Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Sirtqi ta'lim fakultetiti Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi


II.2. Zamonaviy darslarning an’anaviy darslardan afzalligi va farqi



Yüklə 230,39 Kb.
səhifə8/12
tarix29.11.2023
ölçüsü230,39 Kb.
#140833
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 5375427801765652182

II.2. Zamonaviy darslarning an’anaviy darslardan afzalligi va farqi . Ma’lumki, «Ona tili» darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Ona tili» darslarining o‘rni beqiyosdir.
An’anaviy o‘qitish texnologiyasi asosan “o‘qituvchi-o‘quvchi” tarzida umumiy xarakterda bo‘lib, unda o‘quvchi ta’lim jarayonining ob’ekti, ya’ni nofaol shaxs sifatida qaraladi. Pedagogik texnologiyada “o‘qituvchi-ta’lim-o‘quvchi” tizimiga asoslanadi va unda o‘quvchi sub’ektga ya’ni, ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Bunda o‘quvchiga o‘zi izlanishga, o‘zi mushohada yuritishga sharoit yaratuvchi tashkilotchiga va uni nazorat etuvchi boshqaruvchiga aylanadi.
Dars o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida o‘quvchi tomonidan yangi bilimlarni o‘zlashtirish, uning shaxs sifatida kamol topish, tarbiyalanish rivojlanishni ta’minlovchi ta’limni amalga oshirishning asosi hisoblangan pedagogik jarayon modeli.
Darsning model sifatida ifodalanishi real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirib, soddalashtrib ko‘chirilgan shaklidir.
Dars o‘tish qulay va jonli bo‘lishi uchun turli ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqamiz. Ulardan o‘z vaqtida va o‘rnida foydalanishga harakat qilamiz. Murakkab mavzuni o‘quvchilar ongiga osongina etkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzak», «Interfaol», «Uyin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanamiz. Darslarda o‘zimiz o‘rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli foydalanamiz. Ta’lim har doim takomil va yangilanishga mushtoqdir. SHuning uchun, iloji boricha, ta’limning yangi usullari ustida izlanishimiz talab etiladi. CHunki o‘quvchilarga ham bir xil qolipdagi darslar yoqmaydi, ularni zeriktiradi. Natijada o‘quvchi darsni yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Har bir usuldagi darslar ikki-uch marta o‘tilganda o‘zini oqlaydi. Me’yoridan oshmasligi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi uchun usullarning turlicha bo‘lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Dars jarayonlarida notiqlik, suhbat, hikoya, mustaqil ish, yozma ish, zamon bilan bog‘lash, mustaqil fikrga tayanish shakllariga katta e’tibor berishimiz lozim. Har bir o‘tilayotgan darsga o‘quvchilar tomonidan berilayotgan baho biz uchun qadrlidir.
Zamonaviy darslarning asosiy yo‘nalishlari:
a) o‘quvchilarga mustaqil fikr yuritishni o‘rgatish;
b) o‘quvchi fikrini bir nuqtaga jamlash;
v) o‘quvchilarda fan asoslari, yutuqlari to‘g‘risida aniq tushuncha hosil qilish;
g) olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va boshqalarga o‘rgatish va hokazo.
SHu maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni bajarish tavsiya etiladi:
- o‘qituvchilarga kerakli metodik yordam ko‘rsatish:
- turkum fanlar bo‘yicha uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferentsiya hamda seminarlar tashkil etish.
- darslarni kuzatish va ularda IPT elementlarini qo‘llash darajasini oshirish;
- ilg‘or ijodkor o‘qituvchilar tajribasini o‘rganish va ommalashtirish.
Dars jarayonida umumiy yoki mavhum tushunchalar o‘rniga aniq ilmiy asoslangan ma’lumotlar berish va boshqalar. Bugungi taraqqiyot har bir o‘qituvchidan o‘ziga xos ijodkorlikni, malaka va tajribani taqozo etmoqda. Bu, o‘z navbatida, ona tili fani o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. XXI asr muallimi yuksak taraqqiy etib borayotgan bugungi fan-texnika yutuqlariga har doim hozirjavob bo‘lishi, ulardan o‘z darslarida samarali foydalana olishi kerak bo‘lmoqda. Darslarda qo‘llanadigan interaktiv usullar o‘quvchilarda o‘z ona tili va yurtiga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish, ularni mukammal savodxonlik darajasiga ko‘tarish, mantiqiy aniq va to‘liq nutq sohibi bo‘lishiga erishish kabi muhim vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. Ona tili darslarida o‘tiladigan mavzuga oid materiallarni topish, ularni bajarishda o‘yin usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, o‘quvchilar ikkiga bo‘linib gap tuzadilar. O‘yin sharti shundaki, birinchi gap qaysi harf bilan tugasa, ikkinchi gap shu harf bilan boshlanishi kerak. Gaplar ma’lum bir mavzugaoid bo‘lib, natijada matn tuziladi. Masalan: «Odam odamsiz yashay olmaydi. Inson o‘zining xushtabiati, shirin muomalasi bilan odamlar qalbidan joy oladi», kabi. Maktabdaadabiy kechalar o‘tkazish ham o‘zigaxos samara beruvchi usullardandir. O‘quvchilar bunday tadbirlarda she’rlardan namunalar yodlaydilar, timsollarga bo‘linib, asarlardan parchalar ko‘rsatadilar, sahnada o‘zlari ijroetadilar. Bunda o‘quvchi yodlagan har bir jihat uning ongida bir umr muhrlanib qoladi, uning yodidan chiqmaydi.

Yüklə 230,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə