Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

«ko‘r qoida»
dir. 
Biroq fiskal omillar diskreditatsiyasida eng muhim rolni monetaristlar 
ilgari surgan davlat xarajatlarini moliyalashtirish jarayonida xususiy 
investitsiyalarni siqib chiqarish samarasi o‘ynaydi.
Siqib chiqarish samarasi 
qanday amal qiladi? Soliq stavkalarini 
oshirshida bevosita xarid kuchini aholidan olib qo‘yish ro‘y beradi. 
Agar bu mablag‘lar qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan joylashtirilmasa, 
umumiy talab qisqaradi. Defitsitni qoplash uchun zayomlarni joylash- 
tirishga keladigan bo'lsak, pul bozorida ssuda fondlari cheklangan 
sharoitlarda bu foiz me’yorining keskin o‘sishiga olib keladi, bu esa 
yana xo‘jalik faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Awalo foizning o‘sishi 
xususiy kompaniyalarni tashqi manbalardan moliyalashtirishni qiyinlash- 
tiradi, chunki qimmatli qog‘ozlar kurs qiymati foiz stavkalari balandligiga 
teskari nisbatda o ‘zgaradi. Boshqa salbiy holatlar ham vujudga keladi, 
masalan, mablag‘larning davlat obligatsiyalari bozoriga kuchli oqimi 
iste’mol xarajatlarining qisqarishiga olib kelishi muqarrar. Faqat 
markaziy bank tomonidan kuchaytirilgan pul emissiyasigina kapital 
bozoriga davlat moliyalashtirishi ta’sirini neytrallashi va foiz darajasini 
pasaytirishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, «sof» fiskal siyosatning 
o‘zi neytral. U yaratuvchi ikki qarama-qarshi samara bir-birini so‘n- 
dirishi mumkin.
Keynschilar iqtisodiy siyosatda awalo manevr qilish san’atini, davlat 
nazorati organlarining xo'jalik rivojlanishi bo‘lajak tendensiyalarini 
oldindan to‘g‘ri aytib berish qobiliyatini ko‘radilar. Davlat siyosatining
127


asosiy maqsadi mehnat resurslari bandllk darajasining yuqori bo'lishiga 
erishish va ishlab chiqarishning maksimal sur’atini ta’minlashdan iborat. 
Monetaristlar uchun birlamchi vazifa — narx barqarorligini, pul birligi 
barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Ishchi kuchi bozoridagi holat va 
chiqarilayotgan mahsulot hajmi ularning modellarida sutrkutura omillari 
harakati bilan belgilanadi va ularni iqtisodiy siyosat chora-tadbirlari 
bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shu sababli ular «aktivizm» va har qanday 
kuch bilan konyunkturaning davriy tebranishlarini bartaraf qilishga 
intilishga qarshi chiqadilar.
Bu umumiy qoidalardan turli tartibga soluvchi chora-tadbirlar sxe- 
malari kelib chiqadi. Keynsning sxemalarida 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə