Shaxs va jamiyat


iX bob. insoniyatning yangi sivilizatsiyaviy sifat holatiga



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

iX bob. insoniyatning yangi sivilizatsiyaviy sifat holatiga...
www.ziyouz.com kutubxonasi


200
(yaponiya) eng katta tmklar sifatida g‘oyat kuchli ta’sir vositalariga 
egadir. ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzlab milliard dollarni tashkil etadi.
yuqorida keltirilib dunyo tomonlari nomlari bilan ataluvchi 
mintaqalardan tashqari xomashyo manbayi 
«Janub»
ni ham ko‘rsatib 
o‘tish lozim. sobiq sovet davlati va «sotsialistik hamdo‘stlik» 
o‘rnida paydo bo‘lgan davlatlar 
o‘tish holatidagi mamlakatlar
deb 
qaraladi. to‘g‘ri, ulardan ba’zilari, masalan, 
Litva, Polsha, Chexiya
kabi davlatlar yevropa ittifoqidan tashqari natOga ham a’zo bo‘lib 
kirishgan.
E.Vallershteynning
ta’limoti industrial jamiyatlar nazariyalari 
asoschilari 
R.Aron, D.Bell, Z. Bzejinskiy, J.Gelbreyt, U.Rostou 
ta’limotlari bilan umumiylikka ega bo‘lganidan «markaz»ni asosiy 
konturlari ko‘rinib qolgan axborot-texnologik, «yarim uzoqdagi-
larni – sanoatlashgan, «markazdan uzoqdagilar»ni esa 
an’anaviy – 
agrar 
jamiyatlar deb qarash mumkin.
Jahonda bir-biriga yaqin «uchinchi 
dunyo», «kam rivojlangan davlatlar», 
«rivojlanayotgan mamlakatlar» degan 
nomlardagi davlatlar farqlanadi. «uchinchi dunyo» mamlakatlari 
o‘z davrida birinchi dunyoga mansub aqsh va sobiq sovet davlati 
boshqargan harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaganlikdan tashqari 
mustamlakachilik asoratlarini yo‘qotish bo‘yicha milliy-demokratik 
yo‘lni tanlaganlari bilan ham tavsiflanadi.
«uchinchi dunyo» «markaz» davlatlari uchun xomashyo manbasi 
hisoblangan «uzoqlikda»gi davlatlardir. ulardan ko‘pchiligi hozir 
ham shunday. umuman olganda, «markaz» «uzoqda»gi davlatlarni 
yaratadi, nazorat qiladi va boyliklaridan o‘z maqsadlarida foydalanadi. 
«markaz»ning aholisi 
1,2 mlrd.
kishi bo‘lsa, «uzoqlikda» 
2,3 mlrd.
aholi yashaydi. «uzoqlikda» qazilma boyliklar qayta ishlanmaydi 
balki to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qilinadi. kam sonli sarmoyadorlar 
o‘z mablag‘larini mamlakatlaridan chetda ishlatadilar. mahalliy 
ziyolilar ham asosan chet el kapitali xizmatiga o‘tgan bo‘ladi. davlat 
hokimiyati uchun turli qabila guruhlari o‘rtasida keskin kurash 
borganidan tez-tez davlat to‘ntarishlari bo‘lib turadi. bunday sharoitda 
ijtimoiy va milliy totuvlik, diniy bag‘rikenglik haqida to‘xtalishga 
zaruriyat yo‘q.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə