Sezgi haqida tushuncha



Yüklə 62,47 Kb.
tarix19.02.2023
ölçüsü62,47 Kb.
#101090
SEZGI HAQIDA TUSHUNCHA

SEZGI HAQIDA TUSHUNCHA


SEZGI
ekstroretseptorlar — bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish Sezgilari kiradi;
interoretseptorlar — tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga ichak, jigar, oʻpkadagi Sezgilar kiradi
propriretseptorlar — muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.

Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — Sezgi paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq. Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi. Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin:

Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.

Idrok ongning ,miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi muvaqqat bogʻlanish (qarang Assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi (qarang Appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy kelib chiqishlari, xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok qiladilar. Masalan, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani idrok qilishi ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda tor va yuzaki boʻladi. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (qarang Tasavvur) idrok jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h.k.) ham bogʻliq. Masalan, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.[1]


Yüklə 62,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə