Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari



Yüklə 128,1 Kb.
səhifə5/19
tarix13.12.2023
ölçüsü128,1 Kb.
#149120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.

FORMULALI KALENDARLAR
REJA:


1.Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar.
2.Kalendarlar haqida tushuncha.
3.Kalendarlar va ularning turlari (Quyosh, Oy, oy-kuyosh kalendarlari)

Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar. Soat - bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqg o`lchov birligi, qiymati 60 dakiqa yoki 3600 soniyaga teng vakt oralig`i va vaqtni o`lchash uchun ishlatilgan asbobdir. Yunoncha «hogo», inglizcha «hoig» soat so`zi dastlab «vaqg oralig`i, davr» kabi ma`nolarni bildirgan. Miloddan avvalgi IV asrlarda yunonchada soat atamasi paydo bo`lgan. Odamlar vaktni o`lchashga kadimdan harakat qilib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakatlanishini va boshqa tabiat hodisalarning muayyan vaktlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaktni o`lchashda foydalanganlar. Yunon olimi Ptolemey (mil. avv. P asr) sutkani soat, dakika soniyaga bo`lgan. Vaktni juda aniq o`lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o`tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi o`larok dastlab quyosh soati, keyinchalik suv va kum soatlari paydo bo`ldi.


Ksenofontning ta`kidlashicha, soat kunduzi kuyoshga, kechasi yudduzlarga xamda odam soyasining uzunligiga qarab soat aniqlangan. Miloddan avvalgi 1800 yilda Misr koxinlari kechasi bo`ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Kuyosh va suv soatlarining paydo bo`lishi soatni yanada anikroq bilish imkonini berdi. Misrda miloddan avvalgi 1600 yillarda suv soatlari, va 1450 yillarda Quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi Quyosh soati, ya`ni skafis bobillik Beros tomonidan miloddan avvvalgi SH asrda quriladi. Dastlabki yunon Quyosh soatlari milodsan av. 550 yillarda Anaksimantu Miletskiy tomonidan yaratilgan. Rimda miloddan avvalgi 293 yildan boshlab Kuyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalklarida esa qadimda qum soatlari keng tarqalgan. Bu soatlar uzun bo`lmagan vaqt oralig`ini xisoblashga mo`ljallangan. Hozirda tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari - klespidralar keng tarqaldi. Mazkur soatlar, aniq va qulay bo`lmasa-da, ma`lum bir qatlamdagi odamlarning ehtiyojini qondirgan. Urta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug`bek Samarqandda 50 metrlik Quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyatdagi tarakqiyot natijasida aniq va qulay soatlarga bo`lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Mexanik soatlar bu davrga yangilik bo`lib kirdi. 578 yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik (g`ildirakli) soatlar tilga olinadi. X1-XP kelib, Yevropada mexanik (g`ildirakli) soatlar keng tarqaldi. Bunday soatlar, odatda, ratusha minoralariga o`rnatilgan. G`ildirakli soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. Rossiyada bunday soatlar dastlab 1404 Kremlga o`rnatiladi. 1706 yilda Pyotr I buyrug`i bilan bu soat o`rnini Golland kuranti egallaydi. XVI asrda g`ildirakli soatlar o`rnini yangi soatlar egallaydi. 1640 yilda Galiley tomonidan mayatnikli soatlar loyihasi ishlab chikiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675 yidda Xristian Gyugens tomonidan yasaladi. Xristian Gyugens cho`ntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi soatlarning asosiy mexanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P.Kulibin XVIII asrda tovuq tuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik soat yasadi. U xar soatda zang urardi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404 yilda Moskvada Blagoveshensk sobori yaqinida o`rnatilgan. Uni vizantiyalik Monax Lazar Serbin yasagan. XIX asrga kelib qo`l soatlari paydo bo`ldi. Bunday soatlar cho`ntak soatidan farq qilmasdi. Ularda qo`shimcha qismlar, kalendar ko`rsatgichi, soniyaamer, o`z-o`zidan burash mexanizmi ham bor edi. Dastlabki elektr soat Rossiyada 1840 yilda yaratildi. XX asrda elektr-mexanik, elektron-kvars, molekulyar, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947 yidda qurilgan Toshkent kuranti minorasiga to`rt siferblatli zangli elektr soat o`rnatilgan. Energiya manbaiga ko`ra soatlar atom, mexanik, molekulyar va elektr, tebranish tizimi mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga bo`linadi.
Kalendarlar va ularning turlari. (Tropik yil va kalendar yili, Quyosh kalendari, Oy kalendari, Oy - kuyosh kalendari) Biz tanishib o`tgan vakt birligi sutka katta davrlarni o`lchash uchun kichiklik qiladi- Katta davrlarni o`lchash uchun sutkani ishlatadigan bo`lsak, juda katta sonlarni ifodalashga to`g`ri keladi. Vaqt birligi sutkani 10 baravar kattalashtirib ishlatish mumkin. Lekin kadim zamonlardan beri insoniyat katta vakt oralig`ini o`lchash uchun sutkadan tashqari xafta, oy va yildan foydalanib kelganlar. Vaktning katga oraliklari o`lchash birligi tabiiy birlik - yil deb Yerning kuyosh atrofida bir marta to`la aylanib chiqish davri qabul qilingan. Ammo yil sutkalar bilan butun son orqali ifodalanmaydi, ya`ni sutka va yil karrali emas.
Umar Hayyom kalendarida kabisa yillari hisobi Yulian kalendaridan farq qiladi. Unda 28 yil ichida Yulian kalendaridagidek har to`rtinchi yili, keyingisi o`ttiz ikkinchi yilda emas, balki besh yil o`tkazib o`ttiz uchinchi yilda qo`shiladi. Demak, Yulian kalendari bo`yicha 32 yilda sakkizta kabisa yili bo`lsa, Umar Hayyom kalendarida 33 yilda sakkizta kabisa yili bo`ladi, ya`ni:
365*25 + 366*8 = 12053 sutka
12053:33 - 365.2424 sutka
Bu esa tropik yildan 0.0002 sutka ortik, xolos. Demak, Umar Hayyom kalendarida 4500 yildan ortiq vaqtda bir sutka xato kelib chikadi. Umar Hayyom kalendari Eronda 19 asrning o`rtalarigacha qo`llanilgan.
Oy kalendari. Quyosh harakatini kuzatishdan ko`ra, OYni kuzatish osonroq. Shuning uchun Oy harakatiga asoslangan vakt o`lchovi Quyosh harakatiga asoslangan vaqt o`lchovidan avvalroq ko`llana boshlagan. Oyning ko`rinish shakllari kun sayin o`zgarib turadi. Qadimdan insonlar Oyning shakllarining o`zgarib turishiga nazar solganlar. Oyning Yer atrofidagi harakatlanishi davrida Quyoshga nisbatan egallaydigan vaziyatlari Oy fazalari deyiladi. Oy o`zidan nur chiqarmaydi, uni Quyosh nuri yoki Quyosh nurining qaytayotgan qismi yoritishi mumkin, shu tufayli Oyning fazoda Quyoshga va Yerga nisbatan kanday holatda turishiga ko`ra, u Yerdan qaralganda turli shaklda ko`rinadi. Har oyda Oy taxminan Yer bilan Quyosh orasidan o`tadi va Yerga o`zining qorong`i tomoni bilan turadi. Bunga astronomik yangi oy deyiladi. Bir-ikki kundan so`ng Quyosh botgach, osmonning garbiy qismida Oy ingichka o`roq shaklida ko`rinadi, bu xalq tilida hilol yoki yangi oy (vizual yangi oy) deyiladi. Bunda Oyning qolgan qismini Yer o`zining kunduzgi yarim sharidan qaytgan nurlari bilan xira kulrang ravishda yoritib turadi. Yetti kundan keyin Yerdan Oyga va Quyoshga tomon yo`nalishlari orasidagi burchak 900 ga teng bo`ladi, bunda u yarim «kulcha» ko`rinib, Oyning bu fazasi birinchi chorak deyiladi. Taxminan 14-15 kunlik Oy Quyoshga qarama-qarshi turib, uning quyosh bilan yoritilgan yarim sferasi to`laligicha Yerga qaraydi. Oyning bu fazasi to`linoy deb ataladi. Bunda Oyni to`la yorug` doira shaklida ko`rish mumkin. Keyingi kunlarda Oyning g`arbiy tomoni «yemirila borib», 22-sutkada faqat kabariq tomoni sharqqa qaragan yarim doira shaklida ko`rinadi. Buni OYning oxirgi chorak fazasi deyiladi.
29,5 sutkadan so`ng Oy yana astronomik yangioy fazasida bo`ladi. Ikki ketma-ket kelgan yangi oy orasida o`tgan vakt Oyning sinodik davri deyilib 29 sutka 12 soat 44 minut 2,28 soniyaga teng. Siderik oy -Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati orasida o`tgan vakt bo`lib, u 27 sutka 7 soat 43 minut 11,51 soniyagateng.
Oy atamasini biz ikki ma`noda ishlatamiz. Bosh harf bilan yoziladigan Oy -bu Yer sayyorasining tabiiy yo`ldoshi samoviy jismdir. Kichik harf bilan yoziladigan vakt oralig`i o`lchovi, yuqorida aytganimiz sinodik oydir. Oy kalendari .to`liq va to`lik bo`lmagan oylarga bo`linadi. To`lik oylar 30 kundan, to`liq bo`lmagan oylar 29 kundan iborat bo`lgan. Toq oylar 30, juft oylar 29 sutka qilib belgilangan. Oy kalendarida yilning davomiyligi 354.36706 sutkaga teng.
Oy kalendarida bir yil 354 sutka kilib (29.5*12=354) olingan. Oy kalendari musulmon olamining yil hisobiga asos qilib olingan. U milodiy 622 yilning 16 iyul juma kunidan boshlab hisoblanadi. Hijriy yil hisobi o`z navbatida hijriy-qamariy (Oy) hijriy-shamsiy yiliga bo`linadi.
Oy kalendarida ham Quyosh kalendaridagi kabi yillarini hisoblashda ba`zi muammolarga duch kelinadi. Oy kalendarining o`ziga xos jihati uning juda aniqligidadir. Lekin Oy kalendarining «kamchiligi» u fasllarga mos tushmaydi.
Oy-quyosh kalendari. Dehqonchilik xo`jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig`ishtirib olish uchun anik vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining o`zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog`liq edi. Shuning uchun ham oy-quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Oy-quyosh kalendarining tuzilishi Oy va Quyosh kalendarlariga qaraganda anchagina murakkabdir. Hozirgi kunga kelib, Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan.


Yüklə 128,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə