Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


 Toshkent naqqoshlik maktabi tarixi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

2.3. Toshkent naqqoshlik maktabi tarixi. 
 
Toshkent naqshlari o‘zining nafisligi, ranglarning birbiriga asta-sekin o‘tishi, 
aniq bir koloritga qat’iy rioya qilishi, geometrik va o‘simliksimon naqshlarning ko‘p 
ishlatilishi bilan ajralib turadi. Naqshlar ko‘pincha yashil gammada ishlanadi. 
O‘simliksimon naqshlardan oygul, paxta, bofta, uch barg, shukufta, bargli gul va 
boshqa elementlar aniq stillashtirilgan. Murakkab geometrik naqshlar ishlanadi. 
Naqqosh ustalardan Jalil Hakimov, Toyir To‘xtaxo‘jayev, Olimjon Qosimjonov, 
Yoqubjon Raupov, Anvar Ilhomov, Komil Karimov va boshqalar Toshkent 
naqqoshlik maktabining asoschilaridirlar.


17 
Yoqubjon Raupov 1888-yili 22-yanvarda O‘ratepa shahrida naqqosh ustazoda 
oilasida dunyoga keldi Yoqubjon tug‘ilgan O‘ratepa shahri yog‘ochga naqsh ishlash 
san’ati bo‘yicha mashhur edi. Uning otasini Rauf kalon deb atashar edi. Rauf kalon 
iste’dodli doimo yangidan-yangi naqshlar kashf etuvchi, shiftlarga va devorlarga 
o‘ng‘aylik bilan gular soluvchi hamda ustun va kursilarni murakkab jimjimador 
naqshlar bilan bezovchi katta san’atkor bo‘lgan. Shuning uchun ham ustani hurmat 
qilib Rauf kalon deb laqab qo‘yganlar. Rauf kalonlar sulolasi asosan me’morchilik 
inshootlariga milliy an’anaviy naqshlar berish bilan mashhur bo‘lib kelganlar. 
Yoqubjon ustozi Rauf Nazarovning talantini meros qilib oldi. Yoqubjon otasidan 
nasldan-naslga o‘tib kelayotgan naqqoshlik sirlarini qunt bilan o‘rganib, naqqoshlik 
texnikasini mukammal o‘zlashtirdi. U otasi boshchiligida O‘rta Osiyoning turli 
shaharlarini, chunonchi Namangan, Marg‘ilon, Andijon, Leninobod, Kattaqo‘rg‘on, 
Samarqand, Chimkent va shu singari shaharlardagi jamoat binolarini bezadi. U avval 
otasiga shogird, keyinchalik yordamchi bo‘lib ishlab yurdi. 18 yoshidan boshlab 
naqqosh usta sifatida bezak ishlarida mustaqil qatnashdi. U yoshlik 
chog‘larida juda ko‘p mutolaa qildi hamda arab yozuvini o‘rganib oldi. Tinimsiz 
izlanishlari tufayli naqsh sirlarini o‘rgana bordi. Yoqubjon shaharma-shahar yurib, 
turli masjid, mehmonxona, uy va ayvonlarning shifti, peshtoqi va ustunlarini 
naqshlar bilan bezadi. U birinchi bo‘lib Farg‘ona vodiysidagi binolarni mustaqil 
bezadi. Uning nomi tez orada ko‘pchilikka tanildi. Yoqubjon Raupovni turli 


18 
shaharlarga taklif qilishadigan bo‘ldi. Usta muzeylar, turarjoy va jamoat binolari, 
madaniyat uylariga sayqal berdi. U arxitektura yodgorliklaridagi naqshlarga qayta 
jon bag‘ishladi. Birinchi vaqtlarda Tojikistonda, keyinchalik esa 1923-yilda 
Toshkentga ko‘chib kelgan. Yoqubjon Raupov naqqoshlik sirlarini to‘la-to‘kis 
egallagan, naqqosh nomini olgan mustaqil usta edi.
U Toshkent xonadonlarida ishlash bilan birga amalda qo‘llaniladigan 
uyro‘zg‘or buyumlariga, ya’ni qutichalar, ko‘p raxli xontaxta, kursi, qalamdon, stol 
va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlariga naqsh chizdi. Natijada san’atkorning bunday 
san’at asarlari har xil ko‘rgazmalarda namoyish qilindi usta naqqosh san’atkorning 
nomi Respublikamizda hurmat bilan tilga olina boshlandi. 1934-yilda usta 
Toshkentdagi ishlab chiqarish rassomchilik kombinatiga ishga taklif qilingan 
keyinchalik shu dargohda nakqoshlik bo‘limida dars bera boshladi. Bu o‘quv 
ustaxonasida yoshlarga ustozlik qildi. O‘z naqqoshlik maktabini yoshlarga o‘rgatdi. 
Sirkorlikda o‘ziga xos jihatlarini puxta egallagan iste’dodli shogirdlari hozir uning 
ishlarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar, 1938- yilda esa sermehnat 
harakatchan usta Moskva shahriga butunittifoq xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasining 
O‘zbekiston paviloniga bezash uchun ketayotgan bir gruppa naqqoshlarga rahbar 
qilib tayinlandi. Bezak ishlari dastlab 1938-39-yillarda keyin esa 1952-56-yillarda 
nihoyasiga yetkazildi. Sirkorlik ishlarini 18 kishidan iborat ustalar brigadasi uch oy 


19 
davomida ishlab bitkazdilar. Bu ishda, ayniqsa, naqqoshlardan Yo.Raupov, 
A.Qosimjonov, V.Isayev, X.Husanov va boshqalar alohida o‘rnak ko‘rsatishdi, ular 
xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining O‘zbekiston pavilonidagi gumbazni, 
shiypon, ayvon va boshqa joylarini ajoyib naqshlar bilan bezadilar. Shu davrlarda 
Yo.Raupovning ijodiy ishlaridan ko‘p qirrali xontaxtalari, har xil qutichalari, mayda 
buyumlarga ustalik bilan chizilgan san’at asarlari, xalq amaliy san’atining 
O‘zbekistondagi ko‘rgazmalarida hamda chet mamlakatlarining ko‘rgazmalarida 
muvaffaqiyat bilan namoyish qilindi. 1937-yilda Parijda ochilgan xalqaro san’at va 
texnika ko‘rgazmasida Yo.Raupovning ishlari namoyish qilindi. Yo.Raupov 
ta’mirchi usta sifatida ham tanildi. Usta ko‘pgina naqshlarni qayta tiklashda o‘z kuch 
qudratini 
ayamadi. 
1941-yili 
Toshkentdagi 
Polovtsev 
binosini 
hozirgi 
O‘zbekiston xalq amaliy san’ati muzeyidagi sirkorlik namunalariga qayta jon 
bag‘ishladi. Bundan tashqari 1950-yillarda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 
tarixiy yodgorliklarga qayta sayqal berishda qatnashdi. 1947-yili zamonaviy estetik 
talablarga asoslanib o‘zbek milliy an’analarini saqlagan holda O‘zbekiston davlat 
opera va balet teatri binosini bunyod etishda qatnashdi. Naqqoshlar, ganchkorlar, 
toshtaroshlar va boshqalar O‘zbekistonning turli chekkalaridan taklif etildi, shular 
qatorida Yo.Raupov ham bor edi. Naqqoshlik san’atini puxta egallagan Yo.Raupov 
teatr binosining gumbaz, portal hamda tashqi galereya qismining shiftiga naqshlar 
ishladi. (Qushtanob islimiy sharafa Yo.Raupov). 1952-yilda Moskvada butunittifoq 
xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi O‘zbekiston pavilonining kirish qismidan joy 
olgan shiypon (rotonda), shiftiga ishlagan naqqoshlik ishlari bilan ustaning yanada 
obro‘ e’tibori ortdi. 1955-yilda Bekoboddagi metallurglar madaniyat uyini ajoyib 
naqshlar bilan bezadi, 1966-yili Toshkent zilzilasi oqibatida ko‘pgina uylar vayron 
bo‘ldi, arxitektura yodgorliklari shikast yedi. Ularni qayta tiklashda Yo.Raupov o‘z 
shogirdlari bilan qatnashdi. 1968-yili Yo.Raupov Alisher Navoiy nomidagi adabiyot 
muzeyini bezadi. 1969-yili esa Samarqandning 2500 yillik yubileyiga atab 
«Yulduz» choyxonasini naqshladi. 1970-yili esa xiyobonni «ko‘k gumbazli» 
choyxonasining ichlarini ajoyib naqshlar bilan bezadi. Yo.Raupovning naqsh 
kompozitsiyasi rangi hamda xarakteri jihatidan Toshkentlik ustalarning 


20 
naqshlaridan ajralib turadi. U ko‘pincha tojik naqqoshlik maktabining an’analarini 
saqlagan holda ajoyib kompozitsiyalar yaratgan. Ijodkor o‘zbek va tojik 
naqshlarining boy madaniy merosidan mohirona foydalanib, ko‘pgina islimiy va 
geometrik naqsh kompozitsiyalarini yaratdi.
Uning naqshlaridagi ranglarning ochiqligi, yorqinligi hamda birbiriga 
uyg‘unligi kishini o‘ziga jalb qiladi. Naqsh kompozitsiyasi tuzilishi jihatidan 
an’anaviy milliy naqshlarga doimo yangi element va motivlar kiritgan. Yo.Raupov 
kompozitsiya tuzishda sodda, uzoq yaqinini yaxshi bilardi. U naqsh 
kompozitsiyalarini uzoqdan ham ko‘rinishini ta’minlar edi. Usta naqsh ishlashda 
ko‘proq chirmoviqsimon o‘suvchan islimiy mazmundagi naqshlari bilan va katta-
kichik yuzalarni to‘g‘ri taqsimlashi hamda mayda kichik buyumlar formasiga 
nihoyatda uzviy ravishda birlashib ketgan odmi naqshlarning kamsuqumliligi bilan 
ham ajralib turadi. Yo.Raupovning naqshlarini kuzatar ekanmiz, naqsh sxemasini 
erkin, chiroyli shakllar hosil qilib ishlanganligi hamda naqsh elementlaridan unumli 
foydalanganligini ko‘ramiz. Uning naqshlarining ko‘pchiligi tojik naqshlariga 
o‘xshab ketadi, gullari yirik hamda o‘ziga xos detallardan iborat. U bargli gullar 
besh va sakkiz bargli gullar, ya’ni «Xitoy afsonalari» hamda oddiy gullardan 
foydalangan. 


21 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə