Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Audivizual idrok
(ing. audio - eshitmoq vision - ko’rmoq) - bir vaqtning 
o’zida ham eshitib, xam ko’rib idrok qilish.
Gallyusinasiya
(lot. - cinatio - alahlash) - real voqelikdagi narsa va 
hodisalarning analizatorlarga bevosita ta'sirisiz ongimizda turli obrazlarning 
hayoliy ravishda paydo bo’lishidan iborat psixopatologik hodisa.
Idrok 
- sezgi a'zolariga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni bevosita 
yaxlitligicha aks ettirish jarayoni.
Idrokning konstantligi
- (lot. constantis - o’zgarmas, doimiy) - idrok 
sharoiti o’zgarsada, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlarning (ularning 
shakli, rangi, hajmi) nisbatan o’zgarmasligi, turg’unlik holati.
Idrokning predmetliligi
- jamiki olamdan olingan ma'lumotlarni - 
axborotlarni ichki olam ob'ektiga kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi
- idrok xususiyatlaridan bo’lib, bu sezgi a'zolariga 
bevosita ta'sir etib turgan ob'ektlarni, ularning belgi va xususiyatlari bilan 
birgalikda qo’shib idrok qilishdan iborat.
Illyuziya 
- (lot. illusio - aldash) - borliqning noto’g’ri idrok etilishi.
Kuzatuvchanlik
- shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish 
jarayonnda narsalarni kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay 
olishida namoyon bo’ladi.
Perseptiv harakatlar
(lot. regsertio - idrok etmoq) - idrok jarayonining 
asosiy tuzilishi birligi, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan 
solishtirishdan iborat.
Perseptiv tizim
- idrokning muayyan jarayonini ta'minlovchi analizatorlar 
yig’indisi.
Predmetlilik (idrokda
) - ob'ektivlashtirish holati, unda tashqi olamdan 
olinadigan ma'lumotlar qayta va shu borliq bilan solishtiriladi va natijada idrokning 
haqiqiy buyum va narsalarni qabul qilishini ta'minlaydi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə