Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ma’naviy-madaniy 
o‘zgarishlar ko‘lami
 To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi


207
sohasi keltirayotgan foyda avtomobilsozlikdagi darajada – har yili 
o‘rtacha 17 milliard dollar bo‘lmoqda.
ma’naviy hayotda san’atning o‘rnini sanoatlashgan davrning 
standartlash yo‘nalishidan farqli holda uning 
milliyligini
to‘la namoyon 
qilish orqali va muntazam xalqaro almashuv yo‘li bilan millatlarning 
madaniy yaqinlashuviga hissa qo‘shishida ham ko‘rish mumkin. zero, 
san’atning tili (rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik, musiqa, 
raqs) tarjimasiz tushunarli bo‘lganidan bebaho umuminsoniy aloqa 
vositasidir.
Maorif
sohasida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Jumladan
kechayotgan fan inqilobi va
axborotlashuv
tufayli o‘qish, o‘qitish 
ishlarining samaradorligini yanada oshirish imkoniyati yaratilmoqda. 
buning natijasida rivojlangan mamlakatlar aqsh va yaponiyada xxi 
asrda 
yalpi oliy ta’limga o‘tish
vazifasi kun tartibiga qo‘yilgan.
Siyosiy sohada
ham axborotlashuv inqilobi tufayli jiddiy 
o‘zgarishlar kutilmoqda. Chunonchi, davlat hokimiyati markaz-
lashganligi barham topib, uning o‘rniga shaxs erkinligi salmog‘i oshib 
boradi. natijada fuqaro ular har birining demokratik qarorlar qabul 
qilinishida bevosita ishtirok etishi ta’minlanadi. boshqa tomondan 
qaraganda davlat markazlashganligining kuchsizlanishi axborotlarga 
egalik qilish natijalari bilan ham bog‘liq. masalan, hozirgi ko‘pgina 
mamlakatlarda davlat tashkilotlari fuqarolar to‘g‘risida axborotlar 
to‘plaganki, zarur bo‘lganda ulardan totalitarizm maqsadlarida 
foydalanishi mumkin. yana bir hol: davlat hokimiyatini muayyan 
darajada cheklash axborotlardan turmushning turli sohalarida 
foydalanish zaruriyati bilan ham bog‘liq. iqtisodiyot sohasidagi 
axborotlarni tartibga solish, ulardan lozim darajada foydalanishni 
siyosiy hokimiyatni total aralashuvisiz ham bozor munosabatlari 
yordamida yo‘lga qo‘yish mumkin.
Axborotlashayotgan jamiyat
belgilari tashqi siyosat sohasida
ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘lmoqda. aqshdan tashqari qator 
mamlakatlar, jumladan, xitoy, yaponiya, germaniya, Rossiya jahon 
miqyosida mustaqil yetakchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda. ayni 
vaqtda, mintaqalararo ittifoqlarning (masalan, g‘arbiy yevropa, 
shimoliy amerika) o‘rni kuchaymoqda. shuningdek, xalqaro 
tashkilotlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə