Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

1.
 
Fazoni idrok qilish 
2.
 
Vaqtni idrok qilish 
3.
 
Harakatni idrok qilish 
Fazoni idrok qilish 
Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan 
o’rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonining 
shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to’g’risida, uning xususiyatlari, 
xajmi, masofasi (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida muayyan ma'lumotlar, xossalar, 
axborotlar to’plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o’zaro 
munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o’lchovda idrok 
qilinadi; narsalarning shakli: uch burchakli, to’rt burchakli, kub, kvadrat, doira, 
konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta, kichik, o’rtacha, yirik, mayda va 
boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o’ngda, chapda, 
yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko’rish, teri, muskul-harakat organlari 
bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko’z bilan yoki ikki ko’z bilan idrok qilamiz. 
Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko’zning to’r 
pardasida aks etadi. Bu nurlar ko’z gavharlarida bir-birini kesib o’tadi va ularning 
kesishgan joyida ko’rish burchagi hosil bo’ladi. Bu burchakning katta-kichikligiga 
hamda uning ko’zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog’liq. Ko’z gavharlarining va
umuman ko’zning narsalarni eng yaxshi ko’rish uchun moslashuvini 
akkomadasiya 
deyiladi.
Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o’zaro munosabatlarini ikki 
ko’z bilan binokulyar idrok qilinadi.
Biz bir narsaga ikki ko’z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning 
sababi o’sha narsadan keladigan nurlarning ko’z pardasiga mos yoki mos 
bo’lmagan nuqtalariga to’g’ri kelishidir.
Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya 
muhim ahamiyatga ega. 
Konvergensiya
- biror narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining qanshar 
tomon bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to’liq 
idrok qilishga imkon beradi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə