Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari


MEXANIK KALENDARLAR HAQIDA



Yüklə 128,1 Kb.
səhifə6/19
tarix13.12.2023
ölçüsü128,1 Kb.
#149120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.

MEXANIK KALENDARLAR HAQIDA


REJA


Kirish
1.Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar.
2.Kalendarlar haqida tushuncha.
3.Kalendarlar va ularning turlari (Quyosh, Oy, oy-kuyosh kalendarlari)
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri, uning bir tomonlama, ya`ni olg`a, kelajak tomonga yurishidir. Matematiklar ta`biri bilan aytganda, manfiy vaqt bo`lishi mumkin ham emas. Vaktni o`lchash uchun soniya, daqiqa, soat, sutka, hafta, oy va yil birliklari kabul qilingan. Olingan va butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq vaqtning asosiy manbai astronomik kuzatishlardir. Maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib, aniq vaqtni (soniyaning mingdan bir ulushlari aniqligida) topiladi.


Hafta va uning turlari. Vaqt - tabiatdagi davriy hodisaga, Yerning o`z o`qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o`lchov birligidir. O`rta asr solnomachisi Dostopochtenniy, «yilning uzunligini - tabiat, oyning uzunligini -an`analar, haftaning uzunligini belgilaydi», - deb yozgan edi. Vaqtning sun`iy birligi bo`lgan haftalar, qadimda uch, besh va yetti kundan iborat bo`lgan. Bobil va Shumer matnlarida yetti kunlik hafta mavjudligi haqida ma`lumotlar berilgan. Yetti kushshk hafta vaqt o`lchovi sifatida Sharkda Bobilda ishlatilgan. Rimda ham dastlab sakkiz kunlik hafta bo`lib, unga A harfidan N harfigacha bo`lgan nomlar berilgan. Rimda imperator Avgust davrida (miloddan avvalgi 63-milodning 14) yetga kunlik hafta keng tarqalgan. Yetti kunlik hafta yaxudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga va so`ngra G`arbiy Yovropaga tarqalgan. Bobilliklar yettini «qutlug` soyu> deb hisoblaganlar. Bu sig`inish o`sha davrda ma`lum bo`lgan beshta «sayyora» - «planeta» yoki «daydib yuruvchilar» va ular katoriga qo`shib hisoblangan Oy va Quyosh bilan bog`liq bo`lgan. O`lar Yer atrofida yetti sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylanadi, deb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nomi berilgan. Bu nomlarni rimliklardan so`ngra, G`arbiy Yevropa xalqlari ham ko`llashgan. Lotincha, fransuzcha va inglizchada ularning ko`rinish-larini kuyidagi jadvalda ko`rish mumkin.
HAFTA KUNLARINING NOMLANISHINING ASTRONOMIK IFODASI
Oy (dushanba) Venera (juma)
Mars (seshanba) Saturn (shanba)
Merkuriy (chorshanba) Quyosh (yakshanba)
Yupiter (payshanba)
Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7) bo`lgan. Shanbaning birinchi soatini (shuningdek, 8, 15, 22 soatlarini) 23 soatini Yupiter, 24 soatini Mars boshqargan.
Yetti kunlik hafta G`arbda imperator Avgust davrida keng tarkaldi. Miloddan avvalgi 321 yilda Konstantin «Hamma fuqarolar Quyosh kuni dam olsin»,- deb farmon berdi.
Slavyanlarda ham yetti kunlik hafta bo`lib yakshanba «nedeley», ya`ni «hech narsa qilma», «ishlamaydigan kun» - deyilgan. Dushanba - «ponedelnik» -«nedeley»dan keyingi kun, vtornik seshanba) - «nedeli»dan so`nggi ikkinchi, sreda (chorshanba) - nedeli (haftaning o`rtasi), «chetverg», «pyatnitsa»-to`rtinchi va beshinchi kun deb ataladi. «Subbota»- sabbat (shabat)-ya`ni dam olish so`zidan olingan. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha «nedeli» deb atalgan. Hafta so`zining o`rnida esa «sedmitsa» ishlatilgan.
Qadimgi Skandinaviya xalklarida shanba - «kidagzyau» «hammom kuni» degan ma`noni bildirgan. Bu shvedlarda (lorsdau va lagsdau) ham sakdanib qolgan. Ba`zi xalqlarda eston, latish, arab, yunon va xitoyliklarda hafta nomlari tartib raqami bo`yicha atalgan. Haftalarni raqamlash Qadimgi Bobilda ham mavjud bo`lgan. Masalan: Saturn kuni baxtsiz hisoblangan bois, shu kuni ular biror bir ish bilan shug`ullanishmagan «shabbat» - «osudalik» nomini olgan. Shu nom keyinchalik arab va slavyan tillarida ham ishlatilgan.
Ba`zi xalqlarda haftalarning tartib raqami boshqacharoq qo`yilgan. Masalan, gruzin tilida beshta shanba mavjud. Haqiqiy shanba - «shabati»dan tashqari yana, ikkinchi shanba (orshabati) - ya`ni dushanba, uchinchi shanba (samshabati seshanba, to`rtinchi shanba (otxshabati) - chorshanba,beshinchi shanba (xutshabati) payshanba, juma - paraskevi va yakshanba - kriva deb ataladi. Forschada ham hafta nomlarida "shanba, so`zi olti marta takrorlanadi. Yakshanba - birinchi shanba, dushanba -ikkinchi shanba, seshanba-uchinchi shanba, chorshanba - to`rtinchi shanba va payshanba-beshinchi shanba tarzida. Juma - muqadsas kun hisoblanadi. Haftalarning forscha nomlari Kavkaz Osiyo xalqlari tomonidan ham ishlatiladi. Ozarbayjon tilida «bozor» - yakshanba, turkchada xam yakshanba - «pazar», «pazartesi» - bozordan keyin-gi kun deb ataladi. Angliyada vaqtlar shanba haftaning oxirgi kuni hisoblangan. Galfrid Monmutskiy1 (XP asr) asarlaridan bunga bir talay misol topishimiz mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, turli nomlarda va shakllardagi haftalardan foydalanilgan.
Sutka va uning dastlabki shakllari. Yer sharining o`z o`ki atrofida bir marta aylanib chikishi uchun ketgan vakt sutka deb ataladi. Sutka – vaqtning dastlabki o`lchov birlitidir. Sutkaning 24 dan bir bo`lagi bir soat, soatning 60 dan bir bo`lagi daqiqa, daqiqaning 60 dan biri soniya deyiladi. Yer o`z o`qi atrofida notekis aylanishi ma`lum, ammo bu notekislik kichik bo`lib, 100 yilda soniyashgeg mingdan bir ulushi bilan o`lchanadi. Qadimda kecha va kunduzning almashishidan vaqt o`lchovi me`yori sifatida foydalanishgan. Qadimda yunoncha «Ьyetega» - sugka so`zi ikki ma`noda ko`llanilgan:
1)Quyosh chiqishidan Quyosh botishigacha bo`lgan vaqt oralig`i;
2)Quyosh chiqishidan keyingi Quyosh chiqishigacha bo`lgan vaqt oralig`i.
Lotincha «dies» - sutka so`zi ham shu ma`noni bildirgan. Qadimgi Yunoniston, Rim, Bobilda va Misrda sutka ertalabdan, O`rta Osiyoda kechqurundan boshlab hisoblangan. Oy kalendaridan foydalangan afinaliklar, germanlar, iudeylarda ham sutka-kun kechqurundan boshlangan. Zardushtiylar esa Quyoshning chiqishi bilan yangi kun boshlanadi deb hisoblashgan.
Sutkalarni dastlab misrliklar soatlarga bo`lganlar. Millodsan avvalgi yilida Misr koxinlari sutkani 24 soatga bo`lishgan: Ular soatni kunduz, 2 soatni g`ira-shira pay., 12 soatni kechasi hisoblashgan. Bobilda ham bir sutkaning 12 soati kechasi hisoblangan. Geradotning ta`kidlashicha, yunonlar bobilliklarning shu sistemasidan foydalanishgan. Gerodotning yozishicha, miloddan avvalgi VI ahamoniylar xukmdori Doro skiflarga yurishi davrida qo`riqchilariga vaktni hisoblash uchun tugilgan arqon, tashlab ketadi. Ular har kuni bitta tugunni yechganlar. Qolgan tugunlarning soni shohning kaytishiga necha kun borligini bildirgan. Ahamoniylar hukmdorligi davrida vaktni hisoblashning bundan ham mukammalroq usuli mavjud bo`lgan, lekin oddiy ko`riqchi askarlar yuqoridagi usuldan foydalanishgan.
Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bo`linadi. Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi teng kunlik nuktasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqgga teng. Yulduz sutkasi haqikiy (pretsessiya va nutatsiya xisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi. Baxorgi teng kunlik sutkasi nuqgasining pretsession harakati ta`sirida o`rtacha yulduz sutkasi Yerning o`z o`qi atrofida haqikiy aylanish davridan 0,0084 soniyaga qisqa.
Kundalik hayotimizda asosan o`rtacha kuyosh vaqtidan foydalanamiz. O`rtacha Quyosh - ekvator bo`ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan hayoliy nuktadir. O`rtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti o`rtacha tushlik payti deyiladi. O`rtacha Kuyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. O`rtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb fukaro vaqgi shu paytdan (soat 24.00) hisoblanadi va kalendarda kun o`zgaradi. Astronomiyada 1925 yilgacha kun hisobi tush paytida o`zgarar, ya`ni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925 yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaktidan foydalanilmoqsa.
Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar. Soat - bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqg o`lchov birligi, qiymati 60 dakiqa yoki 3600 soniyaga teng vakt oralig`i va vaqtni o`lchash uchun ishlatilgan asbobdir. Yunoncha «hogo», inglizcha «hoig» soat so`zi dastlab «vaqg oralig`i, davr» kabi ma`nolarni bildirgan. Miloddan avvalgi IV asrlarda yunonchada soat atamasi paydo bo`lgan. Odamlar vaktni o`lchashga kadimdan harakat qilib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakatlanishini va boshqa tabiat hodisalarning muayyan vaktlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaktni o`lchashda foydalanganlar. Yunon olimi Ptolemey (mil. avv. P asr) sutkani soat, dakika soniyaga bo`lgan. Vaktni juda aniq o`lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o`tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi o`larok dastlab quyosh soati, keyinchalik suv va kum soatlari paydo bo`ldi.
Ksenofontning ta`kidlashicha, soat kunduzi kuyoshga, kechasi yudduzlarga xamda odam soyasining uzunligiga qarab soat aniqlangan. Miloddan avvalgi 1800 yilda Misr koxinlari kechasi bo`ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Kuyosh va suv soatlarining paydo bo`lishi soatni yanada anikroq bilish imkonini berdi. Misrda miloddan avvalgi 1600 yillarda suv soatlari, va 1450 yillarda Quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi Quyosh soati, ya`ni skafis bobillik Beros tomonidan miloddan avvvalgi SH asrda quriladi. Dastlabki yunon Quyosh soatlari milodsan av. 550 yillarda Anaksimantu Miletskiy tomonidan yaratilgan. Rimda miloddan avvalgi 293 yildan boshlab Kuyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalklarida esa qadimda qum soatlari keng tarqalgan. Bu soatlar uzun bo`lmagan vaqt oralig`ini xisoblashga mo`ljallangan. Hozirda tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari - klespidralar keng tarqaldi. Mazkur soatlar, aniq va qulay bo`lmasa-da, ma`lum bir qatlamdagi odamlarning ehtiyojini qondirgan. Urta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug`bek Samarqandda 50 metrlik Quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyatdagi tarakqiyot natijasida aniq va qulay soatlarga bo`lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Mexanik soatlar bu davrga yangilik bo`lib kirdi. 578 yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik (g`ildirakli) soatlar tilga olinadi. X1-XP kelib, Yevropada mexanik (g`ildirakli) soatlar keng tarqaldi. Bunday soatlar, odatda, ratusha minoralariga o`rnatilgan. G`ildirakli soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. Rossiyada bunday soatlar dastlab 1404 Kremlga o`rnatiladi. 1706 yilda Pyotr I buyrug`i bilan bu soat o`rnini Golland kuranti egallaydi. XVI asrda g`ildirakli soatlar o`rnini yangi soatlar egallaydi. 1640 yilda Galiley tomonidan mayatnikli soatlar loyihasi ishlab chikiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675 yidda Xristian Gyugens tomonidan yasaladi. Xristian Gyugens cho`ntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi soatlarning asosiy mexanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P.Kulibin XVIII asrda tovuq tuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik soat yasadi. U xar soatda zang urardi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404 yilda Moskvada Blagoveshensk sobori yaqinida o`rnatilgan. Uni vizantiyalik Monax Lazar Serbin yasagan. XIX asrga kelib qo`l soatlari paydo bo`ldi. Bunday soatlar cho`ntak soatidan farq qilmasdi. Ularda qo`shimcha qismlar, kalendar ko`rsatgichi, soniyaamer, o`z-o`zidan burash mexanizmi ham bor edi. Dastlabki elektr soat Rossiyada 1840 yilda yaratildi. XX asrda elektr-mexanik, elektron-kvars, molekulyar, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947 yidda qurilgan Toshkent kuranti minorasiga to`rt siferblatli zangli elektr soat o`rnatilgan. Energiya manbaiga ko`ra soatlar atom, mexanik, molekulyar va elektr, tebranish tizimi mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga bo`linadi.

Yüklə 128,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə