Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 70610701- sunʼiy



Yüklə 14,95 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü14,95 Kb.
#118361
Taqriz 1


Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 70610701-“Sunʼiy
intellekt “ mutaxassisligi magistranti Аbduqodirov Nuriddin Faxriddin o’g’lining “Intellektual “Savol-Javob” informatsion tizimlarning algoritmi va dasturiy vositasini yaratish “ nomli magistrlik dissertatsiya ishi

TAQRIZI
Insonning kompyuter bilan dialogi (muloqoti) yoki unda axborot qidirish jarayoni intellektual tizimlar yordamida tashkillashtiriladi. Intellektual tizimga murojaat matn yoki nutq orqali amalga oshirilishi uning murojaatlarga bo’ladigan javoblari ham matn yoki nutq ko’rinishida bo’lishi mumkin. Shu sababli nutqlarni taniydigan va uni qayta ishlab intellektual javoblar qaytaradigan “savol-javob” tizimlarini yaratish muammolarini tadqiq etish bugungi kunning eng aktual masalaridan biridir.


SamDU magistranti Аbduqodirov N. ana shunday muammolar va ularning yechimlari ustida tadqiqotlar olib borgan, matnli, nutqli savol (murojaat)larga intellektual javoblar tashkil etuvchi dasturiy vosita algoritmi, uni yaratish texnologiyasini ishlab chiqgan. Tadqiqotlar natijalari, yaratilgan dasturiy vosita magistrlik dissertatsiya ishi ko’rinishida shakllantirilgan.
Magistrlak dissertatsiya ishi 3 bobdan iborat b’lib uning 3- bobida tadqiqotlar natijasi bo’lgan dasturiy vositaning bayoni, ishlab chiqish algoritmlari keltirilgan. O’tkazilgan tadqiqotlar, yaratilgan dasturiy vositalar va ular natijasida hosil qilingan xulosalar magistrlik disertatsiya ishining tugallangan ilmiy tadqiqot ishi ekanligini bildiradi.
Magistrlik dissertatsiya ishi sodda o’zbek tilida (ayrim stilistik xatolarni hisobga olmaganda) shakllantirilgan.
70610701 – “Sun’iy intellekt” mutaxassisligi magistranti Abduqodirov Nuriddin Faxriddin o‘g‘lining “Intellektual «Savol-Javob» informatsion tizimlarning algoritmi va dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi magistirlik dissertatsiya ishi shu toifadagi ishlarga qo’yilgan barcha talablarga to’la javob beradi. Uning muallifi esa akademik magistr darajasiga loyiqdir.
TАTU SamFil. dotsenti, t.f.n. B.B. Babajanov
Yüklə 14,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə