Sh. Sh. Shodmonov


qayta taqsimlash vazifasini



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

qayta taqsimlash vazifasini
bajaradi. Uning yordamida 
korxonalar, davlat va aholining bo'sh pul mablag'lari ssuda fondi shak- 
lida to'planib, kcyin bu mablagMar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot 
tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta ’minlashga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to ‘lov vositalarini (veksel, 
chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni 
xo‘jalik amaliyotiga
jo riy etish vazifasini
bajaradi.
Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni rivojlantirish 
va pul muomalasini jadallashtirish bilan 
muomala xarajatlarini tejash
vazifasini
bajaradi.
To'rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni 
undirish) orqali 
iqtisodiy o ‘sishni rag‘batlantirish vazifasini
bajaradi.
Beshinchidan, kredit o ‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar 
faoliyati ustidan 
nazorat qilish vazifasini
bajaradi.
Nihoyat, kreditning o ‘ziga xos vazifasi 
iqtisodiyotni tartibga solish
hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat 
tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. 
Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va tovar shakl- 
laridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida 
pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va 
xalqaro kredit shakllarini oladi.
Bank krediti — kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. 
U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz 
oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) pul ssudalari 
shaklida beriladi.
Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo‘yicha 
cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muoma- 
lasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xizmat qiladi.
/
104



Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə