Sh. Sh. Shodmonov


Milliy valuta va uni barqarorlashtirlsh



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

9.2. Milliy valuta va uni barqarorlashtirlsh
muammolari
Milliy valutani kiritish. 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqti­
sodiy islohotlar strategiyasida milliy valuta yuritilishi va muomalasi 
muammolarini hal qilishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. «Milliy valuta, 
deydi, I. Karimov, bu milliy g‘urur, davlat mustaqilligi ramzi, davlat 
suveren davlat atributidir» ( 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqur- 
lashtirish yo‘lida. Т.: « 0 ‘zbekiston» 1995,199-bet.). Bu hodisaga respub- 
lika uzoq va jiddiy tayyorlandi. Shuning uchun ham davlat rahbariyati 
rubl zonasidan jadal chiqish masalasini o‘rtaga tashlamadi. Faqatgina 
1994-yilda vaziyat shu tarzda o‘zgardiki, shunday qaror qabul qilishga 
undadi:
1. Sobiq sovet tarzidagi pulning tez qadrsizlanishi qo'shni davlatlar 
tomonidan milliy iste’mol bozoriga kuchli ta’sir o'tkaza boshladi, iqtisodiy 
islohotlaming qiyin ilk bosqichlarida republika aholisini ijtimoiy himoyalash 
tizimini kuchsizlantirdi. Kupon tizimini kiritishga majbur bo‘lindi.
2. Tezda qadrsizlanishi ehtimoli bo'lgan yangi rus rublini sotib olish, 
unga oltin valutasi zaxiralarini sarflash mumkin emasdi. Bunday sharoitda 
milliy valutaga o‘tish zarurati yuzaga keldi.
1994-yil 1-yanvardan pul muomalasi o‘tish valutasi — vaqtinchalik 
to‘lov vositasi — so‘m-kuponlarga asoslandi, iyuldan esa 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining muomalaga milliy valuta so‘mni kiritish
135


haqidagi farmoni chiqdi. Bunda so‘m-kuponlar 1994-yil 1-avgustgacha 
muomalada bo‘ldi va har qanday cheklovlarsiz 1000:1 ga muvofiq 
ravishda yangi so‘mga almashtirildi. So‘m-kuponlar muomala uchun 
zarur bo‘lgan pul massasini aniqlash, shuningdek, hududiy tarzda, milliy 
valutaga o‘tish mexanizmni ishlab chiqishga yordam berdi. So‘m 
0 ‘zbekistonning barcha hududlarida qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan 
yagona valutaga aylandi.
So‘m naqd pul muomalasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Banki banknotasi ko‘rinishida 1, 3, 5, 10, 25, 50,100 so‘m va 1, 3, 5, 
10, 25, 50 tiyin metall tangalar qiymatida chiqarila boshladi. 1996- 
yilga kelib inflatsion jarayonlartufayli amaliyotda muomalada faqatgina 
50 va 100 so‘mliklar qoldi. Bundan tashqari, 1997-yilda 200 so‘mlik,
1999-yilda 500 so'mlik, 2001-yilda 1000 so‘mlik kupyuralar chiqarildi.
Bundan tashqari, zamonaviy pullar pul metali bilan bog‘liq emas 
ekan, so‘mda oltin tarkibi o‘rnatilmagan va milliy valutaning xorijiy pul 
birliklariga bo‘lgan rasmiy kursi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 
( 0 ‘zR MB) tomonidan aniqlanadi va har haftada ommaviy bosmalarda 
chop etiladi. Banknot va tangalar 0 ‘zR MB tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi bilan shaxsiy, mustaqil, 
moliyaviy va pul-kredit, umuman olganda, barcha iqtisodiy siyosatni 
amalga oshirishning real mexanizmi yuzaga keldi va u iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish, korxona va tarmoqlaming moliyaviy holatini musmah- 
kamlash, aholini ijtimoiy himoyalashning va respublika iste’mol bozo- 
rining muhim omiliga aylandi. Shuning uchun ham 1994-yildagi pul 
islohotlarini ijobiy natija bergan holat sifatida baholash mumkin. Bundan 
tashqari, u inflatsion jarayonlar yuzaga kelishga xizmat qilishi mumkin 
emas, chunki, uning asosiy sabablariga daxldor emas.
0 ‘zbekiston Respublikasida inqirozning yuzaga kelishi xususiyatlari 
ishlab chiqarishning o‘zida inqiroz moliyaviy inqiroz qo‘yish va ularni 
butun iqtisodiy tizim inqiroz bilan qo'shishdir, bu esa rejali markaziy 
tizimdan bozor tizimiga o'tishning zaruriy shartidir. Bularning barchasi 
makroiqtisodiy destabilizatsiyaning uzoq, murakkab xarakterini oldindan 
aniqlab beradi. Shulardan kelib chiqqan holda 0 ‘zbekiston Respub- 
likasining makroiqtisodiy siyosati o‘rnatiladi.
0 ‘zbekiston rahbariyati qat’iy monitar siyosat olib borish masalasini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yishi mumkin emasdi va unday qilmadi ham, buning 
sababi birinchidan, awalo uning yuritilishi uchun bozor instrumentlari 
yaratilmagan edi, ikkinchidan, bu qo‘shimcha ijtimoiy sarflar («shoklar») 
ga olib kelishi mumkin edi, uchinchidan, ochiq inflatsiyaning bo‘g‘iq
136


inflatsiyaga aylanishiga sabab bo'lardi. Shuning uchun ham ishlab 
chiqilgan barqaror dastur chuqur tuzilmaviy o'zgarishlarni amalga oshi­
rish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini qo'llab-quwatlash, kichik 
va o‘rta biznesni rivojlantirish, ishlab chiqarish doirasida krizis holatidan 
chiqish, iqtisodiyotda yaxlit moliyaviy sog‘lomlikga erishish zaruratlarni 
hisobga olgan holda barqarorlashgan, egiluvchan monitar siyosatni 
yuritishni nazarda tutdi. Shuning uchun talab qat’iy qamrovining salbiy 
oqibatlaridan — to‘lovsizlik krizisi, inflatsion faoliyatning qotib qolishi, 
qisqa muddatda ishlab chiqarishning juda tushib ketishi, ishsizlikning 
o‘sishi, aholi real ehtiyojining pasayishi, ijtimoiy va siyosiy beqaror- 
liklardan chiqib ketishga erishildi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə