Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. Sezgiiarning uimimiy qonuniyatlari va sezgirlik Sezgining neyrofiziologik asoslari



Yüklə 32,87 Kb.
səhifə3/4
tarix23.05.2023
ölçüsü32,87 Kb.
#112453
1   2   3   4
samariddin

E=1/P

E— sezgirlikni, P— qo'zg'atuvchining ta'sir chegarasi me'yorini anglatadi.

Insondagi hid bilish bitta hujayrasining chegarasi tegishli hid tarqatuvchi moddalar uchun 8 molekuladan oshmaydi, maza yoki ta'm sezgisini hosil qilish hid sezgisini yuzaga keltirishga qaraganda 25000 marta ko'proq harakat talab qilinadi.

Insonda ko'rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi juda yuksakdir. S.I.Vavilovningfikricha, ko'zto'rpardasiga 2 — 8 kvant yorug'lik tushsa, u holda ko'rish hodisasi yuz beradi. Shu sababdan to'la qorong'ilikda yongan shamni 27 km masofadan ko'ra olish mumkin. Biroq narsa tekkanligini sezish uchun ko'rish va eshitishga qaraganda 100 — 10000 ml. marta ortiq energiya kerak bo'ladi.

Analizatorlar sezgilarning yuqori chegarasiga ham egadir. Bilinar-bilinmas qo'zg'ovchidan sezgi hosil qiluvchi minimal kuchga ega bo'lgan qo'zg'atuvchining yuksak darajasi mutlaq chegara deyiladi. Retseptorlarga ta'sir qilayotgan qo'zg'atuvchining kuchini yanada ortib borishi retsep-torlardan faqat og'riq sezgisini yuzaga keltiradi.

Mutlaq chegaraning me'yori sharoitga qarab o'zgaradi: inson faoliyatining xususiyatlariga, uning yoshiga, retseptorlarning funksional holatiga, qo'zg'atuvchining kuchi hamda davomiyligiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin.

Sezgilar o'rtasida yuzaga keladigan farqni hosil qilish ikki qo'zg'atuvchi o'rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi Veber odamning o'ng va chap qo'lidagi ikkita narsadan og'irrog'ini aniqlay olish qobiliyatini tekshirib, shunday xulosaga keladi: farq ajratish sezgirligi mutlaq xususiyatga ega bo'lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir.

Masalan, 100 g. 13, 42 gramm 1000%. 33, 3 gramm

Shunday qilib, dastlabki qo'zg'atuvchining me'yori qanchalik katta bo'lsa, demak, qo'shimcha qo'zg'atuv­chining me'yori ham shunchalik ko'p bo'lishi lozim:




  1. ko'rish analizatori uchun 1/100;


  2. eshitish analizatori uchun 1/10;


3) taktil analizatori uchun 1/30.

Mazkur qonunga binoan, asosiy qo'zg'atuvchi bilan qo'shimcha qo'zg'atuvchi o'ltasidagi farqni ajratish qonuni faqat o'rtacha kuchianishdagi qo'zg'atuvchilar uchungina to'g'ridir.

Veber tadqiqotiga asoslanib Fexner sezgilar intensivligining qo'zg'atuvchi kuchiga bog'liqligini quyidagi formula bilan ifodalab bergan:



S K IgJ C, bu yerda S— sezgi intensivligi, /-qo'zg'atuvchining kuchi, va C konstantalardir. Ushbu qonun, asosiy psixofizik qonunga muvofiq, sezgilarning intensivligi qo'zg'atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Qo'zg'atuvchining kuchi geometrik progressiya bo'yicha ortib borsa, sezgilarning intensivligi arifmetik progressiya bo'yicha ortib boradi (Veber — Fexner qonuni).

Farq ajratish sezgirligi ham farqlash chegarasining me'yorini teskari proporsionaldirki, demak, farqli ajratish sezgirligi shunchalik kichik bo'ladi.

Ajratish sezgirligi sezgirlik turlarining ayrim xususiyatlarini boshqa jihatdan tavsiflashda ham qo'llaniladi. Masalan, shakllarni, hajmlarni ko'rish vositasida idrok qilinadigan narsalarning ranglarini aks ettirish haqida mulohaza yuritish mumkin.

Psixoiogiya fanida sezgilarni o'lchashning, asosan, ikki metodi mavjud. Ulardan biri bevosita metod deb atalib, subyektiv ravishda baholashga asoslanadi. O'lchashning ikkinchi metodi esa alomatlarni obyektiv ravishda baholashga asoslangan bo'lib, sezgilarning bevosita mavjudligiga qaratilgandir.

Bevoista metod yoki qo'zg'atuvchining so'z bilan baholash metodi quyidagicha tuzilishga ega: sinaluvchiga teri, tovush, yorug'Iik ta'sir qila oladigan qo'zg'atuvchi havola qilinadi, dastawal qo'zg'atuvchi minimal jadallikka ega bo'ladi, so'ng ularning kuchi orttirib boriladi. Mazkur tadbirlardan keyin sinaluvchidan ,,u" qaysi bir sezgi qo'zg'atuvchisini dastlab sezganligi so'raladi.

Teri sezgirligini o'lchash uchun ,,esteziometr" maxsus asbobi qo'llaniladi. Eshitish sezgirligini o'lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning turli darajada intinsivligi aniqlanadi. Ba'zan kichkina temir sharni har xil balandlikdan tashlab ko'rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. Ko'rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchining ko'ziga yorug'likni turli intensivlikda yuborish orqali (goho qorong'ilikda), quyidan yuqoriga yorug'lik birligi — luks orttirib boriladi. Ta'm va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o'lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo'llaniladi.

Bevosita metod tashqi alomatlarga asoslanib ish yuri-tishni taqozo etadi. Sobiq Ittifoq psixologlari va psixo-fiziologlari G.V.Gershuni, E.N.Sokolov, O.S.Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida uzoq yillar ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Ma'lumki, sezgilar hech mahal sust bilish jarayoni bo'lmagan. Ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish jarayonlarida o'zgarib bor-ganligi uchun o'z tabiati bilan reflektor jarayoni hi-soblanadi. Sczgilardagi reflektor b'zgarishlar ularning obyektiv ravishda yuz berayotganligining ko'rsatkichi deyiladi. Masalan, sezgilarni hosil qiluvchi har qanday qo'zg'atuvchi reflektor jarayonlarini ham vujudga keltirishga qodir. Masalan, bunday qon tomirlarining torayishi, teri galvanik refleks, ya'ni teri elektr qarshiligining kamayishi, miyaning elektr faolligi chastotasining (alfa, ritma, depres-siya holatining) o'zgarishi qo'zg'atuvchiga qarab ko'zning yo'nalishi, bo'yin muskullarining taranglashuvi va boshqalar yuz beradi. Bu narsalarning barchasi sezgilar­ning paydo bo'lishini obyektiv ko'rsatkichi hisoblanadi.

Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchi subyektga kuchsiz qo'zg'atuvchi bilan ta'sir etilsa, u holda subycktda hech qanday sezgi hosil bo'lmaydi. Sanab o'tilgan reflektorlarda ham o'zgarish yuz bermaydi.

Qon tomir yoki elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo'zg'atuvchi ta'sirida ham aniq namoyon bo'lishi mumkin, ammo sezish jarayoni esa amalga oshmaydi. Bu holatni elektroensefagrafik reaksiyalar tasdiqlaydi. Tovush qo'zg'atuvchi to'g'risida G.V.Gershuni inson subsensor

diapazonga ega degan ilmiy g'oyani olg'a suradi. Bu narsa anglashilmagan fiziologik reaksiyalarga, ya'ni sezib bo'l-mas qo'zg'atuvchilarga asoslanadi.

Sezgilarning o'zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o'z ifodasini topadi. Adaptatsiya (lotincha -adapto moslanmoq) demak, bu sezgi a'zolarining taassurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o'zgarishidir. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin. Kuchli ta'sirdan kuchsiz ta'sirotga o'tganda, sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta'sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko'ruv, eshituv, hid bilish, teri-tuyush va hokazo).

Odatda, genetik nuqtayi nazardan adaptatsiya uch xil xususiyatli manba ta'sirida vujudga keladi



1. Qo'zg'atuvchilarning davomli ta'siri jarayonida sezgilar tola yo'qolishi mumkin. Masalan, ta'sir qilib turadigan qo'zg'atuvchi doimiy ta'sir o'tkazaversa, bunday holda sezgi so'nib qoladi. Masalan, teriga biror narsa doimiy
tegib tursa, bora-bora u narsa sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga kirib qolib, uzoq turib qolsak, birozdan so'ng bu hidni batamom sezmay qolamiz. Og'izda biron narsani ko'proq ushlab tursak, ta'm sezgisining intensivligi bo'shashadi.



Yüklə 32,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə