kiritilgan. O‘rta asrlardayoq ushbu universitetga kirish yevropalik aslzodalarning orzusi bo‘lgan. Germaniyaning mo‘‘jazgina Geydelberg shahrida joylashgan mazkur universitetning nufuzi hozir ham baland. Bu erdan Gegel, Yaspers kabi jahon tanigan olimlar, o‘nga yaqin Nobel mukofoti egalari etishib chiqqan. Universitet yurisprudensiya, biologiya, kimyo, tibbiyot yo‘nalishlarida kuchli kadrlar tayyorlaydi. Bu yerda o‘qiydigan 25 ming talabaning 12 foizi xorijliklardir.
Myunxendagi Lyudvig-Maksimillian universiteti Evropani tibbiyot bo‘yicha yetuk mutaxassislar bilan ta’minlaydi. Besh asrlik tarixga ega bo‘lgan ta’lim maskanida ayni paytda 44 ming talaba tahsil oladi.
Kasbiy oliy maktablar yoki institutlar (fachhochschulen) olmon ta’lim tizimining o‘ziga xos bo‘g‘ini sifatida muhandis, iqtisodchi, dizayner, mashinasozlik, ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida mutaxassislar yetkazib beradi.
Axen, Bremen, Bonn, Frankfurt, Gamburg, Kyoln, Marburg kabi universitetlarga ham talabgorlar ko‘p. Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning 370dan oshiq oliy ta’lim muassasalarida 2 millionga yaqin talaba, jumladan, 246 ming xorijlik tahsil olmoqda. Olmon yurti chet ellik talabalar soni bo‘yicha dunyoda AQSH va Buyuk Britaniyadan keyingi o‘rinda turadi.
Germaniya maktablarida kompetentlikni shakllantirishda turli xil interaktiv metodlardan, masalan: fidbek, jamoali o‘qish, hamkorlikda o‘qitish, guruhli ishlash, intervyu, mustaqil o‘qish, men-sen-bu metodi, svetofor kabi ko‘plab metodlardan foydalanishadi.
• Germaniyada o‘qituvchilar ko‘p yo‘nalishda malaka oshirish va dars berish imkoniyatiga ega.


Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə