Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Illyuziya
- bizga ta'sir qilayotgan 
narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi: 
a) ob'ektiv illyuziya; 
b) sub'ektiv illyuziya. 
Ob'ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, 
uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob'ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan 
narsalarning o’zaro bir-biriga ta'siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil 
geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi 
baravar bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga 
tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok 
jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish 
mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri 
burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni 
chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo’lib ko’rina 
boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta'sirida illyuziya hosil bo’ladi. 
Sub'ektiv illyuziyalar odamning ayni chog’dagi hissiy holati bilan bog’liq 
bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro’y beradigan 
o’zgarishlar idrok jarayoniga ta'sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o’tilganidek, 
odam kechasi yolg’iz ko’chada qo’rqib ketayotgan bo’lsa, har bir sharpa uning 
qo’rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro’parasidan chiqib qolgan 
butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o’xshab ko’rinadi. 
Hayotda keng tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins 
narsalar haqidagi ko’plab gaplar kuchli qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok 
qilish, ya'ni sub'ektiv illyuziya tufayli vujudga kelgandir. Ba'zan odam qattiq 
qo’rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po’stidagi muhim 
markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi 
mumkin. Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb 
atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog’liq bo’lgan 
organizmning biror qismida keskin o’zgarish paydo bo’ladi. Chunonchi odamning 


og’zi yoki ko’zi qiyshayib qolishi mumkin yoki ho’li, oyoqi falaj bo’lib qolishi 
mumkin. 
Sub'ektiv illyuziya hodisasi, ya'ni qattiq qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri 
idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu 
yug’oridagi mulohazalarni, ya'ni yanglish idrok natijasida paydo bo’ladigan 
qo’rqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo’rqitish kerak emas. 
Psixologiyada ko’rish illyuziyalarining o’rganilishi muayyan o’zining 
tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz ko’rsatkich va o’rta barmoqlarimizni 
chalishtirib, no’xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala 
barmoqimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, 
bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xot bordek his 
qilamiz. 
Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə