Sezgi sezgi


Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar 
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning 
yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum darajada ahamiyatga ega bo’lgan ob'ektning 
ustida to’planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u 
insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi. 
I.P.Pavlovning
oliy nerv 
faoliyati haqidagi ta'limoti va 
A.A.Uxtomskiylar
tomonidan ilgari surgan 
dominantlik tamoyili va ularning zamondoshlari tadqiqotlarida diqqatning 
fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini 
yaratdi. 
Sobiq sovet psixologiyasida diqqat muammosi xorij psixologiyasiga 
nisbatan ancha murakkab mustaqil ilmiy manbalarga ega hisoblanadi va u shu 
bilan o’zaro farq qiladi. Sobiq sovet psixologiyasida diqqatga nisbatan mukammal 
qat'iy fikr vujudga kelgani yo’q, lekin uning atrofida juda ko’p tortishuvlar, 
munozaralar bo’lib o’tgan. Diqqatning psixologik tabiati to’g’risidagi 20-30 


yillarda boshlangan ilmiy bahslar, to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Ilmiy 
munozaralarning zamirida asosiy fikr diqqatning bitta ob'ektga qaratilishidir. Bu 
ilmiy model ong ob'ekt tarzida ifodalanadi. Bu g’oyani yirik psixolog 
P.P.Blonskiy
ilgari surgan va asoslagan. Uning fikricha, odamning ongi bitta 
ob'ektga qaratilgandan keyin u atrofdagi narsa va hodisalarni ko’rmaydi. 
Ko’pchilik psixologlar P.P.Blonskiyning bu fikriga qo’shilmaydilar. Jumladan, 
atoqli psixolog 
S.L.Rubinshteyn
mulohazasiga ko’ra diqqat ongga ham, 
ob'ektning xususiyatlariga ham bog’liq emas. Buning ahamiyatli tomoni 
diqqatning ob'ektga yo’naltirilishidadir. Mazkur yo’naltirishning asosiy sabablari 
sifatida shaxs, ehtiyoj,maqsad ko’rsatiladi. Demak, diqqat odamning munosabati 
orqali ifodalanadi, ya'ni diqqat - munosabatdir. Bu yerda diqqat psixik jarayon 
emas, balki shaxs xususiyatini belgilab beryapti. 
Diqqat qaralgan tashqi ifodaga ega bo’lgan ob'ektni sezish, idrok qilishdan 
iboratdir. Shu o’rinda qarama-qarshilik vujudga keladi, chunki ob'ektning 
yo’qolishi bilan diqqat ham o’z funksiyasini tugatadi. A.N.Leontev mulohazasiga 
ko’ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob'ektning paydo bo’lishi bilan diqqat ham 
namoyon bo’ladi, ob'ekt yo’q bo’lsa, demak diqqat ham bo’lmaydi, deb ta'kidlaydi. 
P.Ya.Galperin esa ob'ektning paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Ob'ekt 
yo’qolgandan keyin esa psixik qism bo’lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni 
boshlanadi. Demak, diqqat ongning bir ob'ektga yo’naltirilishi va ongli holatni 
nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir. 
Psixologiyada diqqatni "yo’naltirish" deganda, psixik faoliyatning 
tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuniladi.
20-yillarda bir qancha psixologlar diqqat muammosini ustanovka bilan 
bog’lab tushuntirishga harakat qiladilar. Buning yaqqol isboti sifatida 
K.N.Kornilov tahriri ostida 1926 yilda chop qilingan psixologiya darsligidagi bir 
mavzu "Ustanovka va diqqat" deb atalganligi bilan izohlash mumkin. Darslikda 
yozilishicha, qator ob'ektlardan bir ob'ektni ajratish diqqatning sub'ektiv 
kechinmasidir va buni ob'ektiv hodisalar bilan taqqoslash, sezgi organlarining 
ustanovkasidan, ishlash vaziyatidan iboratdir. 
Shunga o’xshash g’oya L.S.Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham 
ko’zga tashlanadi. L.S.Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo’lgan ikkita ustanovka 
turini ajratib ko’rsatadi, ular: 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə