Sezgi sezgi


Diqqatning ko’chuvchanligi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Diqqatning ko’chuvchanligi
odamning diqqati har doim bir narsadan 
ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning 
ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning 
ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida 
aytib o’tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga 
qaratilishi, ya'ni diqqatning bo’linishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir 
narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko’chishidan iboratdir. Ana shu jihatdan 
olganda diqqatning ko’chuvchanlik xususiyati juda ko’p faoliyat va uning turlari 
uchun zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o’qib berish mashg’ulotida 
bolalar o’z diqqatlarini hikoya eshitishdan surat ko’rishga, undan so’ng yana 
eshitishga bemalol ko’chira olishlari kerak. Agar maktab o’quvchilariga nisbatan 
oladigan bo’lsak, o’quvchilar o’z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars 
predmetiga bemalol ko’chira olishlari kerak. Aks holda o’quvchilar o’tgan dars 
ta'sirida o’tirib, yangi darsning mazmunini sifatli o’zlashtira olmaydilar.
Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi narsaga, bir faoliyat turidan 
boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko’cha bermaydi. Ba'zan qiyinchiliklarga 
to’g’ri kelib qoladi. Albatta buning o’z sabablari bordir. Masalan, bunday 
sabablardan biri - diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar yoki harakatlar 
o’rtasida bog’lanish bor yoki yo’qligiga bog’liq. Agarda diqqatimiz ko’chirilishi 
lozim bo’lgan narsalar o’rtasida ma'lum jihatdan mazmuniy bog’liqlik bo’lsa, 
diqqatimiz osonlik bilan ko’chadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan 
bog’liq bo’lgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan ko’chadi. 
Shunday qilib, diqqatning ana shu yug’orida ko’rib o’tgan asosiy 
xususiyatlari odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli 
xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, 
undagi turli tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy 
xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya'ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu 
xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar o’yin, o’qish va 
mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə