Sh. Sh. Shodmonov


Keyingi q o ‘shilgan m iqdor nafliligi nazariyasining



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Keyingi q o ‘shilgan m iqdor nafliligi nazariyasining
asoschilari bo‘lib, 
avstriya maktabi vakillari K. Menger (1840—1921), F. Vizer (1851 — 
1926), E. Bem-Baverk (1851—1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur 
nazariyaga ko'ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va m a’naviy 
ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy 
mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka 
ega bo'lishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga 
ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat 
sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, 
faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomla- 
nadigan tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat 
nazariyasining bir-biriga to ‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini 
yoki nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli 
ko'rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o'zaro 
taqqoslash mumkin emas. Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini 
ajratib ko'rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik,
29


ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) 
aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv narxini 
bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur ne’matning 
mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o'rmonda yashovchi 
chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo'lgan 
psixologik xayol orqali tasvirlab ko'rsatadilar. Bu qoplardagi donning 
nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don 
eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish 
uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi — ovqatlanishni yaxshilash uchun
uchinchisi — uy parrandalarini boqish, to'rtinchisi — pivo tayyorlash, 
beshinchisi — cholning o ‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, 
ko‘ngilxushlik qilishi uchun.
Bundan ko‘rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar 
ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo‘lsa u 
faqatgina ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, 
to ‘rtinchi qopdagi donning yo‘q bo'lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa 
parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan 
taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u 
ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.
Shu o ‘rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, 
ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, 
degan savol tug‘iladi. Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi 
yo‘q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi 
donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so‘nggi 
qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi 
birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo'nalishni boshlab bergan kishi 
mashhur ingliz iqtisodchisi A. Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiy­
matini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo‘shilgan naflilik naza­
riyasi ham yetarli asosga ega emas, deb hisoblagan A. Marshall bir 
nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li bilan aniqlik kiritishga harakat 
qildi. Qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini u 
qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko‘rdi. A. Marshall keyingi 
qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda 
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi.
A. Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda 
qo'shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish 
(umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning
30


qiymat va narxnirig bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga 
urinishdan chekinish xususan A. Marshall ishlari bilan bog'liq. Neoklassik- 
larning qoidalari qiymatning yagona manbayi, narxning yagona asosi 
va bozor xo‘jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbayi topilishi 
Zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik 
iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, maijinalistlarda 
qo'shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A. Marshall naza- 
riyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va 
ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor 
kuchlari o‘zaro ta ’siri orqali aniqlanadi.
A. Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo'shilgan 
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday 
qilib, A. Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni 
sintez qilishga o'tildi.
Lekin A. Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza olmadi. U 
ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni 
ekanligini aniq ko‘ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o ‘miga 
qo'shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘miga ishlab chiqarish 
xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to ‘liq 
hisobga olinmadi. Um uman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab 
tortishuvga sabab bo‘lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning 
ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo'ladigan tovarning ikki xil 
xususiyatiga ega bo‘lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari 
tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e ’tibomi qaratgan bo‘lsa, 
maijinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko‘proq 
tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtayi nazaridan tahlil qilgan 
bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtayi-nazaridan 
qaraydilar. Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda 
uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‘qnashgan 
tugunga e’tibor qaratish zarur.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə