30
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti San’atshunoslik
kafedrasi Amaliy san’at yo’nalishi 4-kurs 419-guruh talabasi Norqobilova
Madinaning naqqoshlik fanidan “Naqqoshlik maktablari va ularning tarixi”
mavzusidagi kurs ishiga
Taqriz
Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq
olish bilan bir qatorda ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini,
tilaklarini
kuylaganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini juda chuqur va har taraflama
o‘rganib, uylarni ajoyib naqshnigorlar bilan boyitganlar. Naqshlangan uyda kishilar
xotirjam, ruhiy osoyishtalik og‘ushida bo‘lishi, uzoq umr ko‘rishini donishmand
bobolar asrlar davomida hayotiy tajribalar asosida ilg‘aganlar. Keksa
ustalarimizning
aytishlaricha, qadimda naqqoshlik san’ati shunchalik rivojlangan
ekanki, ular chizgan yoki bo‘yagan naqshlari orqali bir-birlari bilan unsiz ovozda
gaplasha olar ekanlar.
Rang-barang, o‘simliksimon, geometrik naqshlar, ularning
o‘zaro joylashishida chuqur mazmun singdirilgan. Tasvirlangan naqshlarda
ramziylik ustivordir.
Norqobilova Madinaning naqqoshlik fanidan “Naqqoshlik maktablari va
ularning tarixi” mavzusidagi kurs
ishi rejaga asosan bajarilgan, u II bob, 7
paragrafdan iborat bo’lib, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ilovalardan tashkil
topgan. Kurs ishining I-bobi
“
O‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati tarixi
“
deb nomlangan
bo’lib, unda: Qadimgi O‘rta Osiyoda naqqoshlik san’atining
rivojlanishi, O’zbek
xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini saqlashda usta
naqqoshlarning
ijodiy faoliyati mazmuni
yoritilgan. Kurs ishining II-bobi
“Naqqoshlik maktablari va ularning o’tmishi bugungi kundagi ahamiyati“ deb
nomlangan bo’lib, bobda: O’zbekiston naqqoshlik maktablari va ularning
shakllanish tarixi shuningdek Farg’ona, Toshkent, Buxoro va Samarqand naqqoshlik
maktablari tarixi ularning usta naqqoshlari ijodiy faoliyati nazariy va amaliy jihatdan
yoritib berilgan.
Kurs ishi lotin grafikasida yozilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavzuni
yoritib berishga mos keladi.
Ushbu kurs ishini to’liq yakunlangan deb hisoblab, uni kafedrada himoya qilish
uchun tavsiya etaman.
Dostları ilə paylaş: