Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Gallyusinasiya 
Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a'zolarini qabul qilish 
analizatorlarga bevosita ta'sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning 
(ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan 
iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga 
gallyusinasiya
deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati, ba'zan 
qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobiqidagi 
qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab 
tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi 
mumkin. Gallyusinasiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lishi mumkin, 
ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a ) yo’q narsalarning ko’zga 
ko’rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yo’q sharpalar, hidlar 
sezilishi kabilardir. 


Odatda illyuziyani gallyusinasiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu 
lahzada shaxsning sezgi a'zolariga ta'sir etib turgan biror narsani yanglish, 
noto’g’ri idrok qilish jarayoni bo’lsa, gallyusinasiya yo’q mavjud bo’lmagan 
narsalarni tashqi ta'surotsiz idrok qilishdir. Masalan, yo’q narsalarning ko’zga 
bordek ko’rinishi, yo’q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo’q hidlarning dimoqqa 
urilishi kabilar gallyusinasiyaning mahsuli bo’lib hisoblanadi. Gallyusinasiya 
shaxsning biror narsa va holatni ko’rgandek, eshitilgandek, his qilgandek kabi 
tasavvurning aks etishidir xolos. Gallyusinasiya hodisasi ko’pincha kasallikdan 
(isitma, alahsirashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv tizimini buzadigan 
kasalliklarning oqibatida ro’y berishi mumkin.
Idrokning tasnifi 
Idrokni klassifikasiya qilishda quyidagi 3 ta muhim tomoni hisobga olinishi 
kerak va ular quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə