Sezgi sezgi


Kuzatish va kuzatuvchanlik



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Kuzatish va kuzatuvchanlik. 
Idrokning 
o’ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri 
kuzatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan 
har doim uzviy bog’liq. Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. 
Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning 
esida saqlanib qola bermaydi.
Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo’yiladigan tayyorgarlikka, kishining 
bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog’liq. Kishining 
rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini 
kuzatuvchanlik 
deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va 
hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.
Akademik I.P.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga 
yuksak baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shaqridagi fiziologiya 
institutining 
oldi 
tomoniga 
"Kuzatuvchanlik, 
kuzatuvchanlik 
va 
yana 
kuzatuvchanlik"
deb yozdirib qo’ygan.
 
 
Idrokda ob'ekt va fon 
Odamga juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko’p 
xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o’zida ularga javob reaksiyasi qaytara 
olmaydi. Odam ko’p sonli qo’zg’ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib 
oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan 
narsani o’rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob'ekt 
hisoblanib, ob'ektning atrofdagilari esa 
fon
deyiladi. Masalan, o’qituvchi bir darsda 
bir necha o’quvchilardan so’raydi. Har safar so’rayotganlarni ko’radi. Chaqirilgan 
o’quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob'ekti hisoblanadi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism 
idrokning 
ob'ekti
deb ataladi. Boshqa o’quvchilar faoliyati idrok foni bo’lib 
qoladi. Idrok foniga kirgan o’quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok 
ob'ektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok ob'ekti va foni dinamik tabiatga ega 
bo’lib, doimo o’zgarib turadi. Ob'ekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim 
sharlari po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish o’choqining almashinishi 
bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob'ektdan boshqa ob'ektga o’tishi bilan 
izohlanadi. Idrok fonidan ob'ektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini 
ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi kabilarda 
aniq ko’rish mumkin. 
Juda ko’p hollarda ob'ektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni 
alohida rang, shakl va belgilar bilan ta'kidlab qo’yiladi. Masalan, transport 


belgilari, temir yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va 
boshqalar. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə