Shaxs va jamiyat


iX bob. insoniyatning yangi sivilizatsiyaviy sifat holatiga



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

iX bob. insoniyatning yangi sivilizatsiyaviy sifat holatiga...
www.ziyouz.com kutubxonasi


204
ilmiy sohani – 
informatika
(lotincha: 
tanishtirish, tushuntirish,
sharq 
tillarida: 
«xabar», «axborot»
) sohasini tashkil etadi. 
Bu so‘z 1964-
yilda Fransiyada muomalaga kiritilgan.
axborotlar sohasining tez sur’atlar bilan o‘sishi, uni avto-
matlashtirish usullarining rivojlantirilishi kompyuterlarning yarati-
lishiga va kishilar hayotining turli sohalarini kompyu terlashtirishga 
olib keldi. bu esa, o‘z navbatida, kelajakdagi 
«axborotli jamiyat»
nazariyasini maydonga keltirdi.
hozirgi vaqtda texnika va texnologiya ko‘p jihatlardan fan mahsuli 
hisoblanadi. Fan esa inson yaratgan ma’naviy qadriyatlardan eng oliysi 
bo‘lib, unga berilgan baholar hamisha bir-biridan keskin farq qilishiga 
qaramay, tegishli axborotlar ifodasi sifatidagi ahamiyatini hech qachon 
yo‘qotmaydi. texnologiya fanning uskunaviy vositasi hisoblanadi.
Axborot texnologiyasi iqtisodiyot rivoj-
lanishida qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat 
ko‘rsatish sohasidan keyingi to‘rtinchi 
bosqichni egallaydi.
agar kapital va 
mehnat kishilik jamiyatining sanoatlashish davri mobaynida zarur 
tashkil etuvchilardan bo‘lsa, axborot va bilim esa kelajak jamiyati 
asoslarini tashkil etadi.
yuqorida aytilganidek, tushunchaviy maqomiga ko‘ra «axborot» 
atamasi qadimdan qo‘llaniladi. xususan, 
axborotlashuv
sohasidagi 
(buni hozir 
informatsiologiya
– axborot ta’limoti deb atash qabul 
qilingan) 
dastlabki jahon inqilobi
milodiy birinchi mingyillik 
boshida yashagan ptolomeyning dunyoning geotsentristik tizimi
ikkinchi inqilob N.Kopernikning
(xvi asr o‘rtalarida) geliotsentristik 
nazariyasi bilan vujudga kelgan edi. bular axborotning ilmiy va 
ma’naviy ravnaqini ifodalagan edilar.
Uchinchi inqilob 
1964-yildan boshlanadi. 80-yillar o‘rtalariga 
kelib ko‘pgina mamlakatlar axborot rivojlanishi yo‘liga – internet, 
multimedia, kosmonavtika, radio va sun’iy yo‘ldosh aloqasiga 
asoslangan axborot tizimiga o‘tdilar.
tabiiyki, bunday sharoitda axborotlarni tegishli tarzda to‘plash 
va uzatishning avtomatizatsiya vositalari, kompyuter texnikasi 
va hokazolarni rivojlantirish muhim hisoblanadi. hozirgi vaqtda 
(o‘rtacha, taqribiy hisob) aqshda po‘latning bir kilogramm bahosi 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə