Shaxs iqtidori ko'rinishlari



Yüklə 4,46 Mb.
səhifə2/8
tarix23.12.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#156674
1   2   3   4   5   6   7   8
SHAXS IQTIDORI KO\'RINISHLARI

Temperament turlari
Sangvinik
“Sanguis” “qon” degan ma’noni bildirib, kishining harakatchan va quvnoqligini bildiradi.
Vaziyatlarga, e’tiborini tortgan narsalarga tezda o‘z munosabatini bildiradigan, o‘zlariga ishonuvchan, harakatlari engil va tez, mimikalari tabiiy, nutqi ravon va jarangdor, lekin tez zerikuvchan, o‘zgaruvchan inson.

Temperament turlari
Flegmatik
Flegmatik ma’nosi “flegma” kishining tinch va harakatsizligini bildiradi. Hayot yo‘li tekis va ravon, shoshilmasdan harakat qiladigan, kamgap inson.

Temperament turlari
Melanxolik “melayna xole” “qora safro” ma’nosini bildirib, kishining g‘amginligini ko‘rsatadi. Passiv, xayolparast, nutqi past va sekin, dilidagini ochiq ayta olmaydigan inson.

Temperament turlari
Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o‘z-o‘ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.
Irodaviy sifatlar - har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni engishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o‘z ichiga oladi.
Emotsiyalar va motivatsiya esa atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, bizni o‘rab turgan odamlar va ularning xatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ustanovka - yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega insonning turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va harakatlarga ruhan hozirligi va munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir.
Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu- zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Talant (yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat individual xususiyatdir. Talantning asosiy belgilari:
Muvaffaqiyatni ta’minlash;
Originallikning mavjudligi;
Qobiliyat va iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi;
Individual-psixologik xislat ekanligi;
Ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi yaratuvchi imkoniyatligi.




Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə