Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə6/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur.
Joriy yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi. Jumladan, Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‘i, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi. Yangi Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg‘ali tarmog‘i, yer usti halqa yo‘lining birinchi bosqichi ishga tushiriladi.
2020-yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalaming salmoqli qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlami bo‘lib-bo‘lib to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda.
Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi obyektlami qurish va modemizatsiya qilish xarajatlari bo‘yicha chegirmalar kengaytirildi.
Mavjud 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalami xatlov- dan o‘tkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan yo‘nalishlardagi korxonalarda davlat ishtirokini keskin kamaytirish choralarini ko‘rish kerak.
Navoiy va Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatlari kabi yirik sanoat korxonalarida yangi investitsion loyihalami amalga oshirish bilan birga, ushbu korxonalami xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirish lozim. Buning uchun 2020-yilda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, zaxiralarni qayta
hisoblash, korporativ oshkoralikni tatbiq etish kabi ishlami yakun- lash zarur.
Neft gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga xorijiy ekspertlami jalb etib, ulaming samaradorligini oshirish va xarajatla- rini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozim.
Vazirlar Mahkamasi ana shu vazifalami to4liq hisobga olib, ikki oy muddatda Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, ulami boshqarish va isloh etish strategiyasini ishlab chiqsin.
Xorijiy investorlami faol jalb etish maqsadida joriy yil mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada o‘tkazish zarur.
Investitsiya jalb etishning samarali vositalaridan biri bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini transport, energetika, yo‘l, kommunal, tibbiyot, ta’lim kabi sohalarga keng tatbiq etish kerak.
Hozirgi vaqtda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim «drayver»laridan biriga aylandi. Bu sohaning yalpi ichki mahsulot- dagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu fikmi yaqqol tasdiqlab tu- ribdi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun qurilishga oid normalami xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish zarur. Shuningdek, tenderlar o‘tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish va sohada axborot texnologiyalarini keng joriy etish kerak.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda qurilish sohasini 2025-yil- ga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin.
Uchinchidan, bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim.
Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalami qo'llash, yan- gi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta minotlar bo yicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda.
2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko'lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, re- surs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə