Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Millatlar Ligasi
Ustavi
ga 
mandat
tushunchasi kiritildi.
Birinchi jahon urushi insoniyat 
uchun qanday oqibatlarga olib keldi?
ESGA OLING
Versal shartnomasi
Sizningcha, jahonda tinchlikni saqlash, xalqlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni 
yoʻlga qoʻyish va xavfsizlik masalalari asosiy vazifalari qilib belgilangan Millatlar 
Ligasiga qanday vakolatlar berilishi lozim edi?
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING


58
Uzoq Sharq va Tinch okeandagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi 
qurollarni cheklash maqsadida 
1921-yil noyabr – 1922-yil fevral 
oylarida 
Va-
shington konferensiyasi
boʻlib oʻtdi. Vashington konferensiyasida AQSH, Buyuk 
Britaniya, Fransiya va Yaponiya oʻrtasida shartnoma imzolandi.
1919–1923-yillari imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning yangi 
nisbati xalqaro munosabatlarning 
Versal-Vashington tizimi
nomini oldi. Versal-
Va shington tizimi bir guruh davlatlarning dunyoga hukmronligini, dunyo siyosatida 
AQSH taʼsirining sezilarli kuchayganligini aks ettirdi.
1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisi-
ga, texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati 
ham shu yerda namoyon boʻldi. Xoʻjalikning anʼanaviy tipi oʻz imkoniyatlarini yakun
-
ladi. 
1929–1932-yillari
sanoat ishlab chiqarish hajmi 
50%
ga qisqardi, 
13 millionga 
yaqin kishi oʻz ish joylaridan mahrum boʻldi. 
1932­yil noyabrdagi saylovlarda Amerika xalqiga yangi kurs vaʼda qilgan 
Franklin 
Ruzvelt
gʻolib chiqdi. 
“Yangi kurs”
Amerika kapitalizmining xarakterini oʻzgartirib 
yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga 
mosladi. Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun 
kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi. 
B
irinchi jahon urushidan keyin liberal demokratiya mamlakatlarining yetak-
chisi AQSH boʻlib qoldi. Ammo amerikacha gullab­yashnashning va ilgʻor 
kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining boʻsh tomoni ham boʻlib, u doimiy yuz 
beradigan inqirozlarda namoyon boʻladi. 1929­yil 24­oktyabrda Nyu York fond 
birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi. AQSHning 
ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga shoʻngʻidi. Bu 
inqiroz kapitalistik xoʻjalik shaklining XIX asr oxiri – XX asr boshlari uchun xos 
boʻlgan tarixiy evolyutsiyasini yakunladi.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə