Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

tashqi —
mamlakatning markazlashgan oltin-valuta zaxiralari 
o‘zgarishi bilan bogiiq emissiya.
123


Agar pul massasini — 
M
s, ichki depozit emissiyasini — 
D
va valuta 
zaxiralari bilan ta’minlangan emissiyani — 
R
belgilasak, unda:
H^-D+R,
 
yoki 
R=MS—D.
(1)
Ko‘rsatilgan nisbatni o‘sish sur’atida aks ettirish mumkin:
dR 
dM s 
dD
dt 
dt 
d t '
U
dR /dt
— pul zaxirasining o‘zgarish sur’ati va ichki kredit emissiyasi 
sur’ati o‘rtasidagi farqqa teng bo'lgan to‘lov balansining saldosi ekanligi 
sababli monetaristlarning fikricha to‘lov balansi pul bilan bog‘liq holatni 
ifodalashi yaqqol ko'zga tashlanib qoladi.
Monetaristlarning to‘lov balansi haqidagi markaziy tezisi — pul 
muomalasi jarayonlarining tashqi iqtisodiy operatsiyalar yakuniy saldosi 
bilan aloqasi haqidagi qoidadir. Pozitsiyaning mohiyati shundaki, pul 
bozoridan to‘lov balansiga boradigan impulslar asosiy sifatida ko‘rib 
chiqiladi. Ochiq iqtisodiyotda pul bozori muvozanatining ta’minlaydigan 
mexanizm yangi jihatlarga ega bo'ladi.
Monetaristik adabiyotlarda «kichik» va «katta» mamlakat modellari 
foydalaniladi. Valuta kurslari qat’iy belgilab qo'yilgan hollarda kichik 
mamlakat iqtisodiy mustaqilligini yo'qotadi. U na o‘zining pul massasini, 
na narxni va na foiz stavkalarini nazorat qila olmay qoladi. Agar (1) 
tenglamaga murojaat qilib, A/5pulga talabni 
pul taklifiga almashtirsak
— muvozanat sharoitlarida bu ko‘rsatkichlar teng, unda:
R=M d~D.
(3)
Bunda mamlakat oltin-valuta zaxiralari summasi 
R
bilan pulga 
talab va ichki kredit emissiyasi (pul taklifi) mos kelmaslik darajasi 
o'rtasidagi asosiy funksional bog‘liqlik aks ettirilgan. Agar, aytaylik, 
pul massasining ichki tarkibiy qismi 
D
talabni qondirish uchun yetarli 
bo‘lmasa yoki aksincha undan katta bo'lsa, pul sohasini muvozanatga 
keltiradigan va shu bilan bir paytda to‘lov balansini to‘g‘irlaydigan 
tashqi kanal ishga tushadi.
Xususan, ichki aylanmada pul yetishmagan holatlarda mamlakat 
rezidentlari tashqi bozorda tovar va qimmatli qog‘ozlarni sotishni 
kengaytiradilar. To‘lov balansi yaxshilanib, mamlakatning valuta zaxi­
ralari o‘sadi. Mos ravishda pul massasining tashqi tarkibiy qismi va 
butun pul massasi o‘sadi. Pul bozoridagi disproportsiyani yo‘q qilish 
bilan bir paytda to ‘lov balansi ham muvozanatga/keladi. Teskari
124


vaziyatda, agar ichki kredit emissiyasi kassa qoldiqlariga talabdan ortiq 
bo‘Isa, rezidentlar bunga tovar va qimmatli qog‘ozlami xorijdan xarid 
qilish bilan javob beradilar. To‘lov balansi yaxshilanadi, valuta zaxiralari 
qisqaradi. Natijada pul massasi tashqi komponent hisobiga qisqaradi 
va bu to‘lov balansini tenglashtirishga xizmat qiladi.
Bunday mexanizm ishining muhim sharti qat’iy belgilangan kurslar 
tizimining mavjudligi bo‘lib, bunda tashqi sohadagi disproportsiyalami 
to ‘g‘irlash valuta kursining o‘zgarishi hisobiga emas, balki valuta 
zaxiralarini bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkazish hisobiga ro‘y beradi. 
Bunday vaziyatning oqibatlaridan biri pul muomalasi ustidan nazoratni 
yo‘qotish va mamlakatning narx o'sishi sur’atini cheklay olmasligi 
bo‘ladi. Pul hukumatlari harakat erkinligiga ega bo‘lishi uchun model 
shartlariga ko‘ra yoki «kichik mamlakat* shartlaridan voz kechish, yoki 
o‘zgaruvchan kurslar tizimiga o‘tish zarur.
Dunyo ishlab chiqarishining katta qismi to‘g‘ri keluvchi zaxira 
valutasiga ega «yirik mamlakat» modelidu iqtisodiyot jahon konyunk- 
turasi kaprizlaridan himoyalangan boMadi. Brcttonvud bitimlarini bekor 
qilgunga qadar AQSH bunday mamlakat roliga da’vogarlik qilishi mumkin 
edi. AQSH dollari kapitalistik dunyo mamlakatlari uchun zaxira valutasi 
funksiyasini bajarishi muhim ahamiyat kasb ctadi. Shu tufayli AQSH 
ko‘p yillar davomida o‘z oltin zaxirasini to'Iiq tugatmasdan, chet el 
oldida qarzlarni to‘plab, to'lov balansi dcfitsitini qoplab keldi. FZT 
pul massasini tartibga solish qobiliyatini saqlaydi va mos ravishda ichki 
monetarizm qonunlari amalga kiradi. Hamkor mamlakatlarning hara- 
katlar erkinligi esa to'liq to‘xtab qoladi. 0 ‘z valutasining dollarga 
nisbatan kursini qo‘llab-quwatlashga majbur bo'lgan holda ular AQSH 
ortidan ergashib, uning ichki emissiyasidagi barcha tebranishlarga javob 
qaytarganlar.
Butunjahon inflatsiyasi nazariyasi «xalqaro monetarizm» yo‘nalishi 
hisoblanadi. Ayniqsa, unga globalchilar katta e’tibor qaratadilar, ular 
pul muvozanatini dunyo tizimida ko‘rib chiqadilar.
Jahon inflatsiyasining pul tabiati haqidagi g'oyalar R. Mandell, 
A. Laffer, A. Svobodaning ishlarida rivoj topdi. Bulardan keyingisi 
jahon inflatsiya nazariyasining quyidagi asosiy qoidalarini ifodaladi:
1) dunyo narx darajasini dunyo pul zaxiralari belgilab beradi;
2) dunyo pul zaxiralarining mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi 
mamlakatlarning «samarali hajmi»ga bog‘liq bo‘ladi 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə