Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə8/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Beshinchidan, sanoat tarmoqlarini uzluksiz xomashyo va zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash zarur.
Iqtisodiyotning qator muhim tarmoqlari, jumladan, kimyo, neft va gaz, energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, zargarlik sanoatini xomashyo bilan ta’minlash uchun, avvalo, geologiya-qi- diruv sohasini tubdan rivojlantirish lozim. Shuni hisobga olib, joriy yilda istiqbolli konlami aniqlash va mavjud zaxiralami ko‘paytirish uchun budjetdan 2 trillion so‘m mablag4 ajratilmoqda.
Davlat geologiya qo mitasi oldiga ushbu mablag’lami samarali ishlatish orqali shu yilda yangi istiqbolli maydonlar va konlami aniqlashni 35 foizga, kelgusi yilda esa 40 foizga oshirish vazifasi qo‘yiladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazir- ligi bilan birga kamida 20 ta kon bo'yicha tayyor loyihalar to'pla- mini shakllantirib, salohiyatli investorlarga taklif etishi lozim. Shu- ningdek, Qo‘mita uglevodorodlar va ulaming zaxiralari bo4yicha hi- sob-kitob yuritish, toifaga ajratish va boshqarishning xalqaro tizimi- ni amaliyotga joriy etishi kerak.
Iqtisodiy yuksalishni ta’minlash uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur.
Biz keyingi 3 yilda yo‘l qurilishiga - 9,8 trillion so‘m, suv tarmoqlariga - 4,6 trillion so‘m, elektr tarmoqlariga - 18,2 trillion so‘m, tabiiy gaz ta’minotiga - 1,2 trillion so‘m mablag4 ajratdik. Bu raqamlar ushbu tarmoqlar uchun so‘nggi 10 yilda sarflangan mablag‘lardan bir necha barobar ko‘pdir. Lekin, shunga qaramasdan, zamonaviy infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modemizatsiya qi- lish uchun bundan bir necha o‘n barobar ko‘p mablag4 talab etiladi.
Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz har yili Investitsiya dasturi doirasida katta mablag4 ajratib, bu yo'nalishdagi ishlami albatta jadal davom ettiramiz. Bunga qo‘shimcha ravishda respublika va mahalliy budjetlaming prognozdan yuqori tushumlarining yarmi- ni infratuzilma obyektlarini rivojlantirishga yo‘naltirish - Moliya vazirligi va hokimlar uchun joriy yildagi asosiy vazifalardan biri bo‘lishi kerak.
Qonunchilik palatasi Hisob palatasini jalb etgan holda, ushbu mablag‘laming maqsadli va samarali ishlatilishini joylarga chiqib, muntazam ravishda o‘rganib borishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə