Sh. Sh. Shodmonov


(ky ifodasi bilan  belgilanadi, bunda  у



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

(ky
ifodasi bilan 
belgilanadi, bunda 
у
— mamlakat YAMM darajasi, 
к
— daromadlar 
aylanmasiga pul muomalasi tezligiga teskari ko'rsatkich).
125


3) 
pul zaxirasining o‘sishi dunyo narx darajasiga ko‘rsatuvchi ta’sir 
pullarning milliy kelib chiqishiga bog‘liq emas.
Model milliy pullami yagona dunyo «pul»iga summalash tamoyiUari 
va «umumiy narx qonuni» asoslanuvchi dunyo narxlarining mukammal 
elastikligiga asoslanadi. U turli mamlakatlar narx darajasi dinamikasida bir 
xillikni namoyish etishi ko‘zda tutilgan. Jahon bozorlari yuqori 
integratsiyalangan ekanligi sababli yaqin substitutlar bo'lgan barcha tovarlar 
va aktivlar bozorlarida bitta narx ustunlik qilishi lozim. Biroq bunday bir- 
birini almashtirish faqat ayrim o‘xshash xomashyo tovarlari bozorlarida 
kuzatiladi. U boshqa bozorlarda, ayniqsa, yuqori texnologiyali tovarlar, 
moliyaviy aktivlar va qimmatli qog'ozlar bozorida kuzatilmaydi.
«Xalqaro monetarizm»ning asosiy zaifligi ayrim qoida va asoslarning 
omonatligida emas, balki pul tashqi iqtisodiy o‘zgarishlarni belgilab 
beruvchi omil degan asosiy tezisdadir. To'lov balansi taqchilligi yoki 
musbat saldosi bu — pul bozorini to‘g‘irlash bosqichi emas, balki turli 
mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarida siklik yoki struktura muvoza- 
natsizligi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
8.3. Pul qoidasi va pul-kredit siyosati
Keynschilar va monetaristlar o'rtasidagi asosiy farq shundaki, ular 
davlatning xo‘jalik hayotidagi rolini turlicha ko‘radilar. Keynschilar 
iqtisodiyot raqobatli kuchlar stixiyali harakati bilan bartaraf qilinishi 
mumkin bo‘lgan stagnatsiyaga surunkali tendensiyaga egaligidan kelib 
chiqadilar. Shuning uchun iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun faol 
hukumat siyosati talab qilinadi.
Monetaristlar zamonaviy davlat o‘z zimmasiga olayotgan iqtisodiy 
va ijtimoiy funksiyalarga keskin salbiy munosabat bildiradilar. Ular 
uchun bu iqtisodiy beqarorlikning asosiy sababidir. Ular ayniqsa, 
daromadni tenglashtirish va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi katta farqni 
yo‘qotishga intiluvchi «umum farovonlik davlati» (welfare state) g'oyasini 
qabul qila olmaydilar. Monetaristlar «kollektivizm» tendensiyasini rad 
etib, raqobatli, monopoliyagacha kapitalizm yutuqlarining ifodasi 
sifatida «bozor vositasida individuumlarning ko‘ngilli kooperatsiyasi»ni 
unga qarshi qo‘yadilar. Fridmanning ta’kidlashicha, aynan shunday 
tizim jamiyatning har bir a’zosiga «shaxsiy erkinUk»ni kafolatlaydi.
Monetaristlar va keynschilar o‘rtasida davlatning xo‘jalik hayotidagi 
roli masalasi 
bo'yicha fikrlar qarama-qarshiligi yakuniy hisobda hukumat 
organlari 
tomonidan konyunkturaga — pul-kredit siyosati va fiskal
126


siyosatga ta’sir etish uchun foydalaniladigan makroiqtisodiy nazoratning 
ikki asosiy vositasini bir-biriga qarshi qo'yishda namoyon bo'ladi. 
Markaziy bankning pul massasi hajmiga ta’siri bilan bog‘liq birinchi 
siyosat turi monetaristlar tomonidan eng samarali va tovar-pul munosa­
batlari tizimiga organik kiradigan siyosat sifatida baholanadi. Soliq 
stavkalarini o'zgartirish va davlat qarzlarini boshqarish bilan ifodalanuv- 
chi ikkinchi siyosat esa ular tomonidan hukumat apparatining o‘zboshim- 
chaligi bilan bog‘lanadi va xo'jalik rivojlanishi uchun samaradorligi 
past sifatida baholanadi. Xo‘jalik mexanizmining aniq sozlash mumkin 
emasligini Fridman monetar va fiskal tadbirlar samarasining namoyon 
boiishida uzoq va tebranuvchan vaqt farqining mavjudligi bilan 
asoslaydi. Hukumatning xo‘jalik sohasidagi noqulay holatlarga (iflatsiya, 
pasayish, ishsizlik) doimiy qarshilik ko‘rsatishga harakatlari xo‘jaliklarning 
o‘zini-o‘zi korrektirovkalashini qiyinlashtirib, ularga yolg‘on signallar 
beradi xolos. Shuning uchun rivojlanish barqarorligini ta’minlashning 
eng yaxshi yo‘li — joriy konyunkturaga bog‘liq boimagan 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə