Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari


ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA XRONOLOGIYAGA OID MA`LUMOTLAR



Yüklə 128,1 Kb.
səhifə4/19
tarix13.12.2023
ölçüsü128,1 Kb.
#149120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.

ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA XRONOLOGIYAGA OID MA`LUMOTLAR


REJA:

1. Kirish. Xronologiya fani predmeti, maqsad va vazifalari.


2. Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqkiyoti.
3. O`rta Osiyo olimlarining xronologiya rivojlanishiga qo`shgan xissasi.

KIRISH.
Xronologiya fani predmeti, maksad va vazifalari. Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida vaqgni o`rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya ilm sifatida Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllandi. O`rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga O`rta Osiyolik olimlar ham o`z hissalarini ko`shdilar. Abu Rayhon Beruniyning «Al-osor al-boqiya ani-l-holiya» (O`tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar), «Qonuni Mas`udiy" asarlarida xronologiya faniga oid ko`gshab ma`lumotlar berilgan. Umar Hayyom kalendari esa mukamallik jihatidan Grigoriy kalendaridan ham ustun turadi. 1935 yilda Oliy o`quv yurtlarida tarix fakultetlari ochilgandan keyin boshqa tarixning yordamchi fanlari qatorida talabalarga xronologiya fani ham o`kitila boshlandi.
Xronologiya - yordamchi tarix fanlaridan biri bo`lib, u vaqt to`g`risidagi fandir. Xronologiya so`zi yunoncha so`z bo`lib, «xronrs» - vaqt, «logos» - fan, ya`ni vaqgni o`rganish haqidagi fan deganidir. Xronologiya vaqglarni o`rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bo`linadi, bular astronomik (matematik) xronologiya va tarixiy xronologiyadir. Astronomik xronologiyaning vazifasi -osmon jismlarining siljishi to`g`risidagi aniq astronomik davrlarning vaqtini aytib berishdir.
Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaktni xisoblash sistemasini o`rganadi, ularning o`zaro bog`likligini, vaqglarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya yuqoridagi hisoblash sistemasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amadda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning anikligini tarixiy tahlil kiladi.
Insoniyatning xo`jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqgai hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo`lgan sutka, kun, tun, oy fazalarining o`zgarishi, yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaktni aniq hisoblashga bo`lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlar harakatini, umuman astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari yana bir vazifani, kun, oy, yillar o`rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug`ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi.
Xronologiya bilim sohasi rivojlanishiga Qadimgi Yunoniston va Rim olimlari Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katga hissa qo`shganlar.
Gipparx - (milodgacha 190-125 yillar) birinchi bo`lib Oyning o`lchamini va undan Yergacha bo`lgan masofani aniqlagan. U shaxsiy kuzatuvlari natijasida Quyosh yilining uzunligini deyarli aniq hisoblab chiqqan (xato 6 daqiqa). Olim o`sha davr uchun ulkan hisoblangan 850 ta yulduzlarning holati katalogini tuzgan edi.
Klavdiy Ptolemey - mashhur «Almagest» asari muallifi. Asar o`rta asrlargacha astronomiyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. Shuningdek, Ptolemey sakkiz kitobdan iborat «Geografiya» asarining muallifi hamdir. U kartografik proyeksiyalar nazariyasini ham yaratgan.Uning «Podshohlarning xronologik jadvali» asari xronologiyaga oid muhim manba hisoblanadi.
Mark Terensiy Varron (milodgacha 116-27 yillar xronologiya fanining rivojiga katta hissa qo`shgan. U qomusiy olim bo`lib olti yuzga yaqin asarlar muallifidir. Terensiy Varron asarlarining aksariyati xronologiyaga bag`ish-langan.
VII asr oxiri - VIII asrning birinchi choragida yashagan ingliz monaxi, solnomachi Beda Dostopochtenniy xronologiyaga oid «Dunyoning olti yoshi» nomli asar muallifidir. Uning asarida xristian erasining asoslari hakida ma`lumot beriladi.
Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. XVI asrda fransuz olimi J.Skaliger tarixiy xronologiyada tizimlashtirishni amalga oshirdi. U yulian uslubidagi solnomalar tahririni ishlab chiqadi. 1583 yilda J.Skaliger «Vaqtni hisoblash yuzasidan yangi tadqiqot» nomli asarini e`lon qiladi. 1582 yilda italyan olimlari A.Liliya va I.Danti yangi kalendarni tuzib chiqadi. Bu kalendar tarixda Grigoriy kalendari nomi bilan shuhrat qozonadi.
XVII asrda fransuz monaxi D.Petavi ham vaqtni hisoblash yuzasidan tadqiqotlar olib boradi.
XVIIIasrda Rossiya olimlari ham xronologiya faniga oid tadqiqotlar olib borgan. «Rossiya tarixi» kitobining birinchi jildida V.N.Tatishev yozgan maxsus bir bob «Yilning boshida vaqtni hisoblash» deb nomlanadi. Bu davrda M.V.Lomonosov, M.M.SHerbatov, I.N.Boltin va A.L.Shletser Xronologiya bilan jiddiy shug`ullandilar. XVSH asrga kelib, Yevropada xronologiya mustaqil tarixiy fanga aylandi. Bunga kator angliyalik matematik va astronomlar o`z hissasini ko`shdilar. XVIII asr o`rtalarida lord Chesterfildning tashabbusi bilan mamlakatda Grigoriy kalendari qabul qilindi.
1825-1826 yillarda nemis astronomi X.L.Ideler tomonidan yozilgan ikki jildlik «Matematik va texnik xronologiya», L.Brossening «Xronologiya texnikasiga doir» (SPb., 1868), F.Kaltenbrunnerning «Grigoriy kalendari islohoti tarixidan» (Vena., 1876), O.YE.Gartmanning «Rim kalendari» Leypsig., 1882), Y.I.Makdonaldning «Xronologiya va kalendar» London., 1897) asarlari xronologiya fanining taraqqyotida asosiy o`rinni egalladi.
XIX asr boshlarida Rossiyada tarixning yordamchi fani sifatida xronologiyaning ahamiyati yanada yuksaldi. «Rossiya davlati tarixi» kitobining birinchi jildida N.M.Karamzin Qadimgi Rusda yil hisobi to`g`risida ma`lumot beradi. XIX ning birinchi yarmida V.Shteyngel va K.Trominlar yilnoma kalendar masalasini tadqiq qiladi. P.V.Xavskiy Rusda yilnomalar tarixiga oid tadqiqotlar va Yulian kalendarini Griigoriy kalendariga taqqoslashga doir xronologik jadvallarni tuzadi. 1850 yilda, D.M.Perevoshikovning «pravoslav cherkovida qabul qilingan vaqgni hisoblash qoidasi» nomli kitobi nashr qilindi. XIX asr oxirlarida D.I.Prozovskiy nasroniylikkacha bo`lgan davrda slavyan – rus vakt hisobi va Qadimgi Rusda soatni hisoblash asoslarini ishlab chikdi.
XX asrga kelib, xronologiya tarixning asosiy yordamchi fanlaridan biriga aylanadi. Bu davrda Quyosh, Oy-quyosh kalendarlariga doir tadkiqotlar yuzaga keladi. 1906-1914 yillarda nemis olimi. Ginsel uch jilddan iborat «Matematik va texnik xronologiya» nomli kitobini yozadi.
Zamonaviy xronologiyaning rivojlanishida E.Meyyer (1904), R.Parker (1950) (Misr kalendarlari), M.M.Underxil (1921) hindlarda xronologiya fani, M.Maler yaxudiy kalendarlari, S.G.Morley (1954) mayya xalklarida vakt hisobi, X.Mitsman «Rim xronologiyasi» (1957), E.Bikerman «Qadimgi dunyo xronologiyasi» (1966), R.Noygebauer, A.YE.Shtamp, V-Grumel kabi tadqiqotchilarning xronologiya uslublari va nazariyasiga oid tadkiqotlari katga axamiyat kasb etdi.
XIX asr oxirlarida Rossiyada Yulian` kalendarini isloh qshshsh bo`yicha maxsus komissiya tuziladi. Unga mashxur olim D.I.Mendeleyev boshchilik kiladi. XX asr boshlarida xronologiya faniga oid ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. N.V.Stepanov «Yangi uslub va provoslav pasxasi» (1907) kitobida yangi kalendarga o`tish zaruratini takidlaydi. Olim tomonidan 1909-1915 yillarda rus solnomalari kalendari, Qadimgi Rus yil hisobi, mart va sentabr ultramart uslublari o`rganiladi va tadqiqotlar jamlanib, 1917 yilda «Kalendar-xronologiya malumotnomasi» nashr qilinadi.
1918 yilda Rossiyada Grigoriy kalendari qabul qilinadi. Natijada yangi kalendar sistemasiga oid ko`plab ilmiy tadqikotlar olib boriladi. I.F.Polak «Kalendarning o`zgarishi» (1918) va «Vakt va kalendar» (1928), O.A.Doblash -Rojdestvenskiy «Insonlar qanday qilib yilni hisoblashni o`rganadilar» (1922), N.I.Idelson «Kalendar tarixi» M.Matye, N.Sholkolarning «Hozirgi, o`tmish-dagi va kelajakdagi kalendarlar» (1931) kabi asarlari o`sha izlanishlar mevasidir.
1938 yilda V.K.Nikolskiyning «Bizning yil hisobimizning paydo bo`lishi», 1941 yidsa L.Klimovichning «Bayramlar va islom ro`zalari» nomli kitoblari nashr qilinadi. N.G.Berejkovning «XV asrgacha bo`lgan rus solnomalari xronologiyasi» nomli maqolasi va Rus solnomalari xronologiyasi» (M., 1963) nomli monografiyalari xronologiya faniga oid muhim taqiqotlardan biridir. Muallif rus solnomalarida mart, sentabr va ultramart uslublarida berilganligini isbotlaydi va rus solnomalari xronologiyasini o`rganishning uslublarini ishlab chikadi.
1954-1956 yillarda BMTda yanada mukammal va barcha xalqlar uchun yagona bo`lgan yangi kalendarni o`rganish masalasi muhokama qilinadi. Natijada bir qator mamlakatlarda kalendarlarning astronomik asosi va yilni hisoblashning yangi uslublariga oid ilmiy tadqiqotlar yuzaga keladi. Jumladan, G.D.Mamedbeyli (1961), I.A.Orbeli (1961) musulmon yil hisobi, M.R.Raximov tojiklarda yil hisobi (1957) va G.Mcherlidzelar Qadimgi gruzin yil hisobi bo`yicha tadqiqotlar olib boradilar.
O`rta Osiyo olimlarning xronologiya rivojlanishiga ko`shgan xissasi. Urta asrlarda xronologiya yanada rivojlanib bordi. Xronologiya rivojiga O`rta Osiyolik olimlar, Ahmad al-Farg`oniy (797-865), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Umar Hayyom (1048-1131) va Mirzo Ulug`bek (1394-1449) katta hissa qo`shdi.
Ahmad al-Farg`oniy. Ahmad al-Farg`oniy ilmi-xay`at (falakiyotshunoslik-astronomiya, riyoziyot-matematika) va jo`g`rofiya (geografiya) fanlari bilan shug`ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Axmad al-Farg`oniy al-Ma`mun topshirig`iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha «zij» yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Ahmad al-Farg`oniyning «Kitob al-harakat as-samoviya va javomi` ilm an-nujum» (Samoviy harakatlar va umumiy ilmi kitobi) asari astronomik asar hisoblanadi. Bu asar astronomiya asoslari haqidagi kitob nomi bilan ma`lum bo`lib, 1145-1175 yillardan Yevropada lotin tiliga tarjima etilgan. Olim «Alfraganus» nomi bilan Garbda shuhrat topadi. Uning mazkur asaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining astronomiya xakidagi eng muhim zarur bo`lgan bilimlarini o`z ichiga olgan edi. Ahmad al-Farg`oniyning «Yerdagi ma`lum mamlakatlar va shaxarlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida» asari ham mashhur. Asarda Yernish yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko`tarilishi, tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha ko`rinish, masofalar o`zgarishi bilan ularning ko`rinishi ham o`zgarishi hakida qimmatli mulohazalar bildiriladi.



Yüklə 128,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə