Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

A.A.Uxtomskiy
tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham 
diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. 
Dominantlik 
tamoyiliga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron 
o’chog’i mavjud bo’ladi, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i aynan shu damda 
miyaga ta'sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir 
ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan 
uning hukmronligi yanada oshib boradi.
Nerv tizimi faoliyatining tabiati 
qo’zg’alishning hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi. 
Bu hol psixologik jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va 
ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida 
ifodalanadi.
Jiddiy diqqat, odatda o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalari bilan bog’liq 
bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash 
bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat 
uchun xos bo’lgan yuz harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. 
Diqqat turlari 


Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa, 
boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning hohishimizdan tashqari jalb 
qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida 
ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi. 

Diqqatning aktivligiga qarab
- ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi 
diqqat. 

Diqqatning ob'ektiga qarab
- tashqi va ichki diqqat. 

Diqqatning faoliyat turlariga qarab
- individual, guruhiy va jamoaviy 
diqqat 
Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko’rsatiladi. 
Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlaridan 
iboratdir.
Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks 
ettirilgan. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə